Davlat tuzumi



Download 0,83 Mb.
Sana29.01.2022
Hajmi0,83 Mb.
#418373
Bog'liq
REFERAT - AVSTRALIYA


AVSTRALIYA
Davlat tuzumi
A.— Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibiga kiruvchi federal davlat. A.ning amaldagi Konstitutsiyasi 1901 y.da qabul qilingan. Davlat tuzilishi shakli jihatidan — federatsiya. Davlat boshlig‘i — Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), general-gubernator uning vakili hisoblanadi. Konun chiqaruvchi hokimiyat ikki palata-li (vakillar palatasi va senat) federal parlament. Vakillar palatasi (quyi pa-lata) 3 yil muddatga, senat (yuqori palata) deputatlari har bir shtatdan 6 yil muddat-105ga saylanadi. Senat tarkibining yarmi har 3 yilda yangilanadi. General-guberna-tor va bosh vazir boshchilik qiladigan hukumat ijroiya hokimiyatni amalga oshiradi. A. ning har bir shtati o‘z kon-stitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega; shtatlarning huquqlari cheklangan.Tabiati — q. Avstraliya (materik), Tasmaniya oroli. Oʻ
Aholisi
A. hozirgi aholisining aso-siy qismi — Britaniya o.laridan ko‘chib kelganlarning avlodlari — inglizlar, irlandlar, shotlandlar bo‘lib, ular av-straliyaliklar millatini tashkil eta-di (q. Avstraliyaliklar). Tub joy aholi va duragaylar A. aholisining 1,5% ni tashkil etadi; ukrainlar, italyanlar, nemislar, greklar, gollandlar va boshqa ham yashaydi. Bir necha yuz o‘zbek bor. Ras-miy tili — ingliz tili. Aholining o‘rtacha zichligi — 1 km² ga salkam 2 kishi. Aholining 80% ga yaqini materik-ning sharqiy va jan.-sharqiy sohilida istiqomat qiladi; aholining — 2/3 qismi yirik shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert.
Tarixi
18-asrgacha A. aborigenlari ib-tidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib mate-rikka golland dengiz sayyohlari V. Yans-zon (1606) va A. Ya. Tasman (1642) kelgan-lar. Yangi qit’ani o‘rganish uchun Angliya bir necha ekspeditsiya, jumladan J. Kuk rahbarligidagi ekspeditsiyani yubordi (1770). 1788 y.da A. Angliya hududi deb e’lon qilindi.19-asrning 20-y.laridan boshlab A.da qo‘ychilik rivojlandi, 30-y.larda dast-labki sanoat korxonalari paydo bo‘ldi. 19-asrning 2-yarmidagi "oltin talvasasi" (1851—61) munosabati bilan ko‘chib keluv-chilar ancha ko‘paydi. Angliya hukumati A. dagi mustamlakalarda boshlangan keng xalq harakati (oltin izlovchilar-ning 1854 y.dagi Evrika qo‘zg‘oloni va boshqa isyonlar) tazyiqi ostida 1855 y.da ular-ning ko‘pchiligiga o‘zini o‘zi boshqarish xuquqini berishga majbur bo‘ldi. 1901 y. A. dagi mustamlakalar 6 shtatdan ibo-rat federatsiyaga — A. Ittifoqiga bir-lashtirildi va u dominion maqomini oddi. 1906 y.da unga Britaniyaning Pa-pua mustamlakasi (Yangi Gvineya o.ning jan.-sharqiy qismi), 1-jahon urushidan keyin esa (bu urushda A. qo‘shinlari Bri-taniya armiyasi tarkibida jang qildi) Germaniyaning sobiq Yangi Gvineya mu-stamlakasi (Yangi Gvineya o.ning shim.-sharqiy qismi) va Nauru o. (Millatlar Ittifoqi mandati ostidagi hudud sifa-tida) berildi. 2-jahon urushi vaqtida A. gitlerchilarga qarshi koalitsiya tarafida harakat qildi. 1945 y.dan A.— BMT a’-zosi. Urushdan keyin A. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibida qolgan holda mustaqil davlatga aylandi. Urushdan keyin deyarli doimo hokimiyat tepasida burjua partiyalari — libe-ral va agrar (1975 y.dan milliy agrar) partiyalari koalitsiyasi bo‘ldi. Faqat 1949 y.gacha, 1972-75 y.larda va 1983 y.da hukumatni leyboristlar tuzdi. Bu par-tiya tashki va ichki siyosatda mustaqil yo‘ldan borish uchun bir qancha tadbir-larni amalga oshirdi. A. hukumati Na-uru (1968) va Papua Yangi Gvineya (1975)ga mustaqillik berishga majbur bo‘ldi. 1991 y.da A. bilan O‘zR o‘rtasida diploma-tiya munosabatlari o‘rnatilgan. Milliy bayrami — A. kuni (26 yanvar).
Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari
A. milliy partiyasi, 1916 y.da tash-kil etilgan; A. liberal partiyasi, 1944 y.da tuzilgan; A. leyboristlar partiyasi, 1891 y.da tashkil etilgan; A. demokrat-lari partiyasi, 1977 y.da tashkil etilgan. A. kasaba uyushmalari kengashi 1927 y.da tuzilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushma-lari konfederatsiyasiga kiradi.
Xoʻjaligi
A.— yuksak darajada rivojlangan industrial agrar mamla-kat. Iqtisodiyotda yirik monopoliya-lar hukmron, xorijiy sarmoya, asosan AQSH va Buyuk Britaniya sarmoyasi katta mavqega ega. A. temir ruda, boksit, rutil, qo‘rg‘oshin, jun, shakarqamish mahsuloti eksport qilish sohasida yetakchi o‘rinda, 106ko‘mir, rux, mis, marganes, bug‘doy, go‘sht eksport qilishda oldingi o‘rinlardan birida turadi.
Sanoati
A. sanoati yalpi milliy mahsulotning 30% ni beradi. Uning aso-siy tarmoqlari: konchilik, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat. Asosiy energetika resurslari — kumir va tabiiy gaz. Issiklik elektr stansiyalari elektr energiyaning 80% ga yaqinini hosil qilib beradi. 1994—95 y. 155 mlrd. kVt-s elektr energiyasi hosil qilingan. Eng katta temir ruda havzasi — G‘arbiy A.dagi Pilbara koni, rangli metall rudalari, asosan Broken-Xill (Yangi Jan. Uels) va Maunt-Ayza (Kvin-slend), boksitlar Ueypa koni (Kvin-slend) va Gov (Shim. hudud)dan qazib olinadi. 1994—95 y. Ill mln. tonna temir rudasi, 202 mln. tonna toshko‘mir, 32,9 mln. tonna neft, 20,7 mlrd. kub-metr tabiiy gaz, 256 t oltin qazib olingan. Sanoatda mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, neft kimyosi (oltin-gugurt kislo-tasi, mineral o‘g‘itlar) va neftni qayta ishlash tarmoqlari ustunlik qiladi. 1994—95 y. 6,2 mln. t po‘lat, 237 ming t mis, 211 ming t qalay, 1,2 mln. t alyu-miniy va 360 min-gga yaqin avtomobil ishlab chiqarilgan. Oziq-ovqat sanoati ko‘proq eksportga (go‘sht, un, qand-shakar, sariyog‘-pishloq, pivo, vino) moslangan. To‘qimachilik, tikuvchilik, poyabzal korxonalari bor. Asosiy sanoat markaz-lari: Sidney, Melburn, Brisben, Ade-laida, Pert. Vullogong — Port-Kembla, Nyukasl, Jilong , Kuinana port-sanoat majmualari shakllangan.
Qishloq xoʻjaligi
A — yirik yer ega-ligi mamlakati. Foydalaniladigan yer-larning 80% dan ortig‘i yirik yer egalari qo‘lida. Fermalar sertovarligi, mexani-zatsiyalashuvi va ixtisoslashuvi bilan ajra-lib turadi. Avstraliya (davlat) mahsuloti qiymatining 60% dan ko‘prog‘ini chorvachilik beradi. Qo‘ylar 174 mln., qoramol — 24,1 mln. boshni tashkil etadi. Qo‘ychilikning asosiy r-nlari — jan.-sharqiy va jan.-g‘arbiy sohil; sut yetishtiruvchi r-n jan.-sharqiy sohil, go‘sht yetishtiruvchi r-n mamlakat sharqi va shimoli. Salkam 15 mln. gektarga ekin ekiladi, shundan 1,5 mln. gektari sug‘oriladi. Asosiy ekin-lar — bug‘doy (hosili yiliga o‘rtacha 14,3 mln. t) va shakarqamish, shuning-dek arpa, suli, supurgi, jo‘xori, sholi, makkajo‘xori, kartoshka, paxta, tama-ki, uzum, mevali daraxtlar. Bir yilda o‘rtacha 3,7 mln. t. shakar xom ashyosi, 3,7 mln. t. go‘sht, 720 ming t. jun yetishtiradi.
Transporti
1996 y.da avtomobil yo‘llari 900 ming km, jumladan qattiq qoplamali yo‘llar — 420 ming km, temir yoʻl— 40,6 ming km ni tashkil qildi. Asosiy dengiz portlari — Sidney, Melburn, ixtisoslashtirilgan portlar — Port-Xedlend, Dampir (temir ruda jo‘natish). Xalqaro aeroportlari: Sidney, Mel-burn, Pert, Darvin.
Tashqi savdosi
Eksportda q.h. mahsulotining ulushi 30%, mineral xom ashyo 27,8% va tayyor sanoat mahsulotlari 20% ni tashkil etadi. Tayyor iste’mol mollari, asbob-uskunalar, neft chet el-dan keltiriladi. Asosan Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya bilan savdo-sotiq qiladi. Pul birligi — A. dollari.
Tibbiy xizmati
Davlat kasalxona-laridan tashqari tibbiy xizmat aso-san xususiy shifokorlar tomonidan ko‘rsatiladi. Shifokorlar soni 18 ming (721 kishiga 1 shifokor). Shifokorlarni universitetlarning 8 tibbiyot f-ti tayyorlaydi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’-rifiy muassasalari. A. da bolalarga 6 yoshdan 15 yoki 16 yoshgacha (har bir shtatda har xil) majburiy ta’lim beriladi. Tub joy aholining 40% savodsiz. Davlatga va xususiy shaxslarga karashli makta-blar bor. Oliy ta’lim — pulli. A.da 26 universitet, 35 kollej bor. Eng yirik oliy o‘quv yurtlari: Sidney, Adelaida, Melburn universitetlari, Adelaida, Melburn texnika in-tlari. Bir qancha akademiyalar, shu jumladan Avstraliya FA, i.t. institut-lari va ilmiy jamiyatlar bor. Eng yirik kutubxonalar: Kanberradagi Milliy ku-tubxona, Sidney universiteti kutubxonasi va boshqa 107Muzeylar: A. muzeyi (Sidney), Viktoriya shtatining Milliy galereyasi (Mel-burn) va boshqa
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi
A. da 70 dan ko‘proq kun-dalik gaz. (10 asosiy gaz.ning tiraji — 5 mln. nusxadan ziyod) va 592 boshqa davriy nashrlar chiqadi. Kundalik "Gerald-san nyus piktorial" ("Xabar-noma — Quyosh", 1990 y.dan), "Sidney morning gerald" ("Sidney tong xabar-nomasi", 1831 y.dan) eng salmoqli gaz. lar hisoblanadi. Asosiy axborot agent-ligi — Ostrelian assoshieyted press (1935 y.da asos solingan). 100 radiost-ya va 85 telemarkaz ishlaydi. "Ey-bisi" va "Ey-bi-es" umummilliy teleradio-eshittirish kompaniyasi mavjud. Radio-eshittirishlar 1923 y., teleko‘rsatuvlar 1956 y.dan yo‘lga qo‘yilgan.
Adabiyoti
A. adabiyoti ingliz ti-lida (aborigenlarning o‘z yozuvi yo‘q). 19-asrning 1-yarmida metropoliya adabi-yoti ta’sirida rivojlandi. Milliy realistik adabiyot 90-y.lardagi ijti-moiy-siyosiy yuksalish muhitida yuzaga keldi. Unga T. Kollinz, X. Louson va boshqa asos soldi. 1-jahon urushi voqealari A. adabiyotining yanada ravnaq topishiga ko‘maklashdi. Bu davr asarlarida jabr-zulm fosh qilindi, aborigenlarning fojiasi aks ettirildi (K. S. Prichard, X. X. Richardson, E. V. Palmer, K. Ten-nant, B. Penton va boshqalarlar). A. Marshall, J. Morrison prozasida, B. Adamson, M. Gilmor poeziyasida jamiyat nuqsonlari tanqid qilindi, milliy mustaqillik g‘oyalari tarannum etildi. Irqiy kamsi-tish adiblarning muhim mavzuidir. Bun-ga F. B. Vikersning "Sarob" (1955), D. Kyuzekning "Quvg‘indagi quyosh" (1955) va "Qora chaqmoq" (1964), G. Keysining "Snoubol" (1958), D. Styuartning "Yen-di" (1959), M. Dyurekning "Uni saqla, ona yurtim" (1955) asarlari va boshqa asar-lar misol bo‘ladi. Dramaturgiyada hozirgi zamon muammolariga murojaat etilgan: A. Terner, S. Lokk-Elliot, K. Dankan, D. Kyuzek, O. Grey, R. Louler, M. Brend pesalari.
Meʼmorligi
A. da me’morlik 18-asr oxirlarida ingliz klassitsizmi va yangi gotikasi ruhida rivojlana boshladi. 19-asrning 2-yarmidan Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida shaharlarida to‘g‘ri bur-chakli ko‘p qavatli uylar qurildi. 20-asrning 20-y.laridan A. me’morligida yangi oqimlar, asosan konstruktivizm yoyi-la boshladi (poytaxt Kanberra, 1913—1927, me’mor U. Griffin). Zamonaviy inshootlar orasida Sidneydagi opera teatri (me’mor G. Zaydler), Melburn-dagi olimpiada stadioni (1956) va boshqa diqqatga sazovor.
Tasviriy sanʼati
A. badiiy mada-niyati ikki ilk asosga ega. Ularning biri aborigenlar san’ati (o‘ymakorlik, bumeranglarga naqsh solish, g‘orlardagi qoya toshlarda inson qiyofasini tasvir-lash), ikkinchisi — yevropacha madaniyat. 18-asrning oxiri — 19-asrning boshlarida A. tabiatining aynan aniq tasviri (K. Martene, A. L. Byuvelot), hajviy grafi-ka (S.T.Xill) paydo bo‘ldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida hayotiy rangtasvir milliy maktabi rivojlandi (rassomlar J. U. Lambert, F. Mak-Kabin, N. Kuni-xon, haykaltarosh P. Dadsuel). 20-asrning 40-y.larida aborigenlarning yangi san’ati vujudga keldi (Namatjir va Pa-rerulya oilalari).
Musiqasi
A. tub joy aholisining musiqiy xalq ijodiyoti oddiy usullar jo‘rligida raqsga tushib, qo‘shiq aytish-dan iborat: cholg‘u asboblari — qayroq, dovul, dijeridu va shahrik. 18-asr oxirla-ridan yevropacha musiqa rasm bo‘la bosh-ladi. 1847 y.da Sidneyda A. Natanning "Avstriya Don Joni" degan birinchi A. operasi sahnalashtirildi. Adelaida, Melburn, Sidney, Brisben, Kanber-ra, Xobartda konservatoriyalar bor. A. musiqa arboblari — kompozitorlardan A. Xill, J. Antil, A. Benjamin, diri-jyor B. Xeynse, skripkachi B. Kimber, xo-nandalar N. Melba, X. Bleyr va boshqa
Teatri
A. da dastlabki spektakllar 18-asrning 80-y.larida ko‘chib kelgan yevro-108paliklar tomonidan qo‘yilgan. 19-asrning 30—40-y.larida Sidney va boshqa shaharlarda doimiy ishlovchi teatrlar barpo etil-di. Milliy teatrning shakllanishida 20-asrning 10—30-y.larida adabiy-teatr birlashmalari ko‘mak berdi, ular aso-san mamlakatda yaratilgan pesalarni sahnalashtirdilar (K. S. Prichard, L. Esson, U. Mur, K. Uotson). A.ning "Odd tout", "Independent tietr" yetakchi mil-liy teatrlari tijorat teatrlariga ("Ti-vali" va boshqalar) qarama-qarshi turadi. Yangi teatrlar deb atalgan yarim professional teatrlar ham ishlab turibdi.
Kinosi
Mamlakatda kino ishlab chiqarish 1900-y.da boshlandi. 70-y.larda A. kinoni rivojlantirish federatsiyasi tuziddi. Hujjatli kino ommalashgan. Melburndagi Davlat ilmiy va sanoat tadqiqotlari tashkiloti ilmiy fil-mlar chiqaradi.
Avstraliya (Avstraliya Hamjamiyati) poytaxti - Canberra shahri. BMT a'zosi.





Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish