37
Axborot deganda, ma’lum vaqt ichida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa qanday
sodir bo‘lgani yoki topshirilgan ish va topshiriq qay tarzda bajarilgani haqidagi
xabar, ma’lumot beradigan matn tushuniladi.
Turli tashkilotlarda xodimlar ma’lum vazifa va topshiriqni bajarib bo‘lgach
ham axborot yozishadi. Ko‘plab tashkilotlarda esa o‘quv seminarlari, hisobot
yig’ilishlaridan oldin ma’ruza matnlari tayyorlab, so‘ngra uni hammaning oldida
o‘qib berishadi. Ma’ruza ham axborot matniga o‘xshash tarzda yoziladi. Masalan,
tadqiqotchi olim ma’lum davr ichida olib borogan tekshirish va izlanishlari
natijasini umumlashtirib ilmiy ma’ruza sifatida e’lon qiladi. Guruh rahbarlari,
o‘quv yurtlari direktorlari ham ma’ruza qilishadi. Ular o‘z nutqlarida hisobot
davrida bajarilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida ma’lumot
berishadi.
Demak, axbotor va ma’ruza matni o‘z xususiyatlari bilan bir-birga o‘xshash
matnlar hisoblanadi. Ularning farqi shundaki, axborot qisqa va ko‘proq yozma
ko‘rinishda bo‘ladi. Ma’ruza esa atroflicha yoziladi. U ko‘proq o‘qib berishga
mo‘ljallangan bo‘ladi. Axborot va ma’ruza matnlari monologik nutq turlariga
kiradi. Shuning uchun ular dialogik matnlardan farq qiladi.
Leksik-uslubiy xususiyatiga ko‘ra har ikkala matn ham adabiy til
normasiga
amal qilgan holda yoziladi va rasmiy uslubda bo‘ladi. Ma’ruza va axborot matni
tayyorlash uchun avvalo matn haqida ma’lumotga ega bo‘lishimiz kerak bo‘ladi.
Matn deganda, biror-bir muallifga tegishli bo‘lgan yozilgan, ko‘chirilgan
yoki bosilgan asar, ijodiy ish, ilmiy asar, og’zaki nutq, qo‘lyozma, hujjat yoki
ularning bir parchasi tushuniladi. Matn ikki yoki undan ortiq gaplardan iborat
bo‘lishi, ma’lum bir go‘ya va maqsadni yoritishi, grammatik talablarga javob
berish, tugal fikrni ifodalash kabi talablarga javob berishi shart. Ammo har
qanday qo‘lyozmani yoki bir necha gaplardan iborat nutq parchasini ham matn
deyish to‘g’ri emas. Matn bo‘lishi uchun u hajmidan qat’iy nazar, asar yoki uning
parchasi bo‘lishi va mazmunga ega bo‘lishi, ilmiy, badiiy, publitsistik, rasmiy,
so‘zlashuv uslublaridan birining xarakterida bo‘lishi kerak. Matn til nuqtayi
nazaridan eng yirik birlik hisonlanadi.
Matn tuzishdan oldin matn nima maqsadda yozilishini, qanday fikrlar
bildirilishi, bu fikrlarni qaysi dalillar bilan asoslash mumkinligi haqida o‘ylab
ko‘riladi. Eng avval asosiy(bosh) go‘ya belgilab olinadi. So‘ngra shu go‘yani
ochish uchun kerak bo‘ladigan fikr va mulohazalar qog’ozga tushuriladi. Bunda
albatta so‘zlarni zarur ma’nolarda tanlash, gaplarni grammatik jihatdan to‘g’ri
bo‘lishiga e’tibor berish kerak bo`ladi. Masalan, bir haftalik o‘quv faoliyati
yuzasidan axborot yozish kerak. Bu asosiy maqsad hisoblanadi. Endi uni qanday
yozish kerakligini o‘ylab ko‘ramiz. Ya’ni bir hafta davomida o‘zimiz qatnashgan
o‘quv mashg’ulotlar, qo‘shimcha darslar, to‘garak mashg’ulotlari, kitob
mutolaasi, kompyuter orqali o‘zlashtirilgan bilimlar tartib bilan yoziladi. Yozish
jararyonida yozma nutqning asosiy xususiyatlari: to‘g’rilik, aniqlik, mantiqiylik,
tozalik, ta’sirchanlikga amal qilish kerak. Matn uni o‘qiydigan yoki tinglaydigan
kishiga tushunarli bo‘lishi uchun gaplar sodda tuzilishi lozim. Imkon qadar adabiy
tilda ko‘p qo‘llanadigan so‘z va iboralardan foydalanish kerak. Umum norma
38
uchun qabul qilinmagan so‘z va iboralarni iloji boricha ishlatmaslik shart. Matn
qoralamasi qog’ozga tezis ko‘rinishida qayd etiladi.
Bir haftalik o‘quv faoliyati yuzasidan
A X B O R O T
O‘tgan bir hafta davomida o‘quv faoliyatimni dars jadvali va shaxsiy rejam
asosida olib bordim. Haftada 36 soat dars yuklamasini to‘liq bajardim. Ayniqsa,
umumta’lim fanlaridan ona tili va adabiyoti, kimyo, biologiya, tarix,
matematikadan “a’lo” va “yaxshi” baholar oldim. Ingliz tili va mutaxassislikka
kirish
fanlaridan
past
o‘zlashtirayotganligim uchun o‘qituvchilarimdan
qo‘shimcha dars oldim. Kollej kutubxonasiga a’zo bo‘lib, u yerda dars
tayyorladim. Natijada esa mazkur fanlardan ham ijobiy baholar olishga erishdim.
Shuningdek, 17 soat mustaqil ish topshiriqlarini ham ado etdim. “Nutq madaniyati
va davlat tilida ish yuritish” fanidan mustaqil ravishda bir haftalik o‘quv
faoliyatim bo‘yicha axborot tayyorladim.
Shunday qilib haftani qoniqarli yakunladim. Kelgusi haftada o‘quv
faoliyatimni bundan ham yashiroq tugallashga harakat qilaman.
Axborot yozuvchi
Hamshiralik ishi bo‘limi
151- guruh o‘quvchisi: A. Ibragimov.
2010 yil 23- aprel
Ma’ruza matni biror masala yuzasidan ko`pchilik oldida so`zlash yoki
yuqori tashkilotga berish maqsadida yoziladigan rasmiy ma’lumot hisoblanadi. U
axborotdan keng qamrovliligi, ostida katta mas’uliyat yotishi bilan farq qiladi.
Ma’ruza yuzasidan xohlovchilar o`z fikr-mulohazalarini bildiradilar. Axborot esa
muhokama qilinmaydi. U ma’lumot uchun qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: