Davlat va huquq asoslari



Download 92 Kb.
Sana11.03.2020
Hajmi92 Kb.
#42184
Bog'liq
8-

8 – sinf “ DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI “ fanidan test savollari


1. Davlat funksiyalari va davlat vazifalari tushunchalariga berilgan ta’rifni tanlang.

A) Davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari.

B) Jamiyatni davlat tomonidan boshqarishning mohiyati va ijtimoiy vazifasini ifoda etuvchi davlat faoliyatining asosiy yo’nalishlari;

S) Davlat faoliyatining turlari;

D) Jamiyat uchun xal etilishi manfatli bo’lgan va davlatning vakolati doirasiga kiradigan ob’ektiv qiyinchiliklar;
2. Davlatning tartibga solish funksiyalaridan birini ayting.

A) Atrof muhitni muhofaza qilish;

B) Barcha mulk shakllarini himoya qilish;

S) Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud orqali himoyalash;

D) Iqtisodiy funksiya;
3. “Davlat shakli” tushunchasi qanday hodisalarni qamrab oladi?

A) Davlat tuzumining shakli;

B) Davlat boshqaruvi;

S) Davlat boshqaruvining shakli, davlat tuzilishi, siyosiy rejim;

D) Davlatning demokratik rejimi;
4. Monarxiya Respublikadan nimasi bilan farq qiladi?

A) Referendum va ommaviy saylov e’lon qilinishi;

B) Hukumatning parlament asosida tuzulishi;

S) Prezident va parlament oldida hukumatning ikki yoqlama javobgarligi;

D) Hokimiyatni bir shahs qo’lida bo’lib uning meros qilib berilishi;

5. Hukumat Parlament tomonidan tashkil etilib, Parlament oldida javob beradigan boshqaruv shaklini ko’rsating.

A) Konstitutsiyaviy monarxiya;

B) Parlament respublikasi;

S) Prezident respublikasi;

D) Monarxiya;
6. Davlatning tuzilish shakllari qanday?

A) Parlament respublikasi, monarxiya;

B) Demokratiya, avtokratiya, totalitarizm;

S) Prezident respublikasi, konstitutsiyaviy monarxiya;

D) Unitar davlat, federatsiya, konfederatsiya;
7. Unitar davlat belgilarini ayting.

A) Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatining ikki tizimi;

B) Asosiy tashqi siyosiy faoliyatni federatsiya organlari amalga oshiradi.

S) Bitta konstitutsiya, davlat hokimiyati va qonun chiqaruvchi organlarning bir tizimi; yagona moliya va soliq tizimi, yagona qurolli kuchlar;

D) Yagona qurolli kuchlar, yagona moliya, soliq va pul tizimlari;
8. Totalitar rejimning asosiy belgilaridan birini ajratib ko’rsating.

A) Barcha davlat organlari faoliyatining huquqiy hususiyati;

B) Ijtimoiy hayotning keng ko’lamda harbiylashganligi;

S) Shahsning o’zboshimchaliklar va qonunsizliklardan yaxshi himoyalanmaganligi;

D) Aholining davlat hokimiyati tabiatiga bevosita ta’sir etishi uchun samarali mexanizimining mavjudligi;
9. Hokimyatning bo’linishi nima?

A) Odil sudlov va prokuratura organlari funksiyalarining ajratib qo’yilganligi;

B) Ma’muriy va huquqni muhofaza qilish organlari funksiyalarining ajratib qo’yilganligi;

S) Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud organlari vakolatlarining ajratib qo’yilganligi;

D) Oliy va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining ajratib qo’yilganligi;
10. Davlat organi nima?

A) Muassasa;

B) Davlat apparatining bo’g’ini;

S) Davlat mexanizmi;

D) Siyosiy tashkilot;
11. Qaysi javobda “huquq”ning to’g’ri ta’rifi berilgan?

A) Davlat tomonidan belgilangan yoki maqullangan va uning majburlrov kuchi bilan ta’minlangan, barcha uchun majburiy hulq-atvor normalari tizimi;

B) Yuridik normalar bilan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlar tizimi, odamlarning xaqiqiy (real) hulq atvori;

S) Hukumron sinfning qonun darajasiga ko’tarilgan va mazmuni jamiyat hayotining moddiy sharoitlari bilan belgilanadigan irodasi;

D) Odamlarning o’z huquq va burchlariga psixologik munosabati;
12. Huquq manbaini O’zbekistonda nima tashkil etadi?

A) Huquqiy odat;

B) Normativ huquqiy hujjat;

S) Jamiyatning iqtisodiy asosi;

D) Yuridik pretsedent;
13. Huquqiy normalarning qaysi turlari huquq sub’ektlari xulq atvor qoidalarining tabiatini belgilab beradi?

A) Dispozitiv normalar;

B) Taqiqlovchi normalar;

S) Majburlovchi normalar;

D) Imperetiv normalar;
14. O’zbekiston davlatining tashqi funksiyalarini aniqlang?

A) Tashqi iqtisodiy aloqalar,mamlakat mudofasi,diplomatik aloqalar.

B) Nufuzli halqaro tashkilotlarga a’zo bo’lish

S) CHet el sarmoyalariga yo’l ochish,tashqi siyosiy aloqalar

D) Mamlakat mudofasini rivojlantirish
15. Huquqiy normalar tizimi nimani muhofaza etadi?

A) Huquq sohalarini;

B) Huquqiy ongni;

S) Ahloqiy munosabatlarni;

D) Huquqiy tartibotni;
16. Yuridik javobgarlikning mazmuni qaysi javobda ko’rsatilgan?

A) Huquqbuzarning maxrumliklariga chidashga majburligi;

B) Davlat majburlovining turi;

S) Jazoning muqarrarligi;

D) Faqat sodir etilgan huquqbuzarlikni baholash;

17. Huquqiy ongning tarkibiy tuzulishi qanday?

A) Huquqiy psixologiya va huquqiy mafkura;

B) Huquqiy madaniyat va huquqiy mafkura;

S) Huquqiy mafkura va huquqiy siyosat;



D) Huquqiy ahloq va huquqiy munosabat;

18. Qanday belgilar davlatni ijtimoiy hokimiyatdan farqlaydi?

A) Ommaviy hokimiyatning mavjudligi, davlat fuqarolarining hududiy bo’linishi, ommaviy hokimiyatni saqlab turish uchun aholidan soliq va yig’imlar to’plash;

B) Davlat jamiyatning rasmiy vakili ekanligi;

S) Qonuniylik va huquqiy tartibni taminlash uchun majburlov apparatining mavjudligi;

D) Normativ huquqiy hujjatlarni qabul qiladigan vakolatli davlat organlarining mavjudligi.
19. Respublika nima?

A) Xokimiyat yuridik jihatdan va amalda monarx tuzgan hukumat hamda parlament o’rtasida bo’linadigan davlat;

B) Oliy hokimiyatni davlat hokimiyatining saylov organlari amalga oshiradigan boshqaruv shakli;

S) Oliy davlat hokimiyati butunicha bir shaxsga tegishli bo’ladigan boshqaruv shakli;

D) Davlat hayotini tashkil etishda hal qiluvchi o’rin parlamentga tegishli bo’ladigan boshqaruv shakli.
20. Konfederatsiya nima?

A) Suverenitetga ega bo’lgan, ichki va tashqi ishlarda mustaqil sub’ekt hisoblangan muayyan maqsad uchun birlashgan, davlatlar ittifoqi;

B) Oliy hokimiyat organlari orqali shakllantiriladigan davlat;

S) Muayyan suverenitetga ega bo’lgan, siyosiy tuzilmalarga asoslangan davlat
yoki milliy davlat tuzilishining shakli;

D) Boshlig’i bu amalni meros qilib olgan davlat.


21. O’zbekistonda qaysi organ davlat hokimiyatining oliy vakillik organi hisoblanadi?

A) Prezident;

B) Oliy Majlis;

S) Oliy sud;

D) Vazirlar Mahkamasi.
22. O’zbekistonda kim farmonlar chiqarish vakolatiga ega?

A) Oliy Majlis;

B) Bosh vazir;

S) Respublika Prezidenti;

D) Konstitutsiyaviy sud.
23. Qaysi organ odil sudlovni amalga oshiradi?

A) Notarial;

B) Sud;

S) Prokuratura;

D) Advokatura.


24. Yuridik normaning davlat jazosi meyorini belgilab beradigan tarkibiy qismini ko’rsating?

A) Gipoteza;

B) Prezumptsiya;

S) Dispozitsiya;

D) Sanktsiya.
25. Unitar davlat belgilarini ayting?

A) Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatining ikki tizimi;

B) Asosiy tashqi siyosiy faoliyatni federatsiya organlari amalga oshiradi.

S) Bitta konstitutsiya, davlat hokimiyati va qonun chiqaruvchi organlarning bir tizimi; yagona moliya va soliq tizimi, yagona qurolli kuchlar;

D) Yagona qurolli kuchlar, yagona moliya, soliq va pul tizimlari;
26. Huquq tizimini tarmoqlarga bo’lishning ikki asosini ko’rsating.

A) Huquqiy tartibga predmeti va usuli;

B) Yuridik normalarni huquqiy instituglarga birlashtirish va tasiflash;

S) Huquqiy normalarning uzviy birligi va barqarorligi;



D) Huquqiy tartibga solish printsiplari va shakllari.

27. Subektlarning huquqiy normalar talablari asosidagi munosabatlarini nima keltirib chiqaradi?

A) Huquqiy muomala layoqati;

B) Huquqiy munosabat obekti;

S) Huquqiy munosabat maqsadi;

D) Yuridik faktlar.
28. Huquqiy ong huquqiy madaniyat darajasiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

A) Individual va rasmiy;

B) Ijtimoiy, individual va kasbiy;

S) Guruhiy, normativ va nisbiy;

D) Kasbiy va norasmiy.

29.Quyidagi elementlarning qaysi biri huquqbuzarning shaxsini anglatadi?

A) Subhekt;

B) Obektiv tomon;

S) Subektiv tomon;

D) Obekt.
30. Huquq tizimining boshlang’ich elementi qaysi?

A) Huquq tarmog’i;

B) Huquqiy munosabat;

S) Huquq normasi;

D) Huquq instituti.
31. Huquq normasi nima?

A) Diniy manbalarda berilgan iloҳiy tasavvurlardan kelib chiquvchi qoidalar;
B) Odamlarning ezgulik va yovuzlik, adolat, insonning jamiyat oldidagi burchi haqidagi tasavvurlariga muvofiq ravishda jamiyat hayotida shakllangan qoidalar;

S) Davlat tomonidan belgilangan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy qoidalar;

D) Ko’p marta takrorlash natijasida shakllangan va odat tusiga kirgan xulq-atvor qoidalari.


32. Forobiy shahar-davlatni qanday davlatlarga bo'ladi?

A) Fozil va johil;

B) Adolatli va adolatsiz;

S) Baxtli va baxtsiz;

D) Fozil va maqsadga muvofiq emas;


33. Quyidagilardan huquq tarmoqlarini aniqlang.

A) Ma'muriy, fuqarolik, jinoyat, oila, mehnat;

B) Davlat, ma'muriy, mehnat qilish, dam olish, oila;

S) Ma'muriy, dam olish, jinoyat, oila, fuqarolik;

D) Davlat, saylash, saylanish, oila, mehnat, jinoyat ;

34. Huquqbuzarlik nima?

A) Huquq qoidalariga rioya etmaslik;

B) Qoidani bajarmaslik;
S) Ahloq qoidalariga rioya etmaslik;

D) Intizom qoidalarini bajarmaslik.


35. O’zbekiston Res’ublikasining ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi kodeksi qachon qabul qilingan?

A) 1992- yil 22- sentabr;

B) 1994-yil 22-sentabr;

S) 1994-yil 2-iyul;

D) 1993-yil 7-may;
36. Ma'muriy huquq tarmog'i qanday munosabatlarni tartibga soladi?

A) Fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarni;

B) Mulkiy munosabatlarni;

S) Korxonalar o'rtasidagi munosabatlarni;

D) Boshqaruv jarayonidagi munosabatlarni;
37. Fuqarolik to'g'risidagi qonunlar qanday munosabatlarni tartibga soladi?

A) Mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni;

B) Oiladagi mulkiy va shaxsiy munosabatlarni;

S) Korxonalar o'rtasidagi mulkiy munosabatlarni;

D) Barcha mulkiy munosabatlarni;
38. Fuqarolik huquqiy layoqat nima?

A) Yashash, mol-mulkka ega bo'lish huquqi;

B) Yashash, merosga, saylash huquqiga ega bo'lish;

S) Yashash, fikrlash huquqi;

D) Sud, tergov organlarida javobgar bo'lish;
39. Fuqarolik muomala layoqati nima?

A) Harakatlari bilan huquqiy munosabatda bo'lish;

B) O'z harakatlari orqali oldi-sotdi ishlarni bajarish;

S) O'z harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini olish va amalga oshirish;

D) O'z harakatlari asosida u yoki bu ishni bajarish;

40. Emansipatsiya nima?

A) Voyaga yetmaganlarning to`la muomala layoqatliligi;

B) Voyaga yetmaganlarning javobgarligi;

S) Voyaga yetmaganlarning zararni to’lashi;

D) Voyaga yetmaganlarning tadbirkorlik bilan shug'ullanishi;
41. Mehnat qonunlarining amal qilish doirasini aniqlang.

A) O’zbekiston va Qoraqalpog'iston hududlarida amal qiladi;

B) O’zbekistonda amal qiladi;

S) O’zbekiston Res’ublikasining butun hududlarida amal qiladi;

D) Qonun bilan belgilangan hududlarda amal qiladi;
42. Mehnat huquqlarini himoya qilish qanday amalga oshiriladi?

A) Tekshiruv va nazorat qiluvchi organlar himoya qiladi;

B) Sud organlari himoya qiladi;

S) Qonun har bir shaxsning mehnat qilish huquqlarini himoya qiladi;

D) Mehnat nizolarini ko'ruvchi organlar himoya qiladi;
43. Umumta'lim maktablarining o'quvchilari 6 kunlik ish haftasida ishlayotgan bo'lsalar, o'quv yili mobaynida necha kun ishdan ozod qilinadi?

A) 24 kun;

B) 56 kun;

S) 46 kun;

D) 36 kun;
44. 18 yoshga tolmagan xodimlarning ish vaqtini aniqlang?

A) Haftasiga 35 soat;

B) Haftasiga 24 soat;

S) Haftasiga 36 soat;

D) Haftasiga 30 soat;


45. Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb tan olish asoslari.

A) Nikoh yoshiga yetmagan shaxsning, uning ota-onasining yoki vasiysining, prokurorning talabi bilan;

B) Xotinning talabi bilan;

S) Homiylarining talabi bilan;

D) Oila a'zolarining talabi bilan;
46. Voyaga yetmaganlar javobgarligi uchun jinoiy jazo tizimini aniqlang.

A) Jarima, mol-mulkni musodara qilish;

B) Ahloq tuzatish ishlari, maxsus vazifadan ozod qilish

S) Ozodlikdan mahrum qilish, jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq;

D) Ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo'natish;
47. Ahloq tuzatish ishlari voyaga yetmagan jinoyatchilar uchun necha yoshdan qo'llaniladi?

A) 14 yoshdan;

B) 16 yoshdan;

S) Qonunda yoshi ko'rsatilmagan;

D) Sud hukmi hal qiladi;
48. Voyaga yetmaganlar 13 yoshdan 16 yoshgacha uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etsalar necha yilgacha jazo beriladi?

A) 2 yilgacha;

B) 1 yilgacha

S) 3 yilgacha;

D) Sud hukmi hal qiladi;
49. Oila kodeksi qachon joriy qilingan?

A) 1998-yil 30-aprel

B) 1998-yil 1-sentabr

S) 1998-yil 12-dekabr

D) 1996-yil 1-sentabr

50. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga qaysilar kiradi?

A) Bosqinchilik, talonchilik.

B) O'zlashtirish,firibgarlik.

S) O`grilik, davlat va hususiy mulkka qarshi jinoyatlar



D) Tuhmat qilish, o’zlashtirish




Download 92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish