Davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


MAVZU: O‘quvchilаrning bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаlаrini tаshхis etish



Download 2,54 Mb.
bet66/305
Sana15.02.2022
Hajmi2,54 Mb.
#449723
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   305
Bog'liq
Umumiy Pedagogika majmua(1)

MAVZU: O‘quvchilаrning bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаlаrini tаshхis etish
Reja:
1.Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.
2. O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari
3. O’quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari.
4. Bilim, ko’nikma, malakalrni baholash mezonlari

Pedagogik diagnostikaning tarixi pedagogik faoliyat tarixi bilan deyarli tengdosh. Boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayon ming yillardan buyon mavjud bo‘lsa, bu faoliyatning meyorlari va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir. Demoqchimizki, o‘quvchi-talaba bilimiga baho qo‘yish, uni sinov, imtihon qilish, munozara, mushoira o‘tkazish, pirovard bilimlarini bilib olish boshlangan yerda diagnostika ham turli shakl va ko‘rinishlarda mavjud bo‘lgan.


Hamma zamonlarda ham o‘quv-biluv jarayonining pirovard maqsadi o‘quvchi-talabani o‘qish, o‘rganish, o‘zlashtirish, bilish va olgan bilimlarini kundalik hayotida foydalana bilishlari bilan baholangan va natijalangan.
Ma’lumki, mamlakatimizda uch ming yillar avval ham bilim olish va mutolaa qilish oilada, jamoa muhitida ustoz-shogirdlik asosida olib borilgan. Buyuk allomalarimiz Mirzo Ulug‘bek, Ibn-Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy davrlarida ilohiy-dunyoviy bilimlarni o‘rganish maxsus madrasalar va Akademiyalarda amalga oshirilgan.
Bilimlar, asosan, yakka tartibda va kichik jamoalarda, ustoz-shogird maktablarida mutolaa, mushoira, muzokara tariqasida amalga oshirilgan. O‘sha davrda ham talabalarni baholovchi mezonlar bo‘lgan. Jumladan, talaba berilgan vazifalarni bajarib, o‘z fikrini ongli ravishda bayon qila olsa, ustozi talabalar oldida unga “tashakkur” yoki “tasanno” deyish orqali baholagan. Agar talaba berilgan vazifalarni yuqori darajada bajarib, to‘la o‘zlashtirib, talabalar orasida yorqin, ravon bayon qilib ayta olsa, ustozi uni “barakallo” deb rag‘batlantirgan. Agar talaba berilgan vazifa va topshiriqlarni a’lo darajada bajarib, amaliyotda uni bemalol qo‘llay olsa, unga yuqori baho berib, “ofarin” deb rag‘batlantirgan.
Bularning zamirida nozik ruhiy qo‘llash, o‘ziga ishonch hissini uyg‘otish, unda ichki motivatsiyani vujudga keltirish orqali yangi bilimlarni egallash sari yetaklangan. Agar talaba vazifalarni yaxshi o‘zlashtirmay kelsa, unga qayta mutolaa qilish zarurligi haqida tanbeh berilgan.
Yuqorida keltirilgan baholash tizimida rag‘batlantirishning har bir turi o‘quvchi qay darajada o‘zlashtirganligiga mezon vazifani bajargan. Bunday rag‘batlantirish talabani mutolaa qilishga bo‘lgan zavqini oshirib, yangi bilimlarni egallash sari chorlagan.
Pedagogik diagnostikani ilmiy asosda tahlil etish va yo‘lga qo‘yish XX asr boshlarida amalga oshirilgan. O‘sha davrlardayoq, pedagogik diagnostika bilimlarni o‘zlashtirish asosidir deyishgan. O‘tgan asrlarda u o‘quvchi bilimini baholash orqali amalga oshirilganini kuzatamiz. Unga 1864-yilda AQSH olimlari D.Fisher va R.Reyeslar asos solganlar. 1908-yildan boshlab, olim T.Stoun arfmetikadan test orqali o‘quvchi bilimining sog‘lom tizimini tadbiq etgan. Nemis olimi Linner “test shaxsning turli holatlarini, shaxsiy xususiyat, imkoniyat va qobiliyatlarini aniqlovchi ilmiy metoddir” deb ta’riflaydi.
Alabama davlat maktablarida sinf 12- ta o‘quvchidan iborat guruhlarda kasblar bo‘yicha tarmoqlar va muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan asosiy ish ko‘nikmalarini ilmiy-asoslangan chora-tadbirlar ACT WorK Keys baholariga birinchi marta muhokama qilindi. Ular ish qidiruvchilar, xodimlarning, ish beruvchilar, talabalar, o‘qituvchilar, rahbarlar ishlab chiquvchilar tomonidan ko‘'proq, e’tiborga olingan. ACT WorK Keys baholash kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji uchun zarur bilim va kognitiv ko‘'nikmalarini o‘lchash. Talabalar axborotlashtgan ta’lim orqali o‘qish, va axborot test loyhalarni uch baholash to‘g‘risidagi kasb ballar asosida talabalar bronza, kumush, oltin, yoki Platinum sertifikat olish uchun tegishli harakat qilishlari mumkin.
Pedagogik tajribadan bizga sir emaski, ijobiy baho o‘quvchi- talabaning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi va kayfiyatini oshiradi, ruhlantiradi. Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Bu jarayon uni bilim olishga qiziqishini ortiradi.
Bu holat Etnopedagogikamiz va halq pedagogikasida ham qayd etilgan. Yuqorida bayon etilgan besh ballik baho tizimida o‘quvchi yomon baho olganda, unga dashnom berilganda unig kayfiyati tushadi, bilim olishga ishtiyoqi, qiziqishi so‘nadi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qolib boradi.
Uzoq yillik kuzatuvlar va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchi-talabaning o‘z faoliyatini o‘zi baholashi, o‘ziga-o‘zi baho berishi eng adolatli, to‘g‘ri va istiqbollidir. Bunday o‘lchov mezoni o‘quvchi-talaba bilim sifati va samaradorligini pedagogik diagnostika asosida baholashdir. Quyida shular haqida fikr yuritamiz.
Baholash nima?
O‘quv-biluv jarayonining pirovard maqsadi baholanish va baholashdir. O‘quvchilar nimani bilishini va nimalarni bilmasligini aniqlashtirish, ularni o‘zlashtirishdagi kamchiligini va nuqsonlarini aniqlash va keyingi yutuq tomonlariga suyanib, zaif tomonlarini to‘ldirish va rivojlantirish hozirgi davrda didaktikaning asosiy talablaridandir.
Baholash jarayonining asosi – o‘quv-biluv jarayonida o‘quvchi faoliyatini kuzatib, tahlil qilib borish. Agar ta’lim jarayonida o‘quvchining faoliyati, qobiliyati rivojlansa, ta’lim jarayonidagi ishtiroki, individual xususiyatlari takomillashadi. Ruhshunoslarning fikriga ko‘ra, besh ballik baho qo‘yish tizimining asosiy kamchiligi bolaning psixologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchilar bolalarning bahoga bo‘lgan salbiy munosabatlarini ko‘plab ko‘zdan kechirganlar. O‘quvchilarga baholar e’lon qilinayotganda sinfda paydo bo‘ladigan sukunat, ichki noroziliklar bizga juda tanish. Buning natijasi goho oshkora xursandchilik, goho ko‘zyoshidir. Ma’lumki, kunda baho qo‘yishdan oldin nazorat ishlari olinadi. Ular: 1) og‘zaki so‘rov (umumiy guruhda va yakka tartibda); 2) yozma ravishdagi ishlar (diktant, bayon, insho, misol va masala, mashqlar yechish); 3) zachyot; 4) laboratoriya ishlari; 5) amaliy ishlar; 6) mustaqil yozma ishlar; 7) imtihonlar.
Yuqoridagi nazorat darslari tashkil etilgandan so‘ng ularning faoliyatida uchraydigan tipik xatolarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun maxsus mshg‘ulotlar tashkil etiladi. Hozirgi kunda ta’lim muassasalarida o‘quvchi-talabalarda o‘z-o‘zini baholash, reyting, testlar qo‘llanib, xavotirlik, ruhiy tinchlik, atrofdagilar bilan o‘zaro samimiy va do‘stona munosabat, ijodkorlik, hamkorlik tushunchalari kirib kelmoqda.
Ta’limda baholash shunday olib borilmog‘i kerakki, u o‘quvchi-talabaning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini, xohish-istaklarini, ichki his-tuyg‘ularini uyg‘otish va oshirishga xizmat qilsin. Didaktika mezonlari bilan aytganda, ularda doimiy motivatsiyalar oshib borishi kerak. Pirovard natijada o‘quvchi-talabaning o‘ziga nisbatan ishonch kuchi doimiy rivojlanishini kafolatlamog‘i lozim.
Pedagogikadan ma’lumki, o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘ziga ishonch, ta’lim-tarbiyada pirovard natijaga erishishning kafolatidir. Zero dars an’anaviy yoki interfaol, ilg‘or pedtexnologik loyiha asosida kechadimi unda qo‘yilgan bosh maqsad – bolada mavjud bo‘lgan ijodkorlik va moyillikka turtki berishdan iborat, ya’ni o‘quvchi-talabada bilim olishga ishtiyoq, xohish-istakni, chaqqonlikni tarbiyalash bosh masaladir. Buning uchun ta’lim sohasi xodimlari, amaliyotchi o‘qituvchilari baholashda pedagogik diagnostika nima? Test nima? Reyting nima? Ta’limda monitoring nima? Ular qanday qilib o‘quv jarayoniga olib kirilishi kerak? degan savollarga javob berishga tayyor bo‘lishi lozim. Biz kelgusi mavzularda yuqoridagi savollarga alohida-alohida to‘xtalamiz.
1



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish