Muammoli o‘qitishning afzalliklari: shaxsiy ijodiy faoliyatni tashkil etish asosida bilimlarni mustahkam egallash, o‘qishga qiziqishni uyg‘otish, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish, o‘qitishning mustahkam va amaliy natijalariga erishish. Kamchiliklari ta’lim oluvchilarning idrok etish faoliyatlarini boshqarishning qiyinligi, muammoni qo‘yish va hal etish uchun ko‘p vaqt sarflanishi, muammoli vaziyatni yaratish va mustaqil hal qilish imkoniyatini har bir ta’lim oluvchiga taqdim etishning qiyinchiligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |