Mavzu. O‘qituvchi fаоliyatidа pеdаgоgik qоbiliyat. Kommunikativ malakalar va ta’sir ko‘rsatish
R ej a :
1.Qobiliyat va pedagogik qobiliyat haqida tushuncha. Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tavsifi.
2. Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo‘llari. Kommunikatsiya haqida tushuncha.
3. Kommunikatsiya metodlari. O‘qituvchining kommunikativ malakasi.
4.Kommunikativ ta’sir etish yo‘li. O‘qituvchining kommunikativ madaniyati.
5. O‘qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish yo‘llari.
Pedagogik qobiliyat tarixidan. Pedаgogik qobiliyat adabayotda birinchi bo'lib XIX asr o'rtalarida paydo bo'ldi. Pedagogika nazariyasida o'qituvchilar tayyorlash va perqeptiv qobiliyatga A. Disterverg diqqat e'tibor berdi. Shunday qilib, Disterverg pedagogik qobiliyatning kuchiga, pedagogik taktga va qat'iy erkinlikka ahamiyat berdi. So'ngra XIX asrning ikkinchi yarmida P. G. Redkin «axloqiy qobiliyat» tushunchasini ilgari surdi.
Disgerverg, Redkin fikrlarini K.D.Ushinskiy davom ettirdi. K.D.Ushinskiy «Odamni tarbiyalashning eng asosiy yo'li ishontirishdir, odamning e'tiqodiga esa faqat ishontirish bilan ta'sir qilish mumkin»,-deydi.
L. N. Tolstoy: «Tarbiyalash muvaffaqiyatli bo'lishi uchun tarbiyalovchi kishilar sira to'xtamay o'zlarini tarbiyalay bilishlari kerak»-degandi.
L. S. Makarenko aytishicha, tasodifiy ravishda o'qituvchi bo'lib qolgan, lekin u bu ishga qiziqib ketib badiiy adabiyotni ko'p o'qigai Gorkiyni o'zning usgozi deb, uni asrlarini o'rganishga kirishgan. Makarenko o'z tajribasiga asoslanib, agar har bir kishi qunt bilan mehnat qilsa, u o'ziga nisbatan talabchan bo'lsa, u yaxshi pedagog bo'lishi mumkin, deydi.
Qobiliyat hamma insonlarda mavjud bo'lib, bir tekisda bo'lmay, biri yuqori, biri o'rta va biri quyi darajadan iboratdir. Faqat aqli zaif insonlarda qobiliyatni uchrata olmaymiz. Maktab o'qituvchisining faoliyati inson shaxsini tiklantirishga qaratilgan. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchi pedagogik mahoratga ega bo'lishi zarur. Pedgogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo'ladi va rivojlanadi, qobiliyatni rivojlaitirsh uchun esa layoqat, zehn, iste'dod, ya'ni inson nerv tizimida anatomo-fiziologik xususiyat bo'lishi ham zarur. O’qituvchining ba'zi psixik jarayonlari unda shaxsga xos sifatlarining shunday komplekskni tashkil qiladiki, buni pedagogik qobiliyat deb atash mumkin. Bu qobiliyatlarni ayrim psixik xususiyatlardan iborat qilib qo'yish mumkin emas. Ta'lim-tarbiya ishlariniig muvaffaqiyatli bo'lishini pedagog shaxsiga xos bo'lgan bir qancha sifatlar, shu jumladan, uning irodasi, hissiyotlari, xarakteriga xos bo'lgan bir qancha xususiyatlarini ham ta'minlab beradi. K.D.Ushinskiy «Faqat shaxsgina shaxsning rivojlanishiga va tarkib topishiga ta'sir qilishi mumkin, faqat xarakter ta'siri bilan xarakterni vujudga keltirish mumkin»,-deb yozgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |