Muqaddima
Qarorda hukumat, kooperativ, xo‘jalik idoralari va bosh
qa muassasa, tashkilot va korxonalar jumhuriyatning bo‘list
(волость) ham uyaz (уезд) doiralarida butun yozuv ishlari-
ni faqat o ‘zbek tilidagina yurgizishga majbur etish vazifa-
si qo‘yiladi. Buning uchun korxona, tashkilot va muassasa-
larda «ishlami o ‘zbek tilida yurgizish bo‘lmalari(ni) tashkil
qilmoq», yo'riqnom alar nashr etish, «yerlik xalqdan amaliy
ishchilar (ish yuritish bo‘yicha) tayyorlamoq» va boshqa tash-
kiliy ishlami amalga oshirish lozimligi ko‘rsatib o ‘tilgan. Bu
qaromi joriy qilish yuzasidan, tabiiyki, muayyan ishlar amal
ga oshirilgan, xususan, maxsus ish qog‘ozlari tayyorlangan.
Lekin 30-yillaming 2-yarmidan boshlab o ‘zbek tiliga bo‘lgan
e ’tibor rasman susayib borgan. 0 ‘sha murakkab tarixiy jarayon,
xalqlaming milliy o ‘zliklarini anglashlaridan hokimiyatning
dahshatli qo‘rquvi, bu qo‘rquv esa hukmron qatag‘on davrining
achchiq samarasi ekanligi bugun hech kimga sir emas.
Aytish lozimki, yaqin o ‘tmishimizda barmoq bilan sanarli
miqdordagi hujjatlar o ‘zbek tilida yozilgan. Ammo bu hujjat-
laming tilini sof o ‘zbekcha deb aytish ancha qiyin. Yaqin-
yaqinlargacha «Berildi ushbu spravkani falonchiyevga shul
haqdakim, haqiqatan ham bu o ‘rtoq shul joyda yashab turadi»
qabilidagi 20-yillarda m s tilidan andoza olish tufayli paydo
bo‘lgan, y a’ni shaklan o ‘zbekcha m a’lumotnomalar yozib
kelindi. Rus tilida mazkur matnning asli «Дана настоящая
справка Иванову в том, что товарищ Иванов действительно
проживает по такому-то адресу» tarzida b o iib , bu matn til
nuqtayi nazaridan benihoya tugal, lo‘nda va benuqson. Ammo
o ‘zbek tilida ayni so‘z tartibini saqlashning o ‘ziyoq o ‘zbek
tilining tabiatiga mutlaqo zid. Rus tilidan andoza olish (aytish
kerakki, bunday hoi boshqa tillarda, masalan, tatar tilida ham
kuzatiladi), biron-bir darajada bo‘lsin, o ‘zini oqlay olmaydi.
Umuman, o ‘zbek hujjatchiligining boy va uzoq tarixdagi ilk
bosqichlaridan ibtido olgan an’anasi mavjud bo‘lsa-da, Ok-
tyabr to‘ntarishidan keyin boshqa joylarda bo‘lgani kabi jum -
9
Muqaddima
huriyatim izda hujjatchilik bevosita o ‘zbek tili negizida rivoj-
lantirilmadi. Bu sohadagi asosiy y o ‘nalish nusxa k o ‘chirish-
dan iborat b o ‘lib qoldi.1 A na shuning va boshqa bir qancha
om illar natijasida o ‘zbek tilining rasmiy ish uslubi yaqin tari-
xim izda deyarli takomil topmadi.
0 ‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan bugungi kunda
hujjatchilikning shakllanishi uchun butun imkoniyatlar ochildi.
M uassasa, tashkilot, korxona va birlashmalardagi ishni
ishlab chiqarish taraqqiyotiga muvofiq tashkil etishda, umu-
man, boshqaruv sohasida hujjatlam ing о ‘mi va ahamiyati be-
qiyosdir. Ayni paytda, hujjatlar matnini tuzish boshqamv ap-
parati faoliyatidagi eng sermehnat va sermashaqqat jarayondir.
Bu jarayonning oqilonaligi va samaradorligini oshirmasdan
turib, umum iy boshqam v madaniyatini yuksaltirib bo‘lmay-
di. Jamiyat hayoti barcha jabhalarining jadal rivoji esa bosh
qam v madaniyatining darajasiga bevosita bog‘liq. Shuning
uchun ham zamonaviy rahbar har qanday zam riy axborotni
rasmiy-ish tilining tegishli shakllarida bemalol ifodalay oli-
shi, idoraviy ish yuritish malakalarini puxta egallagan b o iish i
zarur.
Hujjatshunos A.S. Golovach shunday ta ’kidlaydi: «Bosh
qam v sohasidagi kam chiliklam ing asosiy sabablaridan biri
ayni soha xodimlarining k o ‘pchiligida nazariy va amaliy
tayyorgarlikning b o ‘shligidir, ular muassasa, tashkilot va kor-
xonalarda qabul qilingan hujjatlar bilan ishlash y o ‘riqlari,
usullari va yo ‘llari majmuini yetarli darajada bilmaydilar».2
B a’zan hujjatlarga jiddiy munosabatda bo ‘linmaydi, unga
shunchaki bir qog‘ozbozlik, nokerak va ortiqcha bir ish sifati
da qaraladi. Bu, albatta, nomaqbul munosabatdir. M ukammal
va oqilona tashkil etilgan hujjatchilik har qanday idoradagi
1 Shu nuqtayi nazardan K. Gromatovichning O'zbekiston Davlat nashriyotida
1930-yilda rus va o ‘zbek tillarida nashr etilgan «Ish qog‘ozlari namunalari —
Образцы деловых бумаг» nomli qo‘llanmasini ko‘rsatish raumkin. Bu qo‘llanma
rus tilidagi tegishli hujjatlardan to*la nusxa ko'chirish asosida yaratilgan.
2 Qarang: Головач A.C. Оформление документов. Киев - Донецк, 1983, стр. 3.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |