Davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti



Download 2,54 Mb.
bet138/305
Sana15.02.2022
Hajmi2,54 Mb.
#449723
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   305
Bog'liq
Umumiy Pedagogika majmua(1)

«TARBIYAI FIKRIYA»
Fikr va aql insonni kamolotga etkazadi va o’qish, o’rganish qobiliyati uni saodatmand qiladi. Insoninig komil aqli yaxshilik muhokamasidir. Muhokama nima? Muhokama ikki qismga bo’linadi: birinchisi Kaziyyatxon ma’lum (ma’lum bo’lgan hukm. Voqea va xodisalar), ikkinchidan Kaziyyatxon majhul (noma’lum voqea va xodisalar)dan xulosa chiqarilishidir.
Masalan, «Vatan xizmati vojibdir» (shartlidir). Bu hukm noma’lum (mahsul)dir. Bu hukmga yana oshqa ikki ma’lum hukm lozimdir, ya’ni «Vatan bizning valine’matimizdir» (sahovatmandimiz, ne’matlar bilan ta’minlovchimiz)dir. «Har bir valine’mat (oliy himmat inson)ning Vatan uchun xizmati vojibdir». Bas «Vatan xizmati vojibdir» degan hukm yuqoridagi ikki ma’lum kazi(y)yatlar bilan ochiladi.
Boshqa misol: «butun insonlar o’rtasida mehribonlik va muhabbat lozimdir» ya’ni bu kazi(y)yati majhul bo’lib, bunga ikki ma’lum hukm lozimdirki, birinchisi «butun insoniyat bir-birlari bilan birodardirlar, ikkinchisi esa birodarlar orasida muhabbat va mehribonlik lozimdir».
Demak, muhokama uch qismdan tashkil topib, avvalgi hukm noma’lum bo’lib, qolgan ikki qismi avvalgisini to’ldiradi va kazi(y)yati ma’lum, deb ataladi. Demak, inson muhokama orqali kamolotga etadi. Muhokamani aniq va ravshan bo’lishi uchun uch narsa zarur bo’lib hisoblanadi. Birinchisi-iosbot, ikkinchisi-istiqomat, uchinchisi-sur’at.
Isobot ma’lum kazi(y)yati hukmning to’g’riligiga bexatoligiga aytiladi. Istiqomat ma’lum voqea-hodisalarning hukmning barqarorligi, sur’at esa to’xtovsiz tezlik bilan tartib berilishi demakdir.
Avvalo bolalarni Isobot sohibi bo’lishlaridan bir voqea va hodisa ustidan fikr yuritganlarida ularga to’g’ri, bexato ma’lumotlar beraylik. Chunki xato fikrlab, ularni xatolarga, xatarli yo’llarga olib borishi tabiiydir. Asossiz muhokama bolalar tarbiyasiga katta ziyon etkazadi, keyin bolalarni istiqomat sohibi qilib fikr yuritishlariga ahamiyat berishimiz kerak. Ularni ma’lum kaziyatlarini noma’lum kaziyatlardan to’g’ri, aniq ajrata oladigan holatda tarbiyalash lozim, ya’ni har bir masala sohasidagi ma’lumotlarni g’alati tushunmasliklari uchun bolalarni muhokama qilishga odatlantirish kerak. Yomonning yomonligini, yaxshining yaxshiligini muhokama orqali tushuntiring, doimo shunga diqqat qilingki, bolalar hech narsani ko’r-ko’rona taqlid sifatida qabul qilmasinlar. Madaniyatli avomlar (qavmlar, xalqlar) o’z maktablarida hisob, tarix, madaniyat, fizika, jug’rofiya, ashyoviy darsi va maxsus fanlarni yuqoridagi ikki maqsad-Isobot va Istiqomat maqsadlariga jalb qilish uchun o’qitadilar.
Fitrat bu fikrlari bilan bolaga to’liq aqliy ta’lim berish uchun mana shu yuqoridagi ijtimoiy, ilmiy, dunyoviy fanlarni maktab dasturlariga kiritish kerak degan xulosaga keladi va jadidlar bilan ochgan yangi usul maktablarida iloji boricha shu fanlarni ham bolalarni o’qitishni o’rgatadilar. Lekin eski maktablarda bu fanlarni o’qitish haqida gap ham bo’lishi mumkin emas edi. Fitrat yozadi: «Bizning badbaxtligimiz shundaki, shu fanlarning birontasi bizning maktabimizda o’qitilmaydi. O’z bolalarimizga musht va la’nat zarbini qabul qilganmiz».
Fitrat eski maktablarda bolalarga nisbatan qo’llaniladigan tan jazolarini butunlay qoralaydi, unga qarshi chiqadi, bolani tayoq zarbi bilan yaxshi inson qilib tarbiyalab bo’lmasligini tushuntirib beradi. U bu haqida quyidagilarni gapiradi: «Mulohaza qilingki, modomiki bola iflos yuradi, o’zining tirnog’ini olmaydi, qimor o’ynaydi, berilgan saboqlarni tayyorlamaydi, ularni tayoq zarbidan qaytarilishi maholdir. Qachonki bola katta bo’lsa, tayoq zarbi uning xotirasidan chiqmaydi, aksincha o’shanga odat qiladi, o’zi ham boshqalarga zulmkor bo’lib etishadi. Demak, agar bolalarga ularni kamchilik va qilgan gunohlarini yaxshi so’z bilan tushuntirsak, ularni hurmati oshadi, bunday qabih ishlarni qilishdan uzoqlashadi va haqiqiy hurmatli inson bo’lib etishadi».
Fitrat o’quvchi shaxsni hurmat qilish zarurligini unga nisbatan insoniy munosabatada bo’lish, qilgan gunohlarini o’ziga to’g’ri, yaxshi so’z bilan tushuntirish kerakligini shunda u ham o’qituvchini hurmat qilishni o’qtiradi.
Fitrat yana bolaga beriladigan bilim uning yoshi va bilish darajasiga mos bo’lishi, bolaga qiyinlik qilmasligini, agar beriladigin bilim bolaga juda oson yoki juda qiyinlik qilsa u bilim olishdan bezib qolishni o’qtiradi. Yana bola chuchn moddiy va madaniy jihatdan foydali ekanligini tushuntira olishi kerak. Bu o’rinda Fitrat Imom Ismoil-al-Buxoriy o’zining asarlaridan birida keltirilgan Muhammad payg’ambarimiz salallohu alayhi vassalamning quyidagi hadisini keltirishni lozim topadi: «Bilim ta’limini oson qiling, qiyin qilmang, oldindan aytib bering (ya’ni har bir beradigan ta’limingiz moddiy va ma’naviy jihatdan foydali bo’lsin, bu narsalarni ularga tushuntiring) va ularni ta’limdan bezor qilmang. Qachonki bolalarda isobot va istiqomat fikri hosil bo’lsa, surat muhokamasi ham muvaffaqiyatli bo’ladi.
Fitrat o’sha vaqtda Samarqanddagi ibtidoiy maktablar ishiga yaxshi baho beradi, ayniqsa Shakuriy maktabiga. Samarqandliklar ikki-uch ibtidoiy maktabga ega, ularning eng yaxshisi Shakuriy maktabi. Garchi bu maktab unchalik taraqqiy etmagan bo’lmasa-da, har holda mudir va muallimlarning oliyjanob himmatlari soyasida qisqa vaqt ichida rivoj topib, kamolga etishishiga umid bog’lasa bo’ladi.»
Fitrat inson kamolatiga erishishi uchun doimo intilishi, harakat qilishi lozimligi, doimo oldida maqsadlar qo’yish va unga etishish uchun kurashish kerakligini hech bir baxt yoki boylik ham inson intilmasa o’qtirib o’tadi va bu o’rinda Qur’oni Karimdan quyidagi parchani keltiradi: «Inson har nima topmasin, o’zining intilishidan topadi, intilmas ekansiz, hech narsaga erisha olmaysiz».
Fitrat bilim va iqtidor inson uchun eng zarur ekanligini, u mana shu bilimi va aqli bilan dunyodagi barcha mahluqlardan ham ustun turishini, shuning uchun inson doimo bilim olishga va o’z bilimini yanada oshirib borishiga intilishi kerak.
Fitrat deydi: Parvardigorimiz insonlarga «Sizlarni olamning eng oliy mahluqi qilib yaratdim», -der ekan, shuni bilish kerakki, biz ko’z va qoshlarimiz evaziga e’tiborli mahluqqa aylanganimizcha yo’q, balki e’tiborligimiz va ustunligimiz bilimimiz va iqtidorimizdan foydalanmasak, nainki e’tiborli, ustun, balki eng yomon va past mahluqlardan ham pastroq va yomonroq bo’lib qolishimiz aniqdir.
Fitrat o’zining faqat ijodi bilan emas, balki faoliyati bilan ham ta’lim-tarbiya ishiga juda katta hissa qo’shdi. Bunga bir misol 1921 yilda Buxoroda Fayzulla Xo’jaev tashabbusi bilan ilmiy jamiyat tashkil topadi. Jamiyat ishida Fitrat ham faol ishtirok etadi. Bu jamiyat buxoroliklar qo’lidagi nodir qo’lyozma va bosma kitoblarni yig’ib olib, davlat kutubxonasiga topshirish ishi bilan shug’ullanadi. Ilmiy jamiyat harakati tufayli Buxorodagi eng boy uchta kutubxona-amir kutubxonasining bir qismi, Buxoro qozikaloni Sharifjon Mahdumning 300 tomlik kutubxonasi va amir Abdulahadning ukasi taxt vorisligiga da’vogar Siddiqxon (adabiy taxallusi «Xashmat») ning to’plagan kitoblari davlat mulkiga aylantirilgan. Endilikda bu nodir asarlar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar xazinasidan o’rin olgan. Fitrat bu asarlarni topishdagina emas, balki ularni tadqiq etishda ham ko’p mehnat qilgan .
Yuqorida uning jadid maktablari ochishda olib borgan ishlari, 1917 yil to’ntarishdan keyin esa O’zbekistonning eng yiroq oliy o’quv yurtlaridagi pedagogik faoliyati va ilmiy-tadqiqot institutlaridagi ishlari haqida gapirib o’tgan edik.
Fitrat pedagog olim sifatida maktablar, oliy o’quv yurtlari uchun bir qancha darslik va amaliy o’quv qo’llanmalarini ham yozadi. Bular 1917 yilgi ibtidoiy o’zbek maktablarining so’nggi sinflari uchun yozilgan «O’quv» nomli kitobi, 1918 yili Sh. Rahimiy va Ramazon bilan hammualliflikda yozgan «Ona tili» darsligi, 1919 yilda yozgan «Imlo masalalari», 1925 yilda yozgan «O’zbek tilining naxvi», 1926 yilda yozgan «Adabiyot qoidalari», 1927 yilda yozgan «Eng eski turk adabiyoti namunalari», 1928 yilda yozgan «O’zbek adabiyoti namunalari» va boshqa ko’plab qo’llanmalar shular jumlasidandir.
Fitrat yirik olim sifatida adabiyot nazariyasiga, o’zbek adabiyoti va san’ati tarixiga juda katta hissa qo’shdi. U yaratgan ilmiy ishlardan: «Qutadg’u bilig», «Adabiyot qoidalari», «Ahmad Yassaviy hikmatlari», «Ahmad Yassaviy maktabi shoirlari to’g’risida tekshirishlar», «XVI asrdan so’nggi o’zbek adabiyotiga umumiy bir qarash», «Muhammad Solih», «Aruz haqida», «Abulqosim Firdavsiy», «Ertaklar va haqiqatlar», «O’zbek shoiri Turdi», «Tilimiz», «O’zbek tili saboqlari», «O’zbek musiqasi to’g’risida», «O’zbek mumtoz musiqasi va uning tarixi», «Sharqda shaxmat» va boshqalar. Alisher Navoiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnaiky, Muhammad Solih, Turdi, Mashrab kabi ijodkorlarning badiiy meroslariga oid ilmiy ishlar. Bu ishlarning nomidanoq ko’rinib turibdiki, adabiyotimiz, san’atimizning bugungi kunda biz tadqiq etishga kirishmoqchi bo’lib yurgan muammolarini Fitrat bundan 60-70 yil ilgari hal qilib bergan. U yana fors-tojik shoirlari Firdavsiy, Umar Hayyom, Bedil ijodi haqida ham tadqiqotlar olib boradi. Uning bu ilmiy ishlari hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish