O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-avgust,
666-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formalarining shakllari
1 — 6-sinflar uchun
T.r
|
Kiyimlar
|
Rangi
|
Mato tarkibi
|
Izoh
|
1.
|
Ko‘ylak
|
oq
|
100% paxta
|
Oddiy klassik bichimda tikilgan, yengi kalta variantda ham tikiladi.
|
2.
|
Nimcha
|
ko‘k, ko‘k katak
|
65% paxta,
35% poliester
|
O‘g‘il bolalar nimchasining old tarafida ko‘k katak matodan foydalanilgan, qiz bolalar nimchasining yonida yolg‘on cho‘ntak tikilgan.
|
3.
|
Shim
|
ko‘k
|
65% paxta,
35% poliester
|
Shimning old qismida stryelka va ikki yonida cho‘ntaklari bor. Shim kiyib yurilganida oyoqning to‘pig‘i yopiq holatda bo‘lishi ta’minlanishi shart.
|
4.
|
Yubka
|
ko‘k katak
|
65% paxta,
35% poliester
|
Trapetsiya shaklida tikilgan va yon qismida to‘rtta yig‘ma mavjud. Yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini to‘liq yopishi va tizzadan pastga ko‘pi bilan 8 santimetrgacha uzaytirilishi mumkin.
|
5.
|
Yengil kurtka
|
ko‘k
|
65% paxta,
35% poliester
|
Erkin bichimda tikilgan, yoqa va manjet qismida rezina material va ikki yonida cho‘ntaklari bor.
|
7 — 11-sinflar uchun
T.r
|
Kiyimlar
|
Rangi
|
Mato tarkibi
|
Izoh
|
1.
|
Ko‘ylak
|
oq
|
70% paxta,
30% poliester
|
Klassik uslubda tikilgan, yengi uzun
va kalta variantlarda tikiladi.
|
2.
|
Nimcha
|
to‘q ko‘k
|
45% paxta,
55% poliester
|
O‘g‘il bolalarning nimchasida ikki qator tugma va qizlarnikida bir qator tugma mavjud.
|
3.
|
Shim
|
to‘q ko‘k
|
45% paxta,
55% poliester
|
Shimning old qismida stryelka va ikki yonida cho‘ntaklari bor.Shim kiyib yurilganda oyoqning to‘pig‘i yopiq holatda bo‘lishi ta’minlanishi shart.
|
4.
|
Yubka
|
to‘q ko‘k
|
45% paxta,
55% poliester
|
Tizzadan yuqori bo‘lmagan, klassik uslubda tikilgan.Yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini to‘liq yopishi va tizzadan pastga ko‘pi bilan 12 santimetrgacha uzaytirilishi mumkin.
|
5.
|
Pidjak
|
to‘q ko‘k
|
45% paxta,
55% poliester
|
Klassik uslubda tikilgan, relyef vitochkalari va cho‘ntaklari mavjud.
|
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb yuritiladi) o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini (keyingi o‘rinlarda — maktab formasi) joriy etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun majburiy hisoblanadi.
Mazkur Nizom talablari ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari va maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktablari va maktab-internatlari uchun tatbiq etilmaydi.
3. Maktab formasining matosi o‘quvchilarning yoshiga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga to‘liq javob berishi shart.
2-bob. Ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etishning maqsad va vazifalari
4. Maktab formasini joriy etishning maqsadi o‘quvchilarning bilimli, odob-axloqli, sog‘lom fikrli, har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib yetishishiga ko‘maklashish, o‘zaro tenglik va belgilangan tartib-qoidalarga itoatkorlik hissini uyg‘otish, ularning salomatliklarini muhofaza qilish uchun shart-sharoit yaratish, o‘quvchilar o‘rtasida cog‘lom raqobat muhitini yuzaga keltirishdan iborat.
5. Quyidagilar maktab formasini joriy etishning vazifalari hisoblanadi:
ta’lim muassasalarida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berishga ko‘maklashish;
o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro ijtimoiy tenglik tamoyillarini qaror toptirish;
ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga to‘liq rioya etishlarini tartibga solish;
o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga yot bo‘lgan “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga ko‘maklashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |