Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Telegramma haqida ma’lumot bering.
2.
Telegramma turlarini sanang
3.
Telegrammaning til xususiyatini ayting.
4.
Faksogramma va uning o‘ziga xos tomonlarini bilasizmi?
5.
Mustaqil ish: shaxsiy telegramma matni tayyorlang.
6.
Rasmiy telegrammaning shaxsiy telegrammadan farqini toping.
25- MAVZU: SHAXSIY HUJJAT TURLARI VA ULARNING ZARURIY
QISMLARI
REJA:
1. Xodimlarning faoliyatiga doir hujjatlar haqida ma’lumot.
2. Shaxsiy hujjat turlari bilan tanishish.
3. Shaxsiy hujjatning tarkibiy qismi.
4. So‘rovnoma to‘ldirish.
Tayanch so‘z va iboralar:
mehnat kodeksi,
buyruq, shaxsiy hujjat, mehnat
daftarchasi, ariza, tarjimai hol, so‘rovnoma, shaxsiy varaqa, tavsifnoma,
ma’lumotnoma, diplom, shaxsni tasdiqlovchi hujjat, savol-javob usuli, tayyor
qolip, mehnat faoliyati, xodimlarni po‘yxatga olish varaqasi.
Xodimlar haqidagi hujjatlar xodim to‘g’risida batafsil ma’lumot beruvchi
hujjatlar to‘plamidan iborat. Bunday to‘plamlar shaxsiy hujjatlar deyilib,
tashkilot faoliyatini o‘rganishda asosiy manba hisoblanadi. Shaxsiy hujjatlar
xodim ishga yoki o‘qishga qabul qilish to‘g’risida murojaat qilib ariza bergan
yoki shartnoma imzolagan kundan boshlab uch kun ichida tashkillanishi kerak.
Shaxsiy hujjatlar tashilotning xodimlar bo‘limida saqlanadi. Ulardagi ma’lumotlar
sir tutiladi. Ular bilan tanishishga tashkilot rahbari, kadrlar bo‘limi boshlig’I va
kasaba uyushmasi raisi hamda maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan kishilargagina
ruxsat etiladi. Boshqa hollarda umuman mumkin emas. Bunday choralar
xodimlarning va tashkilot faoliyatining xafvsizligi nuqtai nazaridan qilinadi.
91
Shaxsiy hujjatlar to‘plami(yig’majild) xodimni ishga qabul qilish
to‘g’risidagi buyruqdan boshlab, pasportidan nusxa, harbiy guvohnomasi, tarjimai
hol, tavsiyanoma, shaxsiy varaqa yoki so‘rovnoma, ma’lumoti haqidagi
hujjat(attestat, diplom, guvohnoma), mehnat daftarchasi, yashash joyidan
ma’lumotnoma, fotosurat, malaka oshirganligi haqidagi hujjat, davlat mukofotlari
olganligi haqidagi farmon kabi rasmiy hujjatlardan iborat bo‘ladi. Shuningdek,
agar xodim ishga yo‘llanma yoki maxsus taklifnoma bilan kelgan bo‘lsa, mazkur
hujjatlarning namunasi, ilmiy ishlar va kashfiyotlar ro‘yxati, xodimning ishiga
doir siyosiy-ijtimoiy taftish xulosasi kabi hujjatlar ham qo‘shilishi mumkin. Agar
keyinchalik xodimning familiyasi, oilaviy sharoiti(uylangan bo‘lsa,), yashash
manzili, ma’lumoti (o‘rta bo‘lsa, oily ma’lumot olgan bo‘lishi mumkin.) kabilar
o‘zgargan bo‘lsa, shaxsiy hujjatlarning tegishli joyiga qo‘shimchalar kiritiladi.
Shaxsiy hujjatlarning deyarli barchasi asosan xodimning shaxsiy
ma’lumotlari bilan boshlanadi. Masalan: familiyasi, ismi, otasining ismi, tu`gilgan
yili, millati, ma’lumoti, mutaxassisligi, yashash joyi, oilaviy holati, partiyaviyligi,
sudlangan yoki sudlanmaganligi va h.k. Lekin, hujjatning turiga qarab keyingi
sahifalarda asosiy masala yoritiladi. Fikrimiz isboti uchun mehnat daftarchasini
olaylik. Shaxsiy hujjatlaring bu turi ishxonalarda maxsus ajratilgan joyda
saqlanadi. U mehnat kodeksiga binoan yuritiladi. Uning birinchi sahifasi
quyidagicha to‘ldiriladi:
MEHNAT DAVTARCHASI
Familiyasi _____Boboev________________________________________
Ismi ___________________Zulfiya____________________________
Otasining ismi______________________Nurmatovna________________
Tug’ilgan vaqti________________ 1968.09.07_____________________
(yil, oy, kun, )
Ma’lumoti _______________o‘rta maxsus_______________________
(to‘liqsiz o‘rta, o‘rta maxsus, to‘liqsiz oily, )
Kasbi, mutaxassisligi____________hisobchi______________________
To‘ldirilgan vaqti______1986 yil 25-avgust_______________________
Daftarcha egasining imzosi__________________________
Muhr o‘rni
Mehnat daftarchasini berish uchun
mas’ul shaxsning imzosi_________
Ishi to‘g‘risidagi ma’lumot
Yoz
uv
nomer
i
vaqt
Ishga tayinlanganligi, boshqa ishga o‘tkanligi, ishni
to‘xtatganligi sabablari to‘g’risida ma’lumot
Yozuv nimaga
asosalanib yozil
di(hujjat, uning
yozilgan vaqti va
nomeri)
kun Oy
yil
92
1
2
3
4
5
6
1
Ishga kirgunga qadar yengil sanoat kolleji (1983-1986
yillari)da o‘qigan
78906 raqam
li dimlom
2
23
08 1986 Farg’ona ip-yigiruv fabrikasi hisobxonasiga kichik hisobchi
qilib ishga qabul qilindi.
1986
yil.
23.08dagi 34-
buyruq
3
5
02 1996 Bosh hisobchi lavozimiga o‘tkazilsin
34-raqamli
buyruq. 1996
yil. 5.02.
4
6
09 2008 Viloyat “Farg`onapillayigiruv” boshqarmasiga bosh hisobchi
lavozimiga o`tkazildi.
1201-raqamli
buyruq. 2008
yil. 6.09
Mehnat daftarchasining qolgan qismi shu tariqa to‘ldirib boriladi. Lekin
uning kirish qismi boshqa shaxsiy hujjatlar bilan deyarli bir xil bo‘ladi. Qolgan
qismlari ham so`rovnomaning “mehnat faoliyati”, “davlat mukofotlari”
bo`limlariga o`xshaydi. Ammo vazifa nuqtai nazaridan boshqa-boshqa hujjatlar
hisoblanadi.
Mehnat daftachasida shuningdek “Mukofotlar to‘g’risidagi ma’lumotlar”
bo‘limi bo‘ladi. Ularga tegishli farmon asosida davlat orden va medallari berilgan
chog’da, faxriy unvon va boshqa davlat mukofotlari berilganda qayd etiladi.
Hukumat va Oliy Yig’ilish qarori, vazirliklar buyruqlari bilan berilgan faxriy
yorliqlar haqidagi ma’lumotlar yoziladi.
“Rag’batlanirish to‘g’risidagi ma’lumotlar” bo‘limiga ichki mehnat tartib
qoidalari va nizomda ko‘zda tutilgan ishlarni yaxshi bajarganligi uchun
tashakkurnoma, qimmatbaho sovga’lar haqidagi belgilar yoziladi. “Nafaqa
tayinlash to‘g’rida ma’lumotlar” bo‘limida esa xodimga nahafaqa tayinlash
haqidagi buyruq ko‘chirmasi, sanasi ko‘rsatilgan holda yoziladi.
Xodim ishdan bo‘shatilganda, muayyan tashkilotda ishlagan vaqtida
mehnat daftarchasiga kiritilgan barcha yozuvlar rahbar yoki uning maxsus
vakolatiga ega bo‘lgan shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi va muhr bosiladi. Mehnat
shartnomasi bekor qilingan kuni ma’muriyat(ish beruvchi) xodimga uning mehnat
daftarchasini va mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning
nusxasini berishi shart. Bu Mehnat kodeksida qayd etilgan. Agar xodim ishga
birinchi bora kirayotgan bo‘lsa, Mehnat kodeksiga binoan mehnat daftarchasi ish
joyidan beriladi. Mehnat daftarchasi bir xodimga bir umrga bitta yuritiladi.
Agarda u yo‘qolgan bo‘lsa, uning o‘rniga dublikat(nusxa) beriladi. Bir xodimga
ikkita mehnat daftarchasi to‘ldirish qonunbuzarlik hisonlanadi.
Shaxsiy hujjat tarkibiga kiruvchi yana bir muhim hujjat “Kadrlarni hisobga
oluvchi shaxsiy varaqa” yoki So‘rovnoma hisoblanadi. Unda xodimning shaxsiy
ma’lumotlari(familiyasi, ismi, otasining ismi, tug`ilgan yili va joyi, millati,
ma’lumoti, mutaxassisligi, yashash joyi va b.), mehnat faoliyati, chet elda bo‘lishi
va uning sabablari, saylov organlaridagi ishtiroki, oilaviy holati haqidagi
ma’lumotlar kiritiladi.
93
Shaxsiy varaqa yoki so‘rovnomani xodim ishga kirayotganda o‘z qo‘li
bilan to‘ldiradi. Har bir savolga to‘liq va aniq javob berilishi lozim; javobda
qisqartmalar qo‘llashga ruxsat etilmaydi; aniq – ravshan, bo‘yamasdan, tuzatishlar
kiritmasdan yozilashi kerak. Unadgi yozuvlar va ma’lumotlar xodimning pasporti,
dimlomi, mehnat daftarchasi kabi hujjatlarga to‘la mos kelishi kerak. Shuning
uchun shaxsiy varaqa to‘ldirilayotgan xodim o‘zi bilan pasport, harbiy billet,
mehnat daftarchasi, dipmlom, shahodatnoma, ilmiy darajasi haqidagi hujjat,
ixtirochilik patenti kabi hujjatlarni olib kelishi lozim. Ko‘plab xodimlar aynan
shaxsiy varaqa to‘ldirishda bir oz xatoliklarga va tushunmovchiliklarga duch
kelishadilar shuning uchun uning qanday to‘ldirishni ko‘rib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |