Asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari: bug‘doy, tariq, qandlavlagi, arpa. Mamlakat chorvachilik sohasiga XXI asr boshlarida tarqalgan epidemiya sezilarli darajada zarar yetkazdi. Eksporti: sanoat mahsulotlari, yoqilg‘i, kimyo sanoati mahsulotlari, oziq-ovqat. Importi: sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat. 2012-yil YIM miqdori 2097,9 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga — 34,3 ming AQSH doll.) tashkil etgan.
Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, AQSH.
Buyuk Britaniya ilq‘or mamlakatlar qatori rivojlangan transport infrastrukturasiga ega. Yevrotunnelning ochilishi mamlakatning materik bilan aloqasini yanada yaxshiladi. Asosiy portlari: Aberdin, Belfast, Bristol, Kardiff, Duvr, Glazgo, Liverpul, London, Manchester, Plimut, Sautgempton.
Buyuk Britaniya soliqlari
Hozirgi soliq tizimida soliqlar beshta guruhlardan iborat:
Bevosita soliqlar 10%-40% gacha (daromad solig‘i, merosga solinadigan soliq);
bilvosita soliqlar (qo‘shilgan qiymat solig‘i eng yirik daromad manbaidir);
mahalliy soliqlar;
korporatsiyalar daromadiga soliq; kichik biznes uchun – 24 %, korporatsiyalarga -33
% li stavka qo‘llaniladi.
boshqa soliqlar.
Buyuk Britaniya byudjeti daromadlarining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha
bo‘lgan.
Britaniya soliq tizimi
Buyuk Britaniya uchun soliq tushumlari 2019/20-yilda taxminan 633,4 milliard funt sterlingni tashkil etdi, bu o'tgan soliq yiliga nisbatan 2,1 foizga o'sdi.
Buyuk Britaniyaning asosiy soliqlariga daromad solig'i, mulk solig'i, kapital daromadlari, Buyuk Britaniyadagi meros soliqlari va Qo'shilgan qiymat solig'i (QQS) kiradi. Ularning aksariyati progressiv soliqlardir, ya'ni yuqori daromadga ega bo'lganlar yuqori stavka to'laydilar.
Britaniya fiskal tizimi Birlashgan Qirollik bo'ylab amal qiladi: Angliya, Shotlandiya (Shotlandiyaning o'ziga xos huquqiy tizimi tufayli ba'zi o'ziga xos farqlar mavjud bo'lsa-da), Uels, Shimoliy Irlandiya va Britaniya qirg'oqlari atrofidagi ko'plab kichik orollar. Bundan tashqari, u Britaniya hududiy suvlarida neft burg'ulash platformalarini o'z ichiga oladi, lekin, xususan, Kanal orollari va Men orollarini bundan mustasno.
Buyuk Britaniya solig'ining qiziq tomoni shundaki, u turmush o'rtoqlarga alohida shaxs sifatida qaraydi va ularni jismoniy shaxslar sifatida soliqqa tortadi, daromad solig'i uchun kichik imtiyozlar bundan mustasno.
Buyuk Britaniyada soliq to'lashdan oldin sizga milliy sug'urta raqami kerak. Bundan tashqari, malakali ishchi vizasiga (ilgari 2-darajali vizaga) murojaat qilishingiz kerak bo'lishi mumkin. Endi Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etgani sababli, bu Yevropa iqtisodiy hududi (EEA) fuqarolariga ham tegishli. Biroq, 2021-yil 1-yanvargacha Buyuk Britaniyada rezident bo‘lgan EEA fuqarolari Yevropa Ittifoqining bepul hisob-kitob sxemasiga murojaat qilishlari mumkin.
Gulmiram, [01.12.2021 21:38]
Buyuk Britaniyada soliqlarni yig’ish harajatlari soliq tushumlarining 2 foizini tashkil qiladi, bu Shvetsiya yoki Kanadadagidan 2 marta, AQSh dagidan 4 marta ko’pdir. Bunda soliq organlaridagi shtatlar soni AQSh da Buyuk Britaniyadagidan 2 marta kam, soliq to’lovchilar soni esa 4 marta ko’pdir.
Qonunchilikda turli hil qonunbuzarlik, xususan, ma’lum jinoiy harakatlar uchun yolg’on ma’lumot va ko’zbo’yamachilik, ro’yxatdan o’tishning kechiktirilishi, qo’shilgan qiymat solig’ini to’lash maqsadalarida ruhsat qilinmagan hujjatlar chiqarish (ro’yxatga olish muddatidan oldin), soliq majburiyatlarini rasmiylashtirish bilan bog’liq qonunbuzarlik uchun, belgilangan qoidalarni buzganlik uchun, jinoiy va boshqa javobgarlik choralari ko’zda tutiladi. Misol uchun jinoiy hatti- harakatlar uchun ishning holatiga qarab, soliq summasining 3 karrasi miqdorida jarima to’lash shuningdek, 6 oydan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ro’yxatdan o’tishning kechiktirilishi uchun soliq summasining 30% i miqdorida jarima ko’zda tutilgan. qonunga xilof ravishda soliq undirish uchun ham xuddi shunday jarima to’lanadi.
Buyuk Britaniya qonunchiligida, qo’shilgan qiymat solig’i olinadigan shaxslar belgilab qo’yilgan. Bular, asosan tovarlar va xizmatlarni sotuvchi shaxslar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda mamlakatlarda qo’shilgan qiymat solig’ining 3 ta stavkasi amal qilmoqda -0; 8; va 17,5 %. Nol stavka 17 guruhdagi tovar va xizmatlar shu jumladan: oziq-ovqat mahsulotlari; suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari; kitoblar; ko’rlar va nogironlar uchun nafaqalar; uy-joy binolari qurish; yoqilgi va isitish; qo’riqlanadigan binolar; xalqaro xizmatlar; transport, harakalanuvchi-uy va qayiq-uy; oltin; qimmatli qog’ozlar; dori-darmon; eksport; xayriyalar; kiyim-kechak va oyoq kiyimlariga qo’llaniladi. 8 foizlik stavka bo’yicha notijorat korxonalar va tashkilotlarni yoqilg’i va elektr energiya bilan ta’minlash xizmatlari soliqqa tortiladi. Qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinadigan tovarlar va xizmatlar guruhlari ham mavjud. Bularga: er; sug’urta; pochta xizmatlari; o’yin biznesi va lotereyalar; moliya; ta’lim; sog’liqni saqlash; dafn qilish xizmatlari; tred-yunion va professional jamiyatlar musobaqalari; san’at mahsulotlaridir
Buyuk Britaniya byudjeti daromadlarining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha
bo‘lgan.
Shaxsiy daromad solig‘i. Shaxsiy daromad solig‘ini Buyuk Britaniyaning barcha aholisi
to‘laydi, bu soliq 6 apreldan kelgusi yilning 5 apreligacha olingan jami daromaddan
undiriladi. Qonun hujjatlariga muvofiq, soliq to‘lovchilar rezidentlar va norezidentlarga
ajratiladilar. Rezidentlarning daromadlari daromadni olish manbalaridai qat’iy nazar soliqqa
tortiladi. Norezident mazkur mamlakatning hududida olingan daromadlaridangina soliq
to‘laydi.
Buyuk Britaniyada qabul qilingan daromad solig‘ini tashkil etish shakli boshqa
mamlakatlarnikidan birmuncha farq qiladi. U daromadni (maosh, dividendlar, renta va
hokazo) manbaiga qarab, qismlarga (shedullar, grafiklar) ajratishni taklif qiladi. Har bir shedul
alohida tartibda soliqqa tortiladi. Mana shunday alohida – alohida soliqqa tortish «daromadni
manbaning o‘zida soliqqa tortish» maqsadini ko‘zlaydi.
Buyuk Britaniyada oltita shedul (grafik) amal qiladi, shu bilan birga ularning ayrimlari
o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
A-shedulasi - mol-mulkdan keladigan daromad (masalan, ijaraga beriladigan uy (kvartira)
uchun kvartira xaqi);
V -shedulasi - o‘rmon massivlaridan olinadigan daromadlar;
S -shedulasi - davlat obligatsiyalari bo‘yicha olinadigan daromadlar;
D -shedulasi - asosiy grafik bo‘lib, juda ko‘p har xil daromadlarni o‘z ichiga oladi: savdodan yoki biznesdan olinadigan daromadlar, masalan, do‘kon egasining foydasi; professional xizmatlar ko‘rsatish natijasida olingan daromadlar; soliqqa tortilishi kerak bo‘lgan foizlar va alimentlar; chet eldagi qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromadlar; chet eldagi mol-mulkdan olinadigan daromadlar; boshqa daromadlar.
Ye -shedulasi - daromadlari uch guruhga bo‘linadi:
•
turli idoralar va turli lavozimlardan;
•
kompaniyalar to‘laydigan nafaqalardan;
•
ijtimoiy sug‘urtalash vazirligi to‘laydigan va soliqqa tortilishi kerak bo‘lgan
nafaqalardan iborat.
F -shedulasi - Buyuk Britaniya kompaiiyalari to‘laydigan dividendlar va boshqa
to‘lovlar.
Daromad solig‘i
soliqqa tortiladigan, belgilangan chegirma va imtiyozlar chiqarib
tashlangan umumiy yillik daromaddan ushlanadi. Shu bilan birga u ishlab topilgan va
investitsiyaviy daromadga bo‘linadi.
Ish haqidan olinadigan daromad solig‘i
manbaining o‘zida ushlab qolinadi. Shu bilan
birga, faqat ish haqidan keladigan daromad hisobiga yashaydigan yollanma mehnat
kishisining soliq deklaratsiyasini to‘ldirishi zarur bo‘lmay qoladi. Qolgan hollarda daromadlar
qonun bilan belgalab qo‘yilgan muddatlarda soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etiladigan
deklaratsiya asosida soliqqa tortiladi.
Britaniyadagi daromadni soliqqa tortishning hozirgi usuli asosan 1965 va 1973 yillardagi
islohotlar natijasida vujudga kelgan. 1965 yilga qadar daromad soli g‘ini
jismoniy va yuridik
shaxslar tomonidan, shu jumladan korporatsiyalar ham to‘lar edi. Korporatsiyalar oladigan
foydaga alohida soliq joriy etilishi bilan uning amal qilish doirasi qisqarib, fuqarolarning
shaxsiy daromadlari, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanadigan yoki tadbirkorlik shirkatining sherigi sifatida ish olib boradigan
fuqarolarning daromadlaridan iborat bo‘lib qoldi. 1973 yilgi islohotlar natijasida daromadlarni soliqqa tortishga yanada jiddiyroq o‘zgartirishlar kiritildi. Bu islohot natijasida ishlab
topilgan va investitsiyaviy daromadlar yagona stavkalar shkalasi bo‘yicha soliqqa tortiladigan
bo‘ldi. Bu esa, soliq undirish texnikasini soddalashtiribgina qolmay, hozirgi vaqtda chegirmalar
172
va imtiyozlarni hisoblash uchun xizmat qilayotgan shedullar (grafiklarning) vazifasini ham
tubdan o‘zgartirib yubordi.
Imtiyozlar orasida shaxsiy chegirma eng universal va eng muhim imtiyozdir. Daromad
manbaidan qat’iy nazar, hamma soliq to‘lovchilar bu imtiyozni olish huquqiga ega. Shu bilan
birga, qoida tariqasida, oila boshli g‘i soliqqa tortilgan vaqtda hisobga olinadigan
qo‘shimcha oilaviy chegirma ham muhimdir. Shaxsiy va oilaviy chegirmalar miqdori har
qaysi moliyaviy yilda chakana narxlar indeksi o‘sishini hisobga olgan holda o‘z - o‘zidan
qayta ko‘rib chiqiladi.
Daromad solig‘i
miqdorini belgilash uchun quyidagi soliq imtiyozlari chegiriladi:
- shaxsiy chegirma (oilasi borligi yoki yoshiga qarab, 2000 funtdan 5035 funtgacha);
- turli imtiyozlar (masalan, to‘liqsiz oilalar yoki uy xizmatchisining yordamiga
muxtoj bo‘lganlarga);
- xizmat turi tufayli ko‘chib yurishlar bilan bog‘liq bo‘lgan sarf -xarajatlar,
avtomobilga xizmat ko‘rsatish sarf - xarajatlari.
Nafaqalar, milliy sertifikatlar bo‘yicha foizlar, stipendiya va boshqa to‘lovlar soliqqa
tortilmaydi. Daromad solig‘i
yalpi yillik daromadni e’tiborga olgan holda hisoblab chiqiladi.
Soliq to‘g‘risida hisobot berish deklaratsiya topshirish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy sug‘urtalash ehtiyojlariga undirilib, nafaqalar to‘lashga sarflanadigan badallarni
bevosita soliqlar jumlasiga kiritish mumkin. Bu badallar to‘rt toifaning biri bo‘yicha to‘lanadi.
Birinchi (asosiy) toifa jumlasiga yollanma mehnat kishilari va ularning ish beruvchilari
kiradi. Ikkinchi toifaga «o‘z ishi bilan band» deb atalganlar (ya’ni yollash - yollanish
munosabatlariga kirmagan shaxslar) mansubdir. Uchinchi toifada ishlamayotgan fuqarolar
tomonidan yoki dastlabki ikki toifaga kiritilishi mumkin bo‘lmagan fuqarolar tomonidan
badallar ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi. Nihoyat, to‘rtinchi toifani agar daromadi muayyan
summadan ortiq bo‘lsa, ikkinchi toifa bo‘yicha badal to‘laydigan (o‘z ishi bilan band
bo‘lgan) shaxslar tashkil etadi.
Merosdan olinadigan soliq. Buyuk Britaniyada aholidan undiriladigan bevosita
soliqlar orasida merosdan olinadigan soliq ham alohida ahamiyatga ega. Bu soliq meros
olinganidan e’tiboran 7 yil utgach, shu yillar davomida xadya etuvchi hayot bo‘lgan taqdirda,
amal qila boshlaydi. Soliq stavkasi 200 ming funt sterlingdan oshadigan mol - mulk
summasining 40,0%i darajasida belgilanadi. Soliq imtiyozlari va chegirmalari tizimi amal
qiladi, ular 20,0 dan 80,0% gacha bo‘lishi mumkin.
Ko‘chmas mulk solig‘i. Buyuk Britaniyada mahalliy byudjetlarga keladigan tushumlar
manbai bo‘lgan mahalliy soliqlar ham bor. Bo‘lar asosan yuridik va jismoniy shaxslarning
ko‘chmas mulkiga solinadigan soliqlardir. Renta to‘lovlari soliq asosi bo‘ladi. U
ko‘chmas mulk egalari yoki uni ijaraga oluvchilardan undiriladi.Ushbu soliqni
to‘lovchilari jumlasiga uy - joyni ijaraga oluvchilar va kvartira haqi to‘lovchilari kiradi.
Ko‘chmas mulk qiymati odatda 10 yilda bir marta baholanadi va ushbu mulkni ijaraga
berishdan tahmin qilingan yillik daromad summasidan iborat bo‘ladi. Soliqqa tortish
stavkasi munitsipalitet tomonidan moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojga qarab belgilanadi.
Shu sababli stavka Buyuk Britaniyaning grafliklari va shaharlari bo‘yicha sezilarli darajada
farqlanadi.
25– jadnal
Ko‘chmas mulk solig‘i stavkalari
Ko‘chmas mulk qiymati,
funt.sterling.
Stavka, %
1-125000 gacha
0
125001-250000
1
250001 - 500001
3
500001 dan yuqori
4
173
1990 yil aprelida Angliyada va Uelsda (shundan bir yil avval esa Shotlandiyada) jon
boshidan soliq undirishga utildi. Bu soliq 18 yoshga yetgan deyarli barcha fuqarolarni
qamrab oldi. U mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qat’iy summada mustaqil belgilangan
va ularni harajat qilish darajasi bilan bevosita bog‘liq edi. Biroq, tajriba muvaffaqiyatsiz bo‘lib
chiqdi va 1993 yil aprel oyida jon boshidan olinadigan soliq o‘rniga yangi munitsipal
soliq belgilandi. Bu soliq mol-mulkning bozor qiymatiga hamda har qaysi oiladagi katta yoshli
a’zolar soniga bog‘liq qilib qo‘yilib, qator oilalar toifasiga chegirmalar berildi. Mol-mulk
sakkizta baholash toifalaridan biri bo‘yicha tasniflanadi va tabaqalashtirilgan stavkalar
bo‘yicha soliqqa tortiladi.
Munitsipalitet mahalliy ehtiyojlar uchun boshqa soliqlarni ham belgilashi mumkin.
Mahalliy soliqilar ro‘yxati turli grafliklarda bir –biridan g‘oyat
farqanadi.
Byudjet daromad qismining asosiy manbai, umumdavlat soliqardir, Grafliklar va
shaharlarning byudjetlariga umumdavlat soliqlardan ajratmalar 70,0dan 90,0% gacha boradi.
Daromad solig'ini kim to'laydi? Aholining 56 foizi daromad solig'ini to'laydi. Ushbu 31 million kishidan 300 000 kishi daromad solig'ining 27 foizini to'laydi. Eng yuqori daromad oluvchilarning 1% Buyuk Britaniyaning barcha daromad solig'ining deyarli uchdan bir qismini to'laydi.
Bojxona to'lovi
Tovarlarning turi va qiymati Bojxona to'lovi
135 funt sterling yoki undan kam qiymatdagi aktsizsiz tovarlar To'lovsiz.
135 funt sterlingdan yuqori va 630 funt sterlinggacha bo'lgan sovg'alar 2,5%, lekin ba'zi tovarlar uchun narxlar pastroq - ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling.
630 funt sterlingdan yuqori sovg'alar va 135 funt sterlingdan yuqori boshqa tovarlar Narx tovar turiga va ular qayerdan kelganiga bog'liq - ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling
Ayni paytda aksiz solig'i 12,36% miqdorida undiriladi, ammo u mahsulot turiga qarab o'zgaradi. GST, boshqa tomondan, mahsulot turiga qarab 0%, 5%, 12%, 18% va 28% standart stavkalariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |