Davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


MAVZU: STEAM ta’lim (Steam education)



Download 2,54 Mb.
bet43/305
Sana15.02.2022
Hajmi2,54 Mb.
#449723
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   305
Bog'liq
Umumiy Pedagogika majmua(1)

MAVZU: STEAM ta’lim (Steam education).
Reja:
1. Steam-science (fan) Technology (texnalogiya), Injineering (injenerlik), Mathematics (matematika) o’qitish:
2. Hayot ta’limi (STEAM learning: Education for life). Trancversal va tajribaga asoslangan ta’lim (Trancversal and experientail knowledge).
3. STEAM shaxs rivojining ijodiy aspekti. ART (san’at) – STEAM kontsepsiyasi: Music (musiqa) – CTEMM, reading (o’qish san’ati) – STREAM.
4. STEAM ta’lim dasturlari. STEAM texnologiyalarining ahamiyati. Geyimfikatsiya: o’yin orqali o’rgatish (gamefication: learning through play)

Jahonda xalqaro tashkilotlar va rivojlangan mamlakatlar tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha mo‘ljallangan ta’lim konsepsiyasida ta’lim, xususan, maktabgacha ta’lim taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi va barqaror rivojlanish masalalariga yetkazuvchi muhim faoliyat sifatida e’tirof etilib, uni zamonaviy va ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida yanada rivojlantirish hamda takomillashtirishga e’tibor qaratilmoqda.


Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida maktabgacha ta’lim milliy madaniyat va mafkura, milliy ruh, madaniyat va qadriyatlarning xazinasi, bolalarda milliy, ijodiy, mustaqil tafakkurni shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi, ifodalovchi hamda boshqa fanlarni mukammal, puxta o‘zlashtirilishiga asos bo‘luvchi bug‘in sifatida qaralib, innovatsion ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu esa MTT metodik faoliyatini tashkil etishda pedagog-tarbiyachilarning tinimsix izlanishi, o‘z faoliyatini uzluksiz takomillashtirib borishiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Yangilanayotgan O‘zbekistonda ham maktabgacha ta’lim tizimiga doir islohotlar doirasida maktabgacha ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ham “o‘qitish usullarini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, bolani kichik yoshdan ta’lim olishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu, avvalo, maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlarining faoliyatini tashkil etishda metodik jihatdan isloh qilish, xalqaro ta’lim standartlari asosida pedagog –tarbiyachi faoliyatini metodik jihatdan rivojlantirish, faoliyatni sifati va samaradorligiga alohida e’tibor qaratishni taqozo qiladi. Chunki ana shundagina bolalarning halqaro dasturlarda ishtirokini ta’minlash, o‘z ovoziga ena bo‘lishiga zamin yaratiladi. Dunyoning rivojlangan davlatlarida MTT pedagog hodimlarining faoliyatini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga erishish bir qator yondoshuvlarni taklif etadi. Jumladan, STEAM (S-fan, T-texnologiya, E -muhandislik, A - can’at, M - matematika) - ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv.
STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi
-Muammolarni keng qamrovli tushunish
-Ijodiy fikrlash
-Muhandislik yondashuv
-Tanqidiy fikrlash
-Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash
-Dizayn asoslarini tushunish
Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda
yordam beradi. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSH, Yaponiya, Izrail, Singapur, Rossiyada maktabgacha ta’lim muassalarida pedagog tarbiyachilar bolalarni ijodiy va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mazkur yondashuv metodlaridan samarali foydalanib kelinmoqda.
Bugungi dunyo kechagi kabi emas, ertangi kun ham bugungi kabi bo‘lmaydi!
Inson faoliyati barcha sohalarida dinamik rivojlanayotgan texnologiyalar joriy etilmoqda. Zamonaviy bolalarning 65 foizi bugungi kunda mavjud bo‘lmagan kasblarni egallaydi. Kelajakdagi mutaxassislar texnologiya, ilm-fan va muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks ta’lim va bilimlarga muhtoj bo‘ladi.
STEAM farzandlarimizga - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni o‘yin orqali yuzaga keltiradi.
Bugungi kunda STEAM-ta’lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‘zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo‘lib, bunad ular fikrlarni to‘plashi va fikrlar almashadi. Shuning uchun, asosiy ta’lim dasturiga quyidagilar Lego-texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi.
STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi. Bu yondashuvda bolalar o‘z qo‘llari bilan yaratgan ko‘prik va yo‘llar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini "rivojlantirib", sinovdan o‘tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. Yaxshi natija bermagan “mahsulot”ni qayta-qayt sinovdan o‘tkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada barcha muammolarni o‘zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g‘alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o‘zlarining qobiliyatlariga ko‘proq ishonch uyg‘otadi.

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish