Elektron ta'lim resurslari
-
“Халқ сўзи” газетаси –www info XS. Uz.
-
“Туркистон” газетаси - www turk iston sarkor. uz.
-
“Маърифат” журнали - www ma’rifat - inform.
-
“Жамият ва бошқарув” журнали - www rzult academy fre enet uz .
-
“Мозийдан садо” журнали - www moziy dostlink. Net
-
www. Ziyo net.uz.
TA`LIM TEXNOLOGIYASI
“Milliy g`oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani bo`yicha ta`lim texnologiyalari ma`ruza va amaliy mashg`ulotlarni texnologiyalashtirish qoidalari asosida ishlab chiqildi.
Mazkur kitob kirish, ta`lim texnologiyasining kontseptual asoslari, ma`ruza, amaliy mashg`ulotlarda o`qitish texnologiyalari qismlaridan iborat.
Kontseptual asoslar qismida “Milliy istiqlol g`oyasi” o`quv fanining dolzarbligi va o`qitish strukturasi, kursning mazmuni, o`quv fani bo`yicha ma`ruza, amaliy va tajriba mashg`ulotlarda o`qitish texnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari yoritib berilgan. So`ngra loyihalashtirilgan ta`lim texnologiyasi keltirilgan:
- Ma`ruza mashg`ulotlarida: kirish, tematik, ko`rgazmali ma`ruza, ma`ruza-konferentsiya, muammoli ma`ruza.
- Amaliy mashg`ulotlar o`rgatuvchi o`yinlar va olingan bilimlarni iqtisodiy masalalarga qo`llash, kengaytirish, chuqurlashtirish va mustaqil ishlashni rivojlantirishga asoslangan.
Keltirilgan ta`lim texnologiyasi “Milliy g`oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani o`qitiladigan barcha oliy o`quv yurtlari, malaka oshirish kurslarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o`qituvchi tomonidan qo`llanilishi mumkin.
Muallif mazkur ta`lim texnologiyasini yaratishda Sobirova Dildor Aripovna tomonidan ishlab chikilgan «Informatika va axborot texnologiyalari» nomli o`quv-uslubiy majmuasidan foydalandi.
“Milliy g`oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining dolzarbligi va o`qitish strukturasi
Mustaqillik yillarida to`plangan tajriba va ijtimoiy hayot rivoji aslida inson, jamiyat g`oya va mafkurasiz yashay olmasligini ko`rsatdi. Zotan, odamzot o`zining ruhi va shuuridagi ko`pdan-ko`p savollarga javob bo`ladigan, uni doimiy faoliyatiga undab turadigan hayotbaxsh g`oyaga hamisha ehtiyoj sezib yashaydi. Chunki tabiatda, jamiyatda bo`shliq bo`lmagani kabi inson qalbi va ongida ham bo`shliq bo`lmaydi. Jamiyat hayotida sog`lom g`oya ustivor bo`lib turmasa, odamlarning qalbi va ongini yot, zararli g`oyalar egallab, halqning turmush tarzini izdan chiqaradi. Har qanday fanning muayyan bilimlar tizimi sifatidagi o`ziga xos mavzulari, tushunchalari, qonun va kategoriyalari bo`ladi. Biz o`rganishga kirishayotgan “Milliy g`oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani ham bundan mustasno emas. Uning ham o`z predmeti, qonun va kategoriyalari, maqsad va vazifalari bor. Milliy istiqlol g`oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini talabalar ongiga eng ta`sirchan yo`llar va samarali usullar bilan singdirish muhim vazifa hisoblanadi.
“Milliy g`oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani bo`yicha mashg`ulotlar qo`yidagicha taqsimlangan:
Umumiy soat VII semestrda 60 soat, 16 soat ma`ruza, 18 soat amaliy mashg`uloti va 26 soat mustaqil ta`limga ajratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |