57
Masalan, “qalam” deganda, ongimizda hosil bo‘ladigan tushuncha aslida
shu so‘zning ma’nosidir. Agar u gapning tarkibida kelsa, matnning mazmunini
ochishga xizmat qiladi. Masalan,
Men magazindan qalam sotib oldim. Bu qalam
bilan endi o‘zim yoqtirgan tasvirlarning grafikasini chizaman. Bu menga katta
zavq beradi.
Do‘stlarim orasida o‘z o‘rnimni topishda, turli ko‘rik-tanlovlarda
qatnashib el orasida tanilishimda qo‘l keladi.
Mazkur matnning mazmuni, go‘yasi so‘zlovchining maqsad va orzularini
ifodalab bermoqda. Bu erda qalam so‘zi asosiy fikr ochib beruvchi tayanch so‘z
vazifasini bajarmoqda. Agar qalam so‘zining o‘rniga bitta harf farq qiluvchi
“qadam” so‘zini yozsak, matn mazmuniga putup etadi. Chunki, matnning shakli
o‘zgardi. Ya’ni qalam so‘zidagi sirg’aluvchi, yon undoshi bo’lgan L o‘rniga
jarangli, potrlovchi d tovushini talaffuz qilyapmiz. Bu bilan avval so‘zning shakli
va ma’nosi o‘zgarmoqda, so‘ngra gapning va matnning mazmuni o‘zgarmoqda.
Birgina harf o‘zgarishi bilan matnning mazmuni ham o‘zgarmoqda.
Biz o‘qigan ana shu satrlar matning shakli hisoblanadi. Demak matnning
shakli deganda, mazmunni ifodalash uchun xizmat qiladigan, biz o‘qiy oladigan,
yoza oladigan va tinglaydigan til birliklari tushuniladi.
Matn va shakl bir-biri bilan bog’lik hodisadir. Ular doimo bir-birini taqoza
etadi. Ammo o‘z navbatida boshqa-boshqa hodisalardir. Shakl tashqi ko‘rinish,
moddiyat bo‘lsa, mazmun ruhiyatdir. Matnning shakliy-mazmuniy tuzilishi
she’riyatda yaxshi ko‘rinadi. Chunki, shakl va mazmunning eng yetuk darajadagi
uyg’unligi kishiga
estetik zavq, ma’rifiy ta’lim va tarbiya beradi.
Kecha kerak bo‘lding,
Bolalik chog’im!
Senga qo‘l uzatdim,
Yo‘q,
Etolmadim.
Oshkora g’irromlik qildi
O‘rtog’im,–
Men: bor, o‘ynamayman,
Deb ketaolmadim...
(Erkin Vohidov)
Mazkur she’rning mazmuni ilojsiz kishining armonidir. Shoir uni qisqa va
chuqur ma’noli so‘zlar yordamida yetkazib bermoqda. Vaholangki, mazmun
butun bir romanga ham asos bo‘lishi mumkin. Lekin shoir mazmunni imkon
darajasida kichik shaklga joylay olgan. Bu shoirning iste’dodini anglatadi. Shakl
maksimal darajada qisqargan. Lekin mazmun maksimal darajada kengdir. Bu
she’riy nutqni har qanday davr, har qanday kishi uchun barobar ta’sir
ko‘rsatishini ta’minlaydi. Garchi mazkur she’r 1977-yil yozilgan bo‘lsa-da, u
bugungi kunda ham barchaga birdek ta’sir ko‘rsatadi. Unda shakily va mazmuniy
tuzilish badiiy san’at darajasiga ko‘tarilgan.
Xalq maqollari matn sifatida yuksak daragada ishlangan mazmun va
shaklga ega. Shuning uchun ular o‘lmas, barcha zamonlarda ham qadrlidir. Misol
uchun XI asrga tegishli bo‘lgan va “Devonu lug’otit-turk”orqali bizgacha yetib
kelgan maqollarni olaylik:
Qul savi qalmas,
58
Qag’il bag’I yazilmas.
(Keksalarning nasihati bekor ketmaydi, Tolning ho‘l novdasi bog’I
yozilmaydi.).
Ko‘rkluk kishiga so‘z keladi.
(Yaxshi kishiga so‘z–maqtov keladi)
Erik erni yag’lig’, ermagu bashi qanlig’.
(Tirishqoqning labi yog’liq,
dangasaning boshi qonliq.)
Emgak ekinda qolmas.
(Mehnat bekor ketmaydi.)
Uma kelsa, qut kelur.
(Mehmon kelsa, qut kelar.)
Mazkur maqollar o‘z shakli va mazmuniga ko‘ra qisman o‘zgarish bilan
bugungi kunda ham xalq orasida qo‘llaniladi. Chunki, ularda shakl va mazmun
eng yuksak darajada uyg’undir. Umuman olganda, matn shakl va mazmun
jihatdan murakkab jarayon bo‘lib, yozilish va aytilish vaqtida o‘zgarishga
uchrashi, yangi shakl va mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Shakl va mazmun
uyg’unligiga alohida e’tibor berish nutqning namunali bo‘lishi uchun muhim omil
hisoblanadi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Matn haqida ma’lumot bering.
2.
Matnning mazmuni deganda nimani tushunasiz?
3.
Matnning shakli haqida ma’lumot bering.
4.
Matnning mazmuniy va shakliy uyg’unligi deganda nimani anglaymiz.
5.
“Matnning shakily va mazmuniy uyg’unligi –nutq ko‘rki”
mavzusida
kichik hajmli insho yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: