Davlat universiteti “Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta‘limi” kafedrasi milliy g`oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fani bo‘yicha


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov



Download 1,77 Mb.
bet154/160
Sana12.01.2017
Hajmi1,77 Mb.
#231
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   160
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI

09.09.1996 y.

PF-1559
"MA’NAVIYaT VA MA’RIFAT" JAMOATChILIK MARKAZI

FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh VA SAMARADORLIGINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
Jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Odamlarning o‘zliklarini chuqur anglashini, mustaqillikning qadrini tobora teran tushunishini, milliy tafakkurning kengayishi va takomillashuvini, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uyg‘onishini ta’minlash ma’naviyat sohasidagi siyosatimizning asosiy maqsadiga aylanishi lozim. Ammo hanuz joylarda ma’naviyatning mohiyatini, uning olg‘a siljishimiz, farovon jamiyatga tezroq yetishimizdagi qimmatini chuqur idrok etmaslik hollari mavjud. Ayrim katta-kichik rahbarlar eski mustabidlik, zo‘ravonlik mafkurasining sarqitlaridan haligacha qutula olmay, bu borada kechirib bo‘lmaydigan oqsoqlik qilib, ma’naviyatning asl mohiyatini tushunib yetmaslik tufayli unga ikkinchi darajali ish sifatida qaramoqdalar. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bo‘lgan bunday e’tiborsizlik kelajagi buyuk demokratik, ozod davlat qurishdek ezgu maqsadimiz ro‘yobi uchun mutlaqo ziddir.

Ma’naviyat sohasida olib borayotgan ishlarimizni yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida:

1. Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor

yo‘nalishi deb hisoblansin. Joylarda ma’naviyat bilan bog‘liq ishlarning amalga oshirilishi uchun butun mas’uliyat shaxsan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat, shahar va tuman hokimlari, respublikamizdagi barcha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar birinchi rahbarlarining zimmasiga yuklansin.

Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazining joylardagi bo‘limlari ishini yanada yaxshilash maqsadida hokimliklar ularni ikki oy muddat ichida tegishli bino, zamonaviy jihozlar, transport va texnika vositalari bilan ta’minlasinlar.

2. Yoshlarimiz ongiga ona-Vatanga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi misli ko‘rilmagan bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg‘ularini singdirish maqsadida ularni dunyoni hayratga solgan qadimiy yodgorliklar va mustaqillik davrida bunyod etilgan ulkan inshootlar, ma’rifat maskanlari, yurtimizning go‘zal tabiati bilan muntazam tanishtirib borish uchun mahsus tanishtiruv sayohatlari tashkil etish barcha hokimlar zimmasiga yuklatilsin.

Bu maqsadda hokimliklar va "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi, Madaniyat ishlari vazirligi, "O‘zbekturizm" milliy kompaniyasi, "Kamolot" yoshlar jamg‘armasi tegishli tavsiyalarni 2 oy muddat ichida ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.

3. Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlarini istiqlol g‘oyalarini, milliy qadriyatlarni teran anglaydigan, fidoyi, tashkilotchi, tashabbuskor xodimlar bilan mustahkamlash uchun ularning rahbarlari shu yilning oxiriga qadar qayta sinovdan o‘tkazilsin.

4. Belgilab qo‘yilsinki, hududiy bo‘limlar rahbarlari tegishli hokimliklar tavsiyasiga binoan "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi tomonidan tayinlanadi.

5. Yosh avlodni buyuk an’analarimizga, yuksak ma’naviy qadriyatlarimizga sodiqlik va porloq kelajak egalari ekanliklariga qat’iy ishonch ruhida tarbiyalash maqsadida 1997 yildan boshlab 1 oktabr "O‘qituvchilar va murabbiylar" kuni deb e’lon qilinsin hamda dam olish kuni hisoblansin. Bu bayramda o‘tkaziladigan barcha tadbirlar o‘qituvchilar, murabbiylar, tarbiyachilar, umuman, bolalar bilan ishlashga, ularning sog‘ligini himoyalashga, jismonan va ruhan sog‘lom kamol toptirishga o‘z hayotini bahshida etgan insonlarni ulug‘lashga bag‘ishlansin.

Vazirlar Mahkamasi bu borada tegishli taklifni Oliy Majlisga kiritsin.

6. Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi nashri - "Tafakkur" jurnalini joylarda keng yoyish uchun mahalliy hokimliklar uning obunasiga har tomonlama yordam ko‘rsatsinlar.

7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi markazning "Ma’naviyat" nashriyotini tashkil etish, bu nashriyotning va "Tafakkur" jurnalining mualliflik qalam haqi miqdorlarini amaldagidan oshirish masalasini ko‘rib chiqsin va hal etsin.

8. Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi, uning joylardagi bo‘limlari, xo‘jalik hisobidagi korxonalari hamda "Tafakkur" jurnali nizomida ko‘rsatilgan maqsadlar va vazifalarga qat’iy mos keladigan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha barcha turdagi soliqlardan besh yil

muddatga ozod etilsin.

9. Toshkent shahar hokimi zimmasiga ikki oy muddatda markazning asosiy binosini milliy uslubda ta’mirlash va zamonaviy jihozlash yuklatilsin.

10. Moliya vazirligi markazga mahsus audio, video, foto va boshqa zarur texnik uskunalar xarid qilish uchun kerakli miqdorda mablag‘ ajratsin.

11. Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi oshida "Oltin meros" xalqaro hayriya jamg‘armasi tuzilganligi e’tiborga olinsin.

Ushbu Farmonda markazga berilayotgan imtiyozlar uning "Oltin meros" jamg‘armasiga ham taalluqli ekanligi belgilab qo‘yilsin.

Vazirlar Mahkamasi jamg‘armani qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilsin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zarur o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqsin.

13. Ommaviy axborot vositalariga "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi, uning "Oltin meros" jamg‘armasi faoliyatini keng yoritish, doimiy mahsus ruknlar ochish tavsiya etilsin.

O‘zbekiston teleradiokompaniyasi markaz bilan hamkorlikda mahsus "Ma’naviyat va ma’rifat" ijodiy guruhini tashkil qilsin, muntazam ko‘rsatuvlar va eshittirishlarni yo‘lga qo‘ysin.

14. Mazkur masalalarni amalga oshirish uchun tegishli idoralar vakillaridan iborat mahsus ishchi guruhi tashkil etilganligi e’tiborga olinsin.




Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish