Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/293
Sana18.07.2022
Hajmi10,95 Mb.
#823289
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   293
Bog'liq
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Respublikasi va
Belarus Respublikasi Prezidentlarining
Q O ‘SHMA BAYONOTI
1. 0 ‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi teng 
huquqli va suveren davlatlar sifatida uzoq muddatli sheriklik, 
o‘zaro foyda va bir-birlarining manfaatlarini hisobga olish asosida 
ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirib boradilar.
2. Tomonlar o‘zaro hurmat va ishonch an’analari, xalqlar o‘r- 
tasidagi ko‘p asrlik do‘stlikka asoslangan o‘zbek-belorus aloqalari 
darajasini yanada oshirishga har tomonlama ko‘maklashadilar.
3. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning muhim jihat- 
lari, o‘zaro manfaat kasb etadigan dolzarb xalqaro va mintaqaviy 
masalalar yuzasidan muntazam fikr almashgan va o‘z pozitsiyala- 
rini kelishgan holda muntazam uchrashuvlar, eng awalo, oliy va 
yuqori darajadagi uchrashuvlar mexanizmidan foydalanish hamda 
uni takomillashtirishda davom etadilar.
4. Tomonlar 2030-yilga qadar barqaror rivojlanish sohasida 
Kun tartibini amalga oshirish va Barqaror rivojlanish maqsadlari- 
ga erishish yo‘lida xalqaro sheriklikni mustahkamlash uchun ikki 
tomonlama, mintaqaviy va global formatlarda hamkorlikni davom 
ettiradilar.
5. Tomonlar xalqaro maydonlarda inson huquqlarini ilgari 
surish masalalarida hamkorlikni davom ettiradilar. Birlash- 
gan Millatlar Tashkiloti hamda boshqa universal va mintaqaviy 
xalqaro tashkilotlar doirasida tashabbus va nomzodlami o‘zaro 
qo‘llab-quwatlash amaliyoti mustahkamlanadi.
6. Tomonlar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Shanxay 
hamkorlik tashkiloti doirasida ulaming faoliyatini takomillash- 
tirish va ko‘p tomonlama munosabatlami kengaytirish bo‘yicha 
sa’y-harakatlami amalga oshiradilar.
7. Tomonlar Belarus tomonining tajribasini hisobga olgan hol­
da, 0 ‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi 
istiqbollarini muhokama qildilar.
8. Tomonlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan 
Belarus Respublikasi Milliy kengashi o‘rtasidagi faol muloqotni
394


Xizmat yozishmalari
olqishlaydilar hamda davlatlararo munosabatlaming muhim 
tarkibiy qismi sifatida parlamentlararo hamkorlikning yanada 
rivojlanishi va chuqurlashishiga ishonch bildiradilar.
9. Tomonlar ikki mamlakatni yanada barqaror ijtimoiy-iqti- 
sodiy rivojlantirish maqsadida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy 
hamkorlikni kengaytirishga ustuvor ahamiyat beradilar.
10. Tomonlar o‘zaro manfaatli loyihalami amalga oshirish- 
da muhim mexanizm hisoblanadigan ikki tomonlama hamkorlik 
bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning sermahsul faoli­
yatini qayd etib, uning ishiga tizimli tus berishga kelishib oldilar.
11. Tomonlar o‘zaro savdodagi ijobiy o‘sish sur'atini, savdo 
aylanmasi hajmini kengaytirish va uning barqarorligini ta’minlash 
uchun mavjud salohiyatni mamnuniyat bilan qayd etdilar.
12. Tomonlar innovatsiyalar, axborot-kommunikatsiya tex- 
nologiyalari, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, to‘qimachilik, 
charm va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika sohalarida va iqtisodi- 
yotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiyani yanada kuchaytirish, 
shu jumladan, uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqish muhim- 
ligini ta’kidladilar.
13. Tomonlar oliy darajadagi tashrif doirasida Minskda tashkil 
etilgan « 0 ‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» 0 ‘zbekiston Respub­
likasi mahsulotlarining milliy ko‘rgazmasi hamda 0 ‘zbekiston va 
Belarus mintaqalari forumining o‘tkazilish darajasi va natijalarini 
yuqori baholadilar.
14. Tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar ham­
korlikni mustahkamlashning samarali shakli sifatida to‘g‘ri- 
dan-to‘g‘ri mintaqalararo aloqalami yanada kengaytirishdan o‘za- 
ro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
15. Tomonlar ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida uzoq mud- 
datli sheriklik aloqalarini o‘matishga ko‘maklashadigan Ishbilar- 
monlar qo‘shma kengashi tuzilishini olqishladilar.
16. Tomonlar transport-logistika kommunikatsiyalari so- 
hasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yuk aylanmasini ko‘paytirish 
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ta’minlashga ko‘makla- 
shish niyatida ekanliklarini bildirdilar.
17. Tomonlar xalqaro va mintaqaviy terroristik va 
ekstremistik guruhlaming faolligi oshib borayotganidan, transche- 
garaviy jinoyatchilik, qurol-yarog‘ va giyohvand vositalar bilan
395


Xizmat yozishmalari
noqonuniy muomalada boiish hamda odam savdosining o‘si- 
shidan tashvishda ekanliklarini bildirdilar. Shu munosabat bilan
umumiy, teng va ajralmas xavfsizlik tamoyiliga sodiqliklarini, 
o‘zaro ishonch va hurmat, shuningdek, bir-birlarining manfaat- 
larini hisobga olish asosida yagona xavfsizlik makonini yaratish 
muhimligi tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar.
18. Tomonlar axborot xavfsizligini ta’minlash va kiber- 
jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlikni kengaytirishga 
kelishib oldilar.
19. Tomonlar so‘nggi yillarda ikki mamlakatning harbiy va 
harbiy-texnikaviy sohalardagi amaliy sherikligi, shuningdek, 
huquqni muhofaza qilish idoralari, harbiylashtirilgan tuzilma- 
lar va favqulodda vaziyatlar muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik 
rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.
20. Tomonlar vazirliklar, idoralar, universitetlar va ilmiy tash- 
kilotlar o‘rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlik yanada rivojla- 
nishini va ilg‘or tajriba almashinuvini qo‘llab-quwatlaydilar.
21. Tomonlar yuqori va raqamli texnologiyalar sohasida yaqin 
hamkorlikni chuqurlashtirish hamda ulami, shu jumladan, ikki 
mamlakat innovatsion markazlari va texnoparklari o‘rtasidagi 
hamkorlikni rivojlantirish orqali hayotga tatbiq etish muhimligini 
ta’kidladilar.
22. Tomonlar ikki mamlakat xalqlarining tarixi, madaniyati 
va boy milliy an’analari bilan o‘zaro tanishish maqsadida turizm 
sohasidagi faol almashinuvni rivojlantirishga ko‘maklashadilar.
23. Tomonlar ikki mamlakat xalqlarining ma’naviy va 
madaniy yaqinligini saqlab qolishga har tomonlama ko‘makla- 
shadilar, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni chuqurlashti- 
radilar.
24. Tomonlar 0 ‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Res­
publikasi o‘rtasida ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni 
yanada kengaytirish maqsadida erishilgan kelishuvlaming sa- 
marali amalga oshirilishini ta’minlashga barcha bosqichlarda 
ko‘maklashish niyatida ekanliklarini e’tirof etdilar.
396


Xizmat yozishmalari
2-ilova

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish