Demokratik institutlar – jamiyatning demokratik tuzumini barpo etishga xizmat qiluvchi omil bo‘lib, unga quyidagilar kiradi. 1) Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar. 2) Yuridik maqomga ega bo‘lgan muxolifat. 3) Mulkchilik instituti.
Sharqona demokratiya - urf-odat, qadriyatlarga asoslangan o‘ziga xos demokratiya.
Siyosiy demokratiya - jamiyat siyosiy tizimini xalqqa yaqinlashtirish, siyosiy adolatsizliklarning oldini olish.
Ijtimoiy demokratiya - bugungi davr demokratiyani islohotlar jarayoniga aylantirish.
Irqchilik – odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlik, bosqinchilik, zo‘ravonlik va urushlarni kishilarning turli irqlariga mansubligi bilan oqlashga xizmat qiluvchi g‘ayrimilliy ta’limot. Irqchilar insonlarning ijtimoiy mohiyatini ularning biologik – irqiy (ko‘zi, sochi va terisining rangi, bosh va yuz tuzilishi kabi tashqi, ikkinchi darajali jismoniy) belgilar bilan bog‘lab, ularni oliy va quyi, bekamu-ko‘st va noraso irqlarga ajratadilar.
Aqidaparastlik – muayyan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni, boshqa sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llashga urinish. Bu atama faqat salbiy ma’noda qo‘llanib, muayyan olim yoxud oqim tomonidan bayon etilgan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy ravishda kengaytirishga urinishni anglatadi.
Fanatizm – Biron g‘oyaga, shaxsga uning mazmunini, mohiyatini chuqur anglamasdan johillarga ishonish va unga ergashishdir va u hayotda turli sohalarda uchraydi.
Manqurt – «Manqurt» o‘z eli, tarixi, qon-qarindoshini, hatto o‘zi tuqqan onasini ham unutgan, o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydigan kishilar va xalqlarning majoziy obrazi. U xalqlarning manqurtlarga aylanishida bosh aybdor davlat va mafkuraga to‘la bo‘ysundirilgan jamiyatdir degan xulosaga keladi. Masalan, Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romanida «Manqurt» afsonasidagi shaxs obrazi.
Tafakkur – (arab. – fikrlash, aqliy bilish) – predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlaydigan, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlarni aks etadigan bilishning ratsional bosqichi.
Vatan tuyg‘usi – Vatan tuyg‘usi bo‘lgan kishidagina vatanparvarlik jo‘sh uradi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: «Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug‘iladi. Ya’ni, inson o‘zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg‘usini ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qanchalik chuqur bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo‘ladi».
Do'stlaringiz bilan baham: |