Ariza
Ammo lizing oluvchi tomonidan shartnoma majburiyatlari lo
zim darajada bajarilmasdan kelmoqda.
Javobgarga yuborilgan talabnomalar oqibatsiz qoldirilgan.
Shunga ko‘ra, 2018-yil 10-mart holatiga «___________ »
XKning «_______________ » MCHJ oldida (2018-yil
yanvar
oyidan 2018-yil mart oyigacha 3 oylik davr uchun) jami 21 400
000 so‘m qarzdorligi mavjud.
Shartnomaning 3.3-bobi, «Ь» bandiga ko‘ra, majburiyatlar
lozim darajada bajarilmaganda, lizingga
beruvchi lizing obyekti
summasining 2/3 qismi to‘langunga qadar, shartnomani muddati
dan oldin bekor qilishni hamda lizing obyektini qaytarishni talab
qilish huquqiga ega.
Ushbu qarzdorlikni to‘lash hamda shartnomani muddatidan
oldin bekor qilishni va lizing obyektini qaytarish yuzasidan yubo
rilgan talabnomalar oqibatsiz qoldirilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 236-modda-
siga ko‘ra, majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun
hujjatlari
talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar bo‘lmaganida esa
- ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo‘yiladigan boshqa talab
larga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak.
0 ‘zbekiston Respublikasi «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar
faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi Qonu-
nining 25-moddasiga ko‘ra, tovarlami yetkazib berish
muddatlari
kechiktirib yuborilgan, to‘liq yetkazib berilmagan, ishlar baja
rilmagan yoki xizmatlar ko‘rsatilmagan
hollarda, tovar yetkazib
beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechik-
tirilgan har bir kun uchun majburiyat
bajarilmagan qismining
0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umu
miy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar
yoki ko‘rsatilmagan xizmatlar bahosining 50
foizidan oshib ket-
masligi lozim. Penyani to‘lash shartnoma majburiyatlarini buz-
gan tarafni tovarlami yetkazib berish muddatlarini kechiktirib
yuborish, to‘liq
yetkazib bermaslik, ishlami bajarmaslik yoki
xizmatlami ko‘rsatmaslik oqibatida yetkazilgan zarami qoplash-
dan ozod etmaydi.
Shunga ko‘ra, asosiy qarz, ya’ni 21 400 000 so‘mning
0,5%= 107 000 so‘m bo‘ladi. Mazkur summani kechiktirilgan kun-
ga, ya’ni 90 kunga ko‘paytirsak, 90x107 000=19 260 000 so‘mni
195
Ma ’lumot-axborot hujjatlari
tashkil etadi. Demak, bunda 21 400 000 so‘mning 50%ni penya
sifatida hisoblaymiz. 21 400 000/50%= 10 700 000 so‘m penya
bo‘ladi.
Yuqoridagilarga asosan, qarzdor «_________________ » XK
creditor «__________________» MCHJga 21 400 000 so‘m aso
siy qarz, 10 700 000 so‘m penya to‘lashi lozim.
Yuqoridagilarga hamda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Li
zing to‘g‘risida»gi Qonuni, 0 ‘zbekiston Respublikasi «Xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatining
shartnomaviy huquqiy bazasi
to‘g‘risida»gi Qonunining 24-moddasiga, 0 ‘zbekiston Respub
likasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 4, 25, 26, 149, 152-mod-
dalariga asosan, suddan quyidagilami:
Do'stlaringiz bilan baham: