4-топшириқ. Берилган саволларга жадвал асосида жавоб беринг
т/р Саволлар
Яхудийлик
Буддизм
Христианлик
1
Вужудга келиши
Dunyodagi eng qadimiy
milliy dinlardan biri bo'lgan
Yahudiylik taxminan mil.avv. 2 –
ming yillikda Misrda paydo
bo'lgan .
Buddaviylik miloddan avvalgi
VI–V asrlarda Shimoliy
Hindistonda vujudga keldi .
Xristianlik (yunoncha christos
– “muqaddas yogʻ surtilgan”,
“xaloskor”) milodning I asrida
Falastinda yuzaga kelgan
jahon dinlaridan biri.
2
Таълимоти
Yahudiylik ta'limoti Xudo
tomonidan Musoga nozil qilingan
“O'n (10) amr” ga rioya qilishga
asoslanadi.
O'n amr Muso
payg'ambarga Tur tog'ida ikki
marta tushirilgan bo'lib, “Tavrot”
ning “Chiqish” va“Ikkinchi qonun”
kitoblaridan o'rin olgan.
Budda ta'limotiga ko'ra, olam uch bosqichli
bo'lib, uning birinchisi – eng yuqori mutlaq
osoyishtalik hukm suradigan “nirvana”
(sanskritcha – so'lish, o'chish) olamidir.
Ikkinchi olam – “rupaloka” (sanskritcha –
jannat) “boddhisattvalar” (sanskritcha –
mohiyati bilim bo'lgan inson) istiqomat
qiladigan joy hisoblanadi. Uchinchi olam –
“kamaloka” (sanskritcha – do'zah) eng quyi
olamdir.
Nikeya va Konstantinopolda o'tkazilgan
Butun Olam Soborlarida qabul qilingan
“E'tiqod timsolida” xristianlikning ta'limot
asoslari 12 banddan iborat bolgan.
Xristianlik ta'limotiga ko'ra, inson Xudoning
timsoli sifatida yaralgan. Xristianlik
ta'limotining ikki markaziy aqidasi
Xudoning uch qiyofasi va Xudoning
mujassamlashishiga bag'ishlangan.
3
Пайғамбари
Muso (Moshe)
Siddhartha (sanskritcha
“ezguliklar keltiruvchi”)
Gautama Shakʼyamuni
Iso Masih
4
Муқаддас
манбалари
“Tanah” va “Talmud” Yahudiylik
-ning qadimgi manbalaridan
hisoblanadi. “Tanah” (xristianla-
rda “Qadimgi ahd”) “Tora”
(“Tavrot”), “Naviim” (“Payg'am
barlar”) va “Ketuvim” (“Kitob-
lar”) kabi uch bo'limdan
tashkil topgan .
“Tipitaka” (yoki
“Tripitaka”, sanskritcha –
“Uch savat donolik”) .
Xristianlikning muqaddas
manbai “Qadimgi Ahd” va
“Yangi Ahd” deb nomlanuvchi
ikki boʻlimdan tarkib topgan
“Bibliya” (yunoncha-“kitob-
lar”) kitobi hisoblanadi.
5
Тарқалиши
16 asrda Eronda yahudiylarga qarshi olib borilgan
harakatlar natijasida ularning ko'pchiligi Markaziy
Osiyodan panoh topgan. Bu Markaziy Osiyoda
yashayotgan yahudiylar sonining yanada oshishiga
zamin yaratgan. Yahudiylarning Markaziy Osiyo
mintaqasida uzoq vaqtmobaynida tinch–totuv
yashashi va bu yerlarga bog'lanib qolishi ularning
tarkibida “buxoro yahudiylari” deb ataladigan
qatlamni vujudga keltirdi. Ular, asosan, fors
tilining Samarqand–Buxoro dialektlarida
so'zlashishgan. Markaziy Osiyo Chor Rossiyasi
tomonidan bosib olingach, Rossiyaning Yevropa
qismidan savdo, tijorat qilish maqsadida ko'plab
yahudiylar hozirgi O'zbekiston hududiga ko'chib
kelishdi.
G'arbda Orol va Kaspiy dengizi bo'ylari, Janubda Hind
daryosining quyi oqimi, Sharqda Xo'tan (Xitoy)dan
Banoras (Gang daryosi bo'yidagi shahar)gacha
cho'zilgan Kushonlar imperiyasining boshqa
mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy
aloqalarining yaxshilanishi, savdo–sotiqning rivoji
yangi shaharlarning paydo bo'lishiga olib keldi.
Miloddan avvalgi 1–asrda Termizda buddaviylik
ustuvor mavqyega ega bo'ldi. Bunda shahar
zadagonlarining buddaviylikni qabul qilishi va
ibodatxonalar qurilishiga homiylik qilishlari muhim
ahamiyat kasb etgan.
Qoratepa va Fayoztepa
ibodatxonalari eng katta sajdagohlardan
hisoblangan. Ularda Buddaning loydan yasalgan katta
haykali va stupalar bo'lgan.
Xristianlik dinining Markaziy Osiyo
hududiga kirib kelishi ikki yo'l bilan amalga
oshgani e'tirof etiladi. Birinchisi, milodning
III asrlaridan to bugungi kunga qadar
xristianlikni targ'ib etuvchi
missionerlarning targ'ibotchilik harakati
bo'lsa, ikkinchi yo'l, mintaqaning Rossiya
Imperiyasi tomonidan bosib olinishi va
xristian diniga e'tiqod qiluvchi aholining
ushbu mintaqaga ko'plab ko'chib kelishi
orqali amalga oshgan.
6
Оқимлари
Saduqiylik, farziylik va essaniniylarni o'z ichiga olgan
oqimlari bor.
Saduqiylik klassik oqimlar orasida,
muayyan o'ziga xosliklari bilan boshqalardan
farqlanadi. Mazkur oqimning vakillari asosan yirik yer
egalari, yuqori qatlam vakillari (aristokratlar)dan
iborat bo'lgan.
Farziylar (ibr. – “perushim” – “ayri
bo'lish”, “nopokliklardan uzoq bo'lish”, “sharhlash”)
oqimi mil. avv. II asrda e'tiqod va amalda saduqiylikka
muxolif ravishda yuzaga kelgan.
Issiyim ya'ni
Essaniylar saduqiylik va farziylik bilan bir davrda
paydo bo'lgan klassik oqimlardan biridir.
“Issiyim” so'zi tarixiy matnlarda uchramasa–da,
manbalarda uning “dindor zohidlar” ma'nosini
anglatishi ko'proq ta'kidlanadi.
Buddaviylikning ilk yo'nalishlaridan biri, najot
topishning tor yo'li bo'lgan “xinayana” miloddan
avvalgi I asrda shakllangan bo'lib, uning asosiy
qoidalari “Tipitaka”da bayon qilingan. “Dzen
buddizm” В–ВИ asrlarda Xitoyda paydo bo'lgan
mahayana yo'nalishidagi maktablaridan biridir.
Lamaizm (tibetcha – eng ulug') 7-14 asrlarda Tibetda
mahayana yo'nalishi ta'sirida vujudga kelgan.
Neobuddizm ХХ asrning 40–50–yillaridan boshlab
keng tarqala boshlagan diniy–ideologik oqim bo'lib,
Birma, Tailand, Laos, Vyetnam mahalliy ziyolilarining
ozodlik va milliy uyg'onish harakati bilan bog'liqdir
Pravoslavlik tarixan xristianlikning sharqiy
yo'nalishi sifatida shakllandi.
Katoliklik xristianlik dinining
eng yirik yo'nalishi hisoblanadi. “Katolik” so'zi butun jahon,
butun dunyo (umumiy, dunyoviy) degan ma'noga ega.
Protestantlik. Yevropa mamlakatlarida Katoliklikda
kechayotgan jarayonlarga qarshi qaratilgan reformatsiya
(lotincha реформатио – qayta tashkil qilish, o'zgartirish)
harakati natijasida vujudga keladi..
Kalvinizm (yoki
puritanlik) asoschisi Fransiyadagi Reformatsiya harakatining
yirik namoyandasi Jan Kalvindir (1509 – 1564).
Presviterianlar (yunoncha пресбйтерос – qariya) – mo''tadil
puritanlar.
Anglikan cherkovi. Angliyaning davlat dini, 16
asrda Reformatsiya harakati davomida paydo bo'ldi..
Baptizm (yunoncha баптизō – suvga botiraman,
cho'qintiraman) – 17 asrning boshlarida J. Smit asos
solgan, son jihatdan tarafdorlari eng ko'p (75 mln.
kishidan ortiq) bo'lgan Protestantlikning yo'nalishi.
Metodistlarguruhi Angliyada 18 asrda paydo bo'lib,
anglikan cherkovining yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
7
Диний маросим
ва
байрамлари
Yahudiylarda Rosh Ashona, Yom Kipur,
Pesax, Shavuot,Sukkot, Simxa Tora,
Purim, Hanukka kabi bayramlar bor.
Haftalik ibodat (Shabat–Sabt) juma kuni
Quyoshning botishi bilan boshlanadi
va shanba kuni nihoyasiga yetadi.
Buddaviylar har oyda ikki marta
“Tiyilish kuni” marosimini
o'tkazadilar. Aprеl oyida 2–3 kun
davomida nishonlanadigan “Yangi
yil bayrami”da Budda, avliyolar,
ajdodlar yodga olinib, suv sеpiladi.
Choʻqintirish (xristianlik diniga
kiritish), yevxaristiya (non va vino
tamaddi qilish), ruho- niylik unvonini
berish, tavba qilish, miro surtish,
yeley moyi
surtish, nikoh.