Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/293
Sana18.07.2022
Hajmi10,95 Mb.
#823289
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   293
Bog'liq
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Xizmat yozishmalari
o‘zaro aloqasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun 
diplomatik hujjatlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar har bir 
davlatga aloqador an’ana va nomlanishlami aniq bilishi 
talab qilinadi. Davlat rahbarlarining, vazir va boshqa oliy 
mansabdorlaming ismi, otaismi va familiyasi to‘liq, hech 
qanday qisqartirishsiz yozilishi kerak. I.O.F, lavozimlami 
asliga muvofiq yozish hurmat-e’tibor belgisi hisoblanadi. 
Ba’zi mamlakatlarda ismlar juda uzun bo‘lib, unda deyarli 
barcha avlodlami sanab ko‘rsatish kerak bo‘ladi.
Nota yuborayotgan shaxsning nomi va lavozimi to‘liq 
holda bayonotning yuqori chap burchagiga, gerb tasviri 
yoniga yozilishi kerak. Nota yuborilayotgan shaxsning nomi 
va lavozimi pastki chap qismiga yoziladi.
Shaxsiy notalar quyidagi masalalar bo‘yicha yuboriladi:
1) ishonch yorliqlarini topshirish;
2) elchixona, vakolatxonalaming ochilishi munosabati bilan;
3) davlatning tashkil topgan yoki mustaqillik e’ Ion qilingan 
kuni bilan qutlash;
4) milliy bayramlar munosabati bilan qutlash;
5) prezidentlik saylovi yoki referendum munosabati bilan 
qutlash;
6) mamlakatda ro‘y bergan muhim ijtimoiy-siyosiy voqea 
munosabati bilan;
7) mamlakatda yuz bergan tabiiy ofat (ziizila, suv toshqini 
va h.k.) munosabati bilan hamdardlik bildirish;
8) prezident yoki yuqori mansabdor shaxsga aloqador 
musibat munosabati bilan ta’ziya bildirish.
Shaxsiy nota muayyan tarkibiy qismlar va o‘ziga xos 
lisoniy qoliplarga ega bo‘lib, murojaat, asosiy qism va 
xulosaga boiinadi va I shaxs tomonidan yoziladi.
1. 
Murojaat shaxsiy nota yo‘llanayotgan shaxsning o‘sha 
davlatdagi mavqei, lavozimi darajasiga ko‘ra qoilanadi. 
Chunonchi, do‘stona shaxsiy notada murojaatning quyidagi 
shakllari mavjud:
389


Xizmat yozishmalari
«Prezident janobi oliylari»,
«Qirol hazrati oliylari»,
«Qirolicha hazrati oliyalari»,
«Bosh vazir janobi oliylari»,
«Hurmatli janob Vazir»,
«Hurmatli janob Elchi»,
«Hurmatli janob Vakil»
va boshqalar.
Nota rasmiy tusda bo‘lsa yoki ta’ziya izhor etilganda, 
e ’zoz so‘zlari tushirib qoldiriladi va 
«Janob Prezident»,
«Janob Bosh vazir», «Janob Elchi»
tarzida yoziladi. Basharti 
nota muvaqqat ishonchli shaxsga yuborilayotgan bo‘Isa, 
murojaatda 
muvaqqat
so‘zi yozilmaydi.
2. Asosiy qismda hujjat mazmuni yoritiladi. Agar nota 
do‘stona tusda yoziladigan bo‘lsa, bu qism ham hurmat 
ifodalovchi so‘zlar bilan boshlanadi. Chunonchi: 
«Sizga hurmat
bilan shuni m a’lum qilamanki...», «Sizga chuqur hurmat
va ehtiromimni izhor etaman va shuni bildirish sharafiga
muyassarmanki...», «Men Sizjanobi oliylariga o ‘z hurmatimni
izhor etib, shuni bildirish sharafiga muyassarmanki...»
kabi. 
Biroq nota rasmiy tusda yozilganda, e’tiroz yoki ta’ziya 
bildirilganda, hurmat va e’zoz so‘zlarisiz 
«Sizga shuni m a ’him
qilamizki...»
deb, to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy mazmunga o‘tiladi. 
So‘ng asosiy qism quyidagicha beriladi:
«Sizni ...bayrami (kuni) bilan samimiy qutlayman va
mamlakatlarimiz о ‘rtasidagi do ‘stona munosabatlar bundan
keyin ham rivojlanib boradi, deb umid qilaman»; «Sizning
hukumatingiz va ...Respublikasi о ‘rtasida diplomatik aloqalar
о ‘rnatildi va diplomatik vakolatxonalar о *z ishini boshladi»;
«...munosabati bilan chuqur ta ’ziya izhor etaman va qo'li-
mizdan kelgan yordamni ayamasligimizni ma ’lum qilaman»;
«Bizning hukumatimiz ...ni rad qiladi»; «...Respublikasiga
ma ’qul emasligini ma ’lum qilaman»
kabi.
3. Xulosa qismi ham do‘stona yozilgan notalarda hurmatni 
ifodalovchi so‘zlar bilan tugallanadi:
390


Xizmat yozishmalari
«Furscitdan foydalanib, yana bir bor Sizga hurmat va
ehtiromimni izhor etaman»; «Imkoniyatdan foydalanib

Sizga
bo ‘Igan hurmat va ehtiromimni yana bir bor izhor etaman»;
«Mening hurmat va ehtiromimga yana bir bor ishonch bildir-
gaysiz»
kabi.
So‘ng o‘ng tomonga kimdan, chap tomonga esa kimga 
yuborilayotgani yoziladi.
Imzo qo‘yilishdan avval ham hurmat ifodasi yozilishi 
mumkin:
«Eng ezgu tilaklar ila»,
«Kamoli ehtirom ila»,
«Hurmat va ehtirom bilan»,
«Sizga chucjur hurmat bilan»
kabi.
Ve r b a l n o t a - hozirgi vaqtda davlatlararo tashqi aloqa- 
larda eng ko‘p qo‘llanuvchi hujjat bo‘lib, tashqi ishlar vazir- 
liklari, elchixonalaiyvakolatxonalaming asosiy yozishmasidir. 
Verbal nota muayyan mansabdor shaxs nomidan yozilishi va 
keng qamrovliligi bilan shaxsiy notadan farq qiladi. Unda 
hukumatlarga muhim, davlat ahamiyatiga molik masala- 
lar va so‘rovlar yuzasidan ma’lumotlar berish, elchixona va 
vakolatxonalardagi o‘zgarish!ardan xabardor qilish, viza be­
rish yoki uning muddatini cho‘zish, biror mamlakatga tashrif 
yoki yirik anjumanda ishtirok etish uchun taklif yoki ruxsat 
olish, biror joyga delegatsiya jo ‘natish kabi turli masalalar 
yoritilishi mumkin. Verbal nota bevosita shaxslar o ‘rtasida 
emas, balki hukumatlar, vazirliklar, elchixonalar, vakolatxona- 
lar o‘rtasidagi diplomatik yozishma bo‘lganligi uchun unda 
murojaat qismi bo‘lmaydi.
Verbal notaning zaruriy qismlari:
1. Davlat gerbi tasviri tushirilgan maxsus qog‘ozga yozi­
ladi.
2. Qog‘ozning yuqori chap burchagiga nota yo‘llayot- 
gan hukumat, vazirlik, elchixona yoki davlat mahkan isining
to‘liq nomi yoziladi va joriy raqami qo‘yiladi.
3 9 1


Xizmat yozishmalari
3. Matn bevosita asosiy qismdan boshlanadi va III shaxs 
nomidan yoziladi.
4. Matndan so‘ng nota yo‘llovchi davlat poytaxtining 
nomi va sana yoziladi.
5. Pastki chap burchagida nota yo‘llanayotgan mahkama 
va o‘sha davlat poytaxtining nomi ko‘rsatiladi.
6. Nota Tashqi ishlar vazirligi yoki vakolatxonalar muhri 
bilan tasdiqlanadi.
7. Verbal notaga imzo qo‘yilmaydi.
Verbal nota ham do‘stona, iliq munosabatni ifodalaganda, 
hurmat va e’zoz so‘zlari bilan boshlanib, hurmat so‘zlari bilan 
tugallanadi. Aks holda, bunday so‘zlar tushirib qoldiriladi.
Notalar boshqacha shakllarda ham yozilishi mumkin. 
Chunonchi, ba’zi notalarda qayerga yuborilayotganini yuqori- 
ga yozish yoki har ikkovini ham pastki qismga yozish hol- 
lari uchraydi. Shuningdek, ba’zilarida matndan oldin «Verbal 
nota» yoki «Nota» deb yozib qo‘yiladi. Gerb tasviri chekka 
qismda emas, o‘rtada bo‘lishi ham mumkin.

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish