Давлат ва дин муносабатларини тартибга солиш моделлари



Download 339,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi339,87 Kb.
#257431
1   2   3
Bog'liq
1-kredet.

 

2-топшириқ.Диннинг 

жамиятдаги 

функцияларини 

жадвал 


асосида 

тўлдиринг. 



Функциялари 

Изоҳланг 


Dunyoqarashni 

shakllantirish 

 

Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga nisbatan aniq bir qarashlarning turlari 



mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din hayotni    (mavjudotni) ma'lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni 

to'la va undagi ayrim hodisa va jarayonlarni alohida  tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va idrok etish 

orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy  qabul qilish yoki rad etish), dunyoviy munosabat (baho 

berish) va hokazolarni o'z ichiga oladi.

 

Diniy dunyoqarash Yaratganga  nisbatan eng oliy tuyg'u va mezonlarni 



belgilaydi . 

Kompensatorlik 



 

Kompensatorlik funksiyasi ham odamlar ongining qayta shakllanishini, turmushning ob'yektiv shart– 

sharoitlarini o'zgartirishdagi cheklanish, qaram bo'lish va ojizlikni to'ldiradi.

 

Ruhiy erkinlik orqali real 



jabr–zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy  guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teng huquqli bo'ladi; 

diniy tashkilotlar tomonidan beriladigan xayr–ehsonlar, mehr–shafqat, tarbiya, daromadlarni qayta taqsimlash 

mazlumlarning  musibatini  yengillashtiradi  va  h.k.  Umuman  olganda,  ruhiy  zarbalarni  bartaraf  etish,  tasalli 

berish,  katarsis  va  ma'naviy  ozuqa  olish  kabi  kompensatsiyaning  psixologik  aspektlari  muhim  ahamiyatga 

egadir. 

Kommunikativlik 



 

Kommunikativlik  funksiyasi  muloqotni  ta'minlaydi  .U  ham  diniy,  ham  diniy  bo'lmagan  faoliyat  va 

munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o'zaro ta'sir ko'rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish 

jarayonlarini o'z ichiga oladi. Diniy ong ikki xil muloqotni belgilaydi:

 

dindorlarning o'zaro bir–birlari bilan 



muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz, meditatsiya, maxfiy qarashlar paytidagi mediator va vositachilari 

tomonidan gipostazir  jonzotlar (xudo, farishta, o'lganlarning ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti. 

Regulyativ 

 

Regulyativlik funksiyasi ma'lum bir g'oyalar, qadriyatlar, yo'l–yo'riqlar, stereotip qoliplar, fikrlar, 

an'analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi 

va axloqini boshqarishdan iborat. Ayniqsa, me'yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.k.), namunalar 

(taqlid uchun ko'psonli misollar), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag'batlantirish va jazo 

berish (haqiqiy va o'limdan keyin   taqdirlanishiga va'da berish) muhim ahamiyatga ega. 

Integrativ 

 

Integratsion–dezintegratsion funksiyasi individ, guruh va institutlarni bir tomondan birlashtiradi, 

boshqa  tomondan  ularni  ajratadi.  Integratsiya  shaxslar,  ayrim  ijtimoiy  guruhlar,  tashkilotlar,  bir 

butun  jamiyatdagi  barqarorlik  va  chidamlilikni  saqlasa,  dezintegratsiya  uni  zaiflashishiga  olib 

keladi. Integratsion funksiya ma'lum bir  ma'noda yagona diniy e'tiqod mavjud bo'lganda amalga 

oshiriladi.

 Agar shaxslarning diniy ongi va xulq–atvorida bir–biriga muvofiq bo'lmagan g'oyalar, 

ijtimoiy  guruh  va  jamiyatda  bir–biriga  qarama–qarshi  konfessiyalar  paydo  bo'lsa,  dinning 

funksiyasi dezintegratsion bo'ladi. 

Madaniyatni targ’ib qilish 



 

Madaniyatni  targ'ib  qilish  funksiyasi  oldin  madaniyatning  ma'lum  bir  qatlamlari  –  yozuv,  kitob 

bosish,  san'atning  umuman  rivojlanishiga  yordam  bergan  bo'lsa,  hozirda  ba'zi  madaniy 

fenomenlarni rag'batlantirib, ba'zilarini inkor etgan holda diniy-madaniy qadriyatlarni saqlash va 

ko'paytirish, ilmiy–ma'naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi. 

Legitimirallashtirish

 

Legitimlashtirish–legitimlarni olib tashlash  funksiyasi ba'zi jamoat tartiblari, institutlar, 



munosabatlar, me'yorlar, namunalarni majburiyat sifatida  qonuniy qilish yoki ularning ba'zilarini 

qonundan  chiqarish  vazifalarini  amalga  oshiradi.  Din  ma'lum  huquqiy  talab  va  majburiyatlarni 

ilgari suradi va uning asosida ba'zi ko'rinishlarga, ularga ma'lum munosabatni  shakllantirgan holda 

baho beradi. Bunda majburiy va e'tiroz qilib bo'lmaydigan xarakter muhim ahamiyat kasb etadi. 

 

 


Download 339,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish