Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
“Milliy g‘oya asosiy tushuncha va tamoyillar” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog‘idagi fanga oid saytlrdan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi.
“Milliy g‘oya asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi:
№
|
Mavzular nomi
|
Ajratilgan soat
|
ja`mi
|
ma`ruza
|
amaliy
|
laborat.
|
seminar
|
mustaqil ta’lim
|
1
|
“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
|
6
|
2
|
|
|
2
|
2
|
2
|
“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari
|
6
|
2
|
|
|
2
|
2
|
3
|
Milliy g‘oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi
|
8
|
2
|
|
|
2
|
4
|
4
|
G‘oyaviy tahdidlarning yo‘nalishlari
|
6
|
2
|
|
|
2
|
2
|
5
|
Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi.
|
6
|
2
|
|
|
2
|
2
|
6
|
Mafkuraviy faoliyat - milliy g‘oyani amalga oshirish vositasi
|
6
|
2
|
|
|
2
|
2
|
7
|
Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitetni shaklantirish vazifalari. Jamiyat barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy-g‘oyaviy asoslari
|
8
|
2
|
|
|
2
|
4
|
8
|
Tafakkur o‘zgarishi va ma’naviy yangilanishda milliy g‘oyaning roli
|
6
|
1
|
|
|
2
|
4
|
9
|
Milliy g‘oyani rivojlantirishning institutsional tizimi
|
8
|
1
|
|
|
2
|
4
|
|
Jami:
|
60
|
16
|
|
|
18
|
26
|
Asosiy qism
Ma’ruza mashg’ulotlari
“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g‘oya asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti: g‘oya insoniyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi omili, hayotiy maqsadlar ifodasi. Bunyodkor va vayronkor, dunyoviy va diniy g‘oyalar, ularning mazmuni. Bunyodkor g‘oyalarda gumanistik tendensiyalarning ifodasi. G‘oyada ehtiyojlar va manfaatlar mutanosibligi. G‘oya va mafkuralar muqobilligining yo‘nalishlari. G‘oyalarning intellektual asoslarini rivojlantirish muammolari. G‘oyalar rivojlanishida siyosiy yetakchilarning roli.
Mafkura tushunchasining mazmuni. Mafkuraning elementlari: mo‘ljal, emotsiyalar, xulq-atvor, ularning individual va jamoaviy xarakteri. Mafkuraning funksiyalari: integratsiyalashtiruvchi, yo‘naltiruvchi, ta’sirchanlik, tarbiyaviy, tashkillashtiruvchi, gnoseologik, praksiologik, prognostik, baholash (qadriyatli), futurologik, himoya qiluvchi. Mafkuraning shakllari: anarxiya, monarxiya, totalitarizm, liberalizm, demokratiya. Liberal va totalitar mafkuralarning ziddiyati. Demokratiyaga asoslangan mafkuraning ustivorligi.
Milliy g‘oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo‘lish xususiyatlari. Milliy g‘oyaning umuminsoniy mazmuni. O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy g‘oya va mafkuraning roli. Prezident Islom Karimov asarlari-milliy g‘oya va mafkuraning ilmiy-uslubiy asosi. O‘zbekistonda yashayotgan turli millat va etnik birliklarni yagona g‘oya atrofida birlashtirishning tarixiy zaruriyati. Milliy g‘oyada o‘z-o‘zini anglash, milliy g‘urur va iftixorning namoyon bo‘lish xususiyatlari. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish” -milliy mafkuraning bosh g‘oyasi. Uni amalga oshirishning asosiy g‘oyalari: yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik. Bosh va asosiy g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik. Milliy g‘oyaning gumanistik xarakteri.
Jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta’sirida g‘oyalarning differensiallashuvi. Milliy taraqqiyot g‘oyalarining individual va ijtimoiy ko‘rinishlari. Mafkuraviy jarayonlarni nazariy bilish va amaliy o‘zgartirish muammolari.
Jamiyatning ijtimoiy tabaqalanish jarayoniga mafkuraviy ta’sir. Muayyan g‘oyalarning dominantlashuvi va ularning oqibatlari. Mafkuraviy jarayonlarda demokratik tamoyillarning namoyon bo‘lishi. G‘oya, mafkura va milliy g‘oya tushunchalarining ijtimoiy-siyosiy mohiyati, ularning umumiyligi va farqlari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Aqliy hujum, venn diagrammasi, erkin yozish , klaster, bir-biridan so’rash
Adabiyotlar A1. A3. A6., D1. D2.D6., Q1. Q2. Q3. Q9. Q11., E3.E9.
“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari. Insoniyat tarixida g‘oya va mafkuralar namoyon bo‘lishining asosiy bosqichlari. Tarixiy taraqqiyot jarayonida g‘oya va mafkuralarning o‘zgaruvchan xarakteri. Prezident Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat -engilmas kuch” kitobida g‘oyalar tarixi va falsafasi, milliy g‘oyaning mazmun-mohiyati, shakllanishi va namoyon bo‘lishi haqida.
Mifologiya, teologiya va xalq ma’naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g‘oya va mafkuraning ifodalanishi. “Avesto” va Zardushtiylikda g‘oyalar takomili.
G‘arb mamlakatlarida ilk g‘oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari. Sokrat, Platon, Aristotel, Geraklit, Pifagor va boshqa mutafakkirlarning g‘oyalari va ularning ahamiyati. Afina va Rim imperiyasi g‘oyalar tizimi va mafkurasi.
Sharq va Markaziy Osiyoda g‘oyalarning namoyon bo‘lishi, ularning gumanistik mohiyati. O‘rta Osiyoda islom dini g‘oyalarining yoyilishi. Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino merosida g‘oyalar masalasi. Temuriylar davri g‘oyalari, Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy, Boburning milliy va umuminsoniy g‘oyalar to‘g‘risidagi fikrlari.
G‘arb mamlakatlarida g‘oyaviy qarashlarning takomil bosqichlari. Yevropa ilk o‘rta asrlar va Renessans davri g‘oyalari. Xristianlik g‘oyalari. Xristianlikning salb yurishlari. Tomazo Kampanella, Tomas Morning “Quyosh shahri” haqidagi utopik g‘oyasi. Marks va Engelsning sotsializm g‘oyasi tanazzuli. Yevropada o‘rta asrlarda umumiy makon, milliy mumtozlik, imperial, kolonial va milliy taraqqiyot yo‘llari to‘g‘risidagi g‘oyalar.
XV-XVII asrlardagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar va XVIII va XIX asrlardagi yangi zamon g‘oyalarining shakllanishi. O‘rta Osiyoda XVI-XVIII asrlardagi xonlik va amirliklar davrida g‘oyalar tizimi. XIX asr oxiri va XX asrning 90-yillarida shakllangan g‘oyalar tizimi.
Mafkuraning XIX asr o‘rtalaridan boshlangan takomil bosqichlari. G‘oya va mafkura muammosiga obyektiv, subyektiv, evolutsion va inqilobiy, siyosiy yondoshuvlar. XIX asr oxiri va XX asr mafkurasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari. Deideologiya va reideologiya yo‘nalishlari. XX asrning oxiri - XXI asr boshidagi mafkuraviy jarayonlar.
Sovet davrida kommunistik partiya g‘oyalarining gegemonligi va uning oqibatlari. Sotsializm tuzumining g‘oyaviy inqirozida milliy o‘z-o‘zini anglashning o‘rni. Sho‘rolar davrida mafkuraviy qatag‘onning fojiaviy oqibatlari. Departatsiya (quvg‘in) qilingan xalqlarning ma’naviy-ruhiy holati va ularda milliy o‘zlikni saqlashning tarixiy jihatlari.
Mustaqillik - milliy g‘oya fanining bosh mavzusi. Ma’naviy jasorat- millat g‘oyasi va ruhining ifodasi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Aqliy hujum, venn diagrammasi, erkin yozish , klaster, bir-biridan so’rash
Adabiyotlar A1. A2. A3. A6. A7.A8., D1. D2. D4. D6. D7, Q1. Q2. Q3. Q9. Q11.,E1. E3.E9.
Milliy g‘oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi. Ijtimoiy taraqqiyot va tarixiy jarayonlarning milliy g‘oyalar shakllanishi ham da amal qilishiga ta’siri.
Milliy g‘oya xalqning tarixiy taraqqiyoti asosi. Milliy g‘oya o‘z-o‘zini anglashning mahsuli. Milliy g‘oya mohiyatida xalq manfaatining ifodalanishi.
Milliy g‘oya va mafkurani rivojlantirishning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, huquqiy omillari. G‘oya va mafkuralarning ijtimoiy taraqqiyotdagi roli. Ijtimoiy-siyosiy tuzumlar o‘zgarishida g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlarning ahamiyati. Mafkuraviy meros va unda vorisiylikning namoyon bo‘lishi.
Tarixiy xotira g‘oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma’naviy omil. Mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy ong shakllaridagi in’ikosi. Individual ongda mafkuraga munosabatning tur li darajalari. Mafkura va g‘oyalarning kundalik voqelik bilan uzviyligi. Axloq va mafkura, din va mafkura, san’at va mafkura mutanosibligi. Ijtimoiy jarayonlarning yo‘nalishlari: iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy va boshqa g‘oyalarning o‘zaro munosabati.
Siyosat va mafkuraning o‘zaro aloqadorligi va farqi. Siyosatning mafkuralashish va mafkuraning siyosatlashtirish oqibatlari. Mafkura amal qilishining psixologik va ijtimoiy-siyosiy mexanizmlari. Siyosiy ijtimoiylashuv va siyosiy tarbiya muammosi.
Milliy g‘oyada mentalitetning namoyon bo‘lishi. Mentalitetning fikrlash uslubi va qadriyatlar bilan bog‘liq elementlari. Milliy va umuminsoniy g‘oyalarning individualligi va umumiyligi, integratsiyasi va differensiatsiyasi.
O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‘oyalarning takomillashuv jarayoni, unda avlodlararo vorislik va yangilanishning namoyon bo‘lishi. Yangi g‘oyalar tizimidagi ustuvor tamoyillar, ularni amalga oshirishning dolzarb vazifalari. Istiqlolga asoslangan yangi g‘oyalar tizimini takomillashtirish, uning ma’naviy ta’sirchanligi va mafkuraviy samarasini oshirish usullari va yo‘llari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Aqliy hujum, venn diagrammasi, erkin yozish , klaster, bir-biridan so’rash
Adabiyotlar: A1.A2. A3.A4. A6., D1. D2.D5.D6., Q1. Q2. Q3. Q9. Q11.,E1. E3.E4.E9.
Do'stlaringiz bilan baham: |