Davlat universiteti psixalogiya fakulteti psixalogiya bo


 Shaxs irodasini o’rganish testi



Download 291,33 Kb.
bet47/47
Sana10.07.2021
Hajmi291,33 Kb.
#114286
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Iroda nazariyasi

4. Shaxs irodasini o’rganish testi 
Ijtimoiy-ruhiy  eshtiyojga  asoslangan  holda  mamlakatimiz  yoshlarini  komil 
inson  qilib  kamol  toptirish  uchun  ularni  o’zini  o’zi  uddalashga  o’rgatishdan  ish 
boshlamoq  zarur.  Shaxsning  o’z  faoliyatini  va  xulq-atvorini  shaxsiy  xoshish 
irodasiga  bo’ysundirish,  ro’yobga  chiqarish  mustaqil  fikrlashni  barqarorlashtiradi, 
ko’zlangan  maqsadni  amalga  oshirishga  puxta  zamin  shozirlaydi,  har  xil 
xususiyatli qiyinchiliklar oldida matonat, sabr-toqat tuyg’ularini namoyish etishga 
chorlaydi.  Buning  natijasida  mustashkam  irodali,  prinsipal,  qat'iyatli,  uzoqni 
ko’zlovchi, teran fikrlovchi, aql-zakovatli, vatan tuyg’usi bilan yonuvchi shaqiqiy 
milliy  vatanparvar  yoshlarni  ijtimoiy  shayotida,  ta'lim-tarbiya  jarayonida 
shakllantiradi.  
Insonga  tug’ilishdan  beriladigan  tabiiy  mayllardan,  aqliy  va  axloqiy 
imkoniyatlardan  unumli  foydalanmasdan  turib,  yuksak  ma'naviyatli,  farosatli, 
ijodiy  izlanuvchan  shaxslarni  voyaga  yetkazib  bo’lmaydi.  Xuddi  shu  boisdan, 
insonning  bolaligidan  tortib  to  ijtimoiylashuviga  qadar  davr  oralig’ida  o’zini  o’zi 
boshqarish usullari, vositalari bilan tanishtirish qat'iyatlilikni vujudga keltiradi.  
Odatda  iroda  inson  tomonidan  o’z  xulqi  va  faoliyatini  ongli  ravishda 
boshqarish  sifatida  basholanadi,  maqsadga  yo’naltirilgan  xatti-harakat  va  xulq-
atvorning  amalga  oshishida  tashqi,  ichki  qiyinchiliklarni  yengib  o’tish  tariqasida 
ta'riflanadi.  
Yoshlarning  irodasi,  eng  avvalo  shaxsning  ijtimoiy  faolligida,  mehnat 
faoliyatida, ijtimoiy tajribasida va ta'lim jarayonida namoyon bo’ladi. 
Mazkur faollikdan uning mazmunini va shaklan tuzilishini farqlash mutlaqo 
zarur.  Shaxs  faolligining  mazmundor  tomoni-  uning  ijtimoiy  xislatlarida  o’z 
ifodasini  topadi,  chunki  bunda  ijtimoiy  ko’rsatma  (attityud),  e'tiqodlar,  ma'naviy 
shis-tuyg’ular,  qiziqishlar  dominantlik  xususiyatini  kasb  etadi.  Shaxs  faolligining 
shakli  faoliyatni  amalga  oshirishda  ishtirok  etuvchi  ruhiy  jarayonlar, ichki, tashqi 
va anglashilgan irodaviy xatti-harakat, intilish namoyon bo’lishi orqali aniqlanadi. 
Shaxs uchun qiyin haroitlarda o’zini o’zi ongli ravishda boshqara olish imkoniyati 
irodaviy zo’r berishning yordami bilan yuzaga keladi va belgilangan muayyan aniq 
maqsad,  reja  hamda  uni  ro’yobga  chiqaruvchi  xatti-harakatlar  ularning  ijrosiga 
yo’naltiriladi. 
Barkamol  avlod  shaxsining  psixologik  xususiyatlari  markaziy  rolining 
motivasiya doirasi bajaradi va u eshtiyojlar, qiziqishlar, e'tiqodlar va ma'naviy shis-
tuyg’ularda  o’z  aksini  topadi.  Shaxslarning  shayoti  va  faoliyatida,  shuningdek, 
ijtimoiy  tarbiyasiga  asta-sekin  ustuvor  va  barqaror  motivlar  vujudga  kela 
boshlaydi,  ular  inson  ijtimoiy  hartlangan  yo’nalganligi  va  shayotiy  pozisiyasini 
qat'iy belgilash uchun xizmat qiladi.  

Aksariyat shollarda inson shaxsining ijtimoiy hartlangan xususiyatlari uning 


irodaviy  faolligi  yo’nalishini  gavdalantiradi.  Ijtimoiy  yo’nalganlik  shaxsning 
motivasion-irodaviy  xislati  shisoblanmish  sobitqadamlikda  o’z  ifodasini  topadi. 
Inson shaxsining irodaviy jarayonlari, holatlari, xislatlari faoliyatning motivlari va 
maqsadini  amalga  oshirishning  o’ziga  xos  usuli  sifatida  yuzaga  keladi.  Aqliy 
faoliyatda  irodaviy  jarayonlar irodaviy  xatti-harakatlar kechishining  aynan ichida, 
ya'ni  maqsad  belgilashdan  tortib  to  uning  bajarilishigacha  oraliqda  ko’zga 
tashlanadi. Ongli xulq-atvorda, ixtiyoriy diqqatda, eslab qolishda, esga tushirishda, 
tafakkurda,  xayolda  ifodalanadi,  murakkab  muammolarni  yechish,  irodaviy  zo’r 
berishni  safarbar  etish  uchun  mutlaqo  zarur,  chunki  busiz  mehnat  va  o’quv 
faoliyatida  shech  qanday  natijaga  erishish  mumkin  emas.  Ularning  o’zaro 
uyg’unlashuvi  samaralar  keltirish  majmuasi  sifatida  ikkiyoqlama  xususiyat  kasb 
etadi.  Mehnat  faoliyatidagi  va  ta'lim  jarayonidagi  irodaviy  holatlar-bu  vujudga 
kelgan qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etishning usullari, inson shaxsining 
omilkor, oqil ichki haroitlarining muvaqqat ruhiy hodisasidir. Ularning qatoriga bir 
talay  shayotiy  hart-haroitlar  ta'siri  ostida  vujudga  keluvchi  optimizm  va  umumiy 
faollik,  qiziquvchanlik,  motivasion,  mobilizasion  tayyorgarlik,  qat'iyatlilik 
xususiyatlari kiradi.  
Mehnat  va  stress-emosional  zo’riqishning  keskin  holati  ko’rinishi,  shakli 
shisoblanib, tashqi va ichki mushitning noxush omillarini shaxsga favqulodda ta'sir 
etish natijasida vujudga keladi. Ta'limiy hamkorlik (o’qituvchi bilan talaba hamda 
talabalarning o’zaro) faoliyatidagi frustrasiya-bilish faoliyatini tashkillashtirishning 
tubdan  teskari  tomonga  yo’naltiruvchi  ruhiy  holatdir.  Shaxs  uzluksiz  paydo 
bo’luvchi  va  bartaraf  qilish  qiyin  to’siqlarning  ta'siri  ostida  ruhan  tushkunlik, 
o’zini  yo’qotib  qo’yish,  ko’pincha  eksperimentga,  vaziyatga  nisbatan  agressiv 
(tajovus) reaksiyalar (javob xatti-harakatlari) yuzaga kelishi kuzatiladi. 
Inson  shaxsining  irodaviy  xislatlari-  bu,  mehnat  faoliyatidagi,  ta'lim 
jarayonidagi  muvaqqat  ruhiy  holat  emas,  balki  aksincha  mazkur  vaziyatga  shech 
qanday  bog’liq  bo’lmagan  odam  turg’un,  barqaror  ruhiy  tuzilmasidir.  Uning 
irodaviy  sifatlariga  sobitqadamlik,  tashabbuskorlik,  qat'iyatlilik,  mustaqillik, 
tashkillashganlik,  ishbilarmonlik,  o’zini  qo’lga  olish,  jasurlik,  chidamlilik  va 
boshqalar  kiradi.  Shaxs  irodasining  bo’shligi,  zaifligi  qaysarlik,  sabotsizlik, 
yalqovlik,  qo’rqoqlik,  prinsipsizlik,  betashabbuslik,  erinchoqlik,  loqaydlik  singari 
tushunchalar orqali tavsiflanadi.  
Bilimlarni  va  mehnat  ko’nikmalarini  egallashdagi  sobitqadamlik-bosh 
irodaviy sifat shisoblanib, u irodaviy boshqa ko’rinishlarning taraqqiyot darajasini 
va yo’nalishini aniqlovchi asosiy omil bo’lib sanaladi. Mustaqil va kelajagi buyuk 
davlat  ideallariga  sodiqlik,  Vatan  oldidagi  burchning  yuksak  darajada  anglashi, 
jamoatchilik  shissi,  yurt  ravnaqiga  o’z  hissasini  qo’shish  istagi  va  bularning 
barchasi o’zbek xalqiga xos bo’lgan sobitqadamlilik namunasidir.  
Ta'lim-tarbiya  jarayonidagi  va  mehnat  faoliyatidagi  tashabbuskorlik-shaxs 
o’z  xoshish  irodasiga  binoan  zarur  xatti-harakatlarni  amalga  oshirish  uquvidir. 
Mustaqil  bilim  olish  va  fikrlashdagi  mehnat  faoliyatidagi  qat'iyatlilik-  shaxs 
tomonidan jiddiy va puxta mulohaza yuritib qaror qabul qilish, uni izchil ravishda 
shayotga  tatbiq  etish  xislatidir.  Tirishqoqlik  shaxs  qiyinchiliklarni  yengish  uchun 

kurashishda  kuch-quvvatini  aslo  pasaytirmasdan,  uzluksiz  va  uzoq  muddat 


maqsadga erishish uchun intilish ko’nikmasidir.  
Muammolarni yechish chog’ida chidamlilik-shaxs tomonidan qabul qilingan 
qarorni  amalga  oshirishga  shalal  beruvchi  fikrni,  shissiyot  va  xatti-harakatni 
tizginlovchi  (tormozlovchi)  inson  uquvchanligidir.  Tashkillanganlik-o’z  harakati 
va  xulqini  rejalashtirish,  xususan  uni  ijro  etishda  shaxsni  rejaga  asoslanish 
malakasidir.  Matonatlilik-qo’yilgan  maqsadni  muqaddas  shis  etgan  holda  o’zini 
oqlaydigan  xavf-xatarga  qo’l  urish,  qo’rqinchga  nisbatan  yuzma-yuz  tura  olish 
fazilatidir.  
Ishbilarmonlik-har qanday o’ylanilgan ishni qiyinchiliklar va qarshiliklardan 
qat'i nazar omilkor yo’llar qo’llash tufayli oxiriga yetkazish xislatidir. Mustaqillik- 
o’z  e'tiqodiga  qat'iy  ishonch,  shaxsiy  kuch-quvvatiga  ishonish,  boshqalarning 
yordamiga mushtojlik sezmaslik malakasidir.  
Shaxsning  xulq-atvorida,  mehnat  va  o’quv  faoliyatida,  agarda  ishlab 
chiqarish  va  ta'limiy  mashg’ulotlar  oqilona,  shaqqoniy  ravishda,  to’g’ri 
uyushtirilsa,  unchali  muhim  bo’lmagan  irodaviy  sifatlar  ham  paydo  bo’lishi 
mumkin, chunonchi intizomlilik, o’zini qo’lga olishlik va hokazo.  
Ushbu  ruhiy  holatni  aniqlash  uchun  maxsus  ishlab  chiqilgan  testdan 
foydalanish  mumkin.  Tavsiya  qilinayotgan  fikrlarga  shaxs  "Sha"  yoki  "YO’Q" 
degan javob qaytarish kerak.  
1. 
Shayotdagi muvaffaqiyat tasodiflariga ko’ra oldindan qilingan shisob-
kitoblarga ko’proq bog’liq bo’ladi deb o’ylayman.  
2. 
 Agar  o’zimning  sevimli  mashg’ulotlarimdan  ayrilsam,  unda  men 
uchun shayotning mazmuni yo’qoladi.  
3. 
Men  uchun  har  qanday  ishning  oqibati,  natijasidan  ko’ra,  uning 
bajarilish jarayoni muhim.  
4. 
Men  odamlarning  o’z  yaqinlari  bilan  bo’lgan  munosabatlarining 
yaxshi emasligidan ko’ra, ishdagi muvaffaqiyatsizlikdan ko’proq qayg’uradilar deb 
shisoblayman.  
5. 
Mening  fikrimcha,  ko’pchilik  odamlar  yaqin  kelajakka  mo’ljallangan 
maqsad bilan emas, balki uzoqqa mo’ljallangan  
maqsad bilan yashaydilar.  
6. 
Agar  imkoniyat  bo’lsa-da,  lekin  shech  kim  sezmasligiga  ishonchim 
komil bo’lsa ham nojo’ya harakat qila olmayman.  
7. 
 Mening  shayotimda  muvaffaqiyatsizliklardan  ko’ra  muvaffaqiyatli 
kunlar ko’p bo’lgan.  
8. 
Menga  amaliy,  ishchan,  ishbilarmon  odamlardan  ko’ra  shis-tuyg’uli, 
ko’ngilchan inson ko’proq yoqadi.  
9. 
Shatto 
oddiy 
ishda 
ham 
men 
uning 
ba'zi 
elementlarini 
takomillashtirishga harakat qilaman.  
10. 
Muvaffaqiyatga erishish shaqidagi fikrlarga berilib ketgan vaqtlarimda 
eshtiyotkorlik choralarini unutib qo’yishim mumkin.  
11. 
Yoshligimda ota-onam meni dangasa deb shisoblar edi.  
12. 
Men o’zimning  muvaffaqiyatsizliklarimga  haroit  emas, balki  ko’proq 
o’zimni aybdor deb shisoblayman.  

13. 
Ota-onam meni qattiq nazorat qilishgan.  


14. 
Menda qobiliyatga nisbatan sabr-toqat kuchli.  
15. 
o’z  maqsadlarimdan  qaytishga  muvaffaqiyatga  erisha  olmasligim 
shaqidagi fikr emas, balki dangasalik sabab bo’ladi.  
16. 
Men o’zimni o’zimga ishongan odamman deb shisoblayman.  
17. 
Muvaffaqiyatga erishish uchun garchi imkoniyatlar mening foydamga 
bo’lmasa ham tavakkal qilishim mumkin.  
18. 
Men tirishqoq odam emasman.  
19. 
Hamma  ishlar  tekis  (me'yorida)  ketayotgan  bo’lsa,  unda  mening 
g’ayratim yanada oshadi.  
20. 
Agar  men  gazetada  ishlaganimda  edi,  unda  turli  voqealar  shaqida 
yozishdan ko’ra, ko’proq odamlar yaratgan yangiliklarni yozgan bo’lar edim.  
21. 
Mening  yaqinlarim  odatda  shaxsiy  rejalarim  bilan  hamfikr 
bo’lmaydilar.  
22. 
Mendagi 
shayotga 
nisbatan 
bo’lgan  talablarimning  darajasi 
o’rtoqlarimning shunday talablaridan pastroq.  
23. 
Men o’z maqsadlarimga erishish yo’lida qat'iyman.  
Test kaliti. "Sha"-1, 2, 6, 7, 8, 9, 15, 17, 19, 20, 22, 23. "YO’Q"- 3, 4, 5, 10, 
11, 12, 13, 14, 16, 18, 21.  
Natijalarning  miqdoriy  tashlili.  Ballar  yig’indisi  0-9  dan  past  bo’lganda-
Sizning  faoliyatingizda  muvaffaqiyatga  eshtiyoj  yaqqol  ko’rinmaydi.  10-13 
ballgacha: Sizda muvaffaqiyatga intilish bor, lekin shayotda faoliyatingizni tashkil 
qilishda har doim ham muvaffaqiyatga eshtiyoj sezavermaysiz.  
14-23  ballgacha:  Sizning  faoliyatingizda  muvaffaqiyatga  eshtiyoj  yuqori 
darajada, har doim muvaffaqiyat bo’lishiga ishonasiz, qat'iysiz u yoki bu darajada 
murakkab,  lekin  bajarilishi  mumkin  ishlarni  qilishni  yoqtirasiz.  0-9  past,  10-13 
o’rtacha, 14-23 yuqori.  
  
Download 291,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish