25
madaniyati, axloqi, odobi, maqsadi yuzaga chiqadi. Snuning uchun barcha
davrlarda nutqiy muomalaga alohida e’tibor berilgan.
Hatto, maxsus notiqlik maktablari bo‘lganki, unda notiqlik san’ati bilan
uzviy holda nutqiy muomala o‘rgatilgan. Masalan, Turonzamin xalqlarining
mushtarak yozama yodgorligi hisonlanadigan “Avesto”da ezgu fikr, ezgu so‘z va
ezgu amal haqida alohida boblar mavjud. Ya’ni, ezgu fikr, ezgu so‘z
va ezgu amal
sohibiga zarimaya(lazzatli, xushboy, g’oyat yoqimli, jannat ne’mati) moyi
berilishi uqdiriladi. Shuningdek, qadimgi Shumerlarda, qadimgi Misrda,
Yunonistonda va nihoyat Rimda ana shunday maktablar mavjud bo‘lgan.
Qadimgi Turkistonda “Avesto”dan oldin ham, undan keyin ham barcha
zamonlarda nutqiy muomalaga alohida e’tibor berilgan. Buning uchun har bir
bola chaqaloqligidan boshlab chiroyli so‘zlashga o‘rgatilgan.
Nutqiy muomalaning so‘zlashuv turi faqat og’zaki ko‘rinishda bo‘lib, unda
ko`pincha til vositalaridan erkin foydalaniladi. Til birliklari aytilmoqchi bo‘lgan
fikrga mos holda avtomatik tarzda tanlanadi. Bunda tez-tez til normalari
buzilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ammo so`zlashish jarayonida chiroyli, aniq, lo`nda va
xushaxloqlik bilan so`zlanilsa, nutqiy nuomala go`zallashadi. Suhbatimiz
barchaga manzur bo`ladi.Qadimdan nutqiy muomalaning bu turiga alodida e’tibor
berilgan. Masalan,
Til arslon misli yotar qafasda.
Bexabar boshini u yer nafasda.
…So`zingni tiyib yur, boshing yormasin.
Tilingni tiyib tur, tishing sinmasin.(Yusuf Xos Hojib)
Mutolaa ham nutqiy muomalaning tarkibiy qismi hisoblanib, faqat yozma
nutq namunalari orqali amalga oshiriladi. Demak, bunda adabiy til normalariga
qat’iy amal qilinishi, grammatik talablar buzilmasligi, imlo qoidalariga rioya
qilinishi kerak bo‘ladi.
Nutqiy muomalaning tarkibiy qismi bo‘lgan eshitish jarayoni so‘zlashuv va
mutolaa qilish bilan bog’liqdir. Ya’ni, so‘zlanayotgan yoki mutolaa qilinayotgan
nutq namunasinigina eshitish mumkin. Eshitish malakasi qancha yaxshi
shakllansa, tashqi olam bilan muloqotga kirishish shuncha oson kechadi. Agar
o`qilayotgan yoki so`zlanayotgan nutqqa diqqat qilinmasa, undan hosil bo`ladigan
natija ham salbiy bo`ladi. Har qanday narsani emas, kerakli ma’lumotni eshitish
nutq madaniyatining asosiy qoidalaridandir.
Umuman olganda, nutqiy muomalaning har uchala ko‘rinishi alohida
holda
ham, aralash holda ham kelishi, qo‘llanishi mumkin. Xulosa qilib shuni aytish
mumkinki, nutqiy muomala inson faoliyatining asosiy qismidir.
Nutqiy muomalaning so‘zlashish shaklida asosan dialogdan foydalaniladi.
(Bundan tashqari polilog, monolog shakli ham ishlatiladi.)Dialoglar esa
mazmuniga ko‘ra turli tarzda bo‘lishi mumkin. Masalan, savol-javob, taklif-istak,
fikr-mulohaza, so`rov-rad etish, aralash va hakazo.
Dialogning savol-javob tarzidagi nutqiy nuomalani ko‘rib chiqadigan
bo‘lsak. Bu faoliyatni ham shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin:
I. So‘zlovchi bosqichi. Bu bosqich ham o‘z navbatida bir necha darajalarga
bo‘linadi:
27
Shuningdek, imo-ishora, muhit, xatti-harakatlar ham nutqiy muomalada
katta o`rin tutadi. Nutqiy jarayonda ulardan noo`rin foydalanish madaniyatsizlik,
suhbatdoshni mensimaslik kabi salbiy holat deb qabul qilinadi.
Nutq muomala suhbatning maqsad va kim bilan bo‘lishiga qarab turli nutq
usliblarida bo‘lishi
mumkin. Ko‘pincha, so‘zlashuv uslibining asosiy
xususiyatidan foydalaniladi. Lekin, badiiy, ilmiy, rasmiy, aralash usliblarda ham
tashkillanishi mumkin.
Demak, nutqiy muomalada so‘zlovchi o‘z fikrini qisqa va batafsil ifodalab
tinglovchiga yetkazishi ham o‘ziga xos san’atdir.
Do'stlaringiz bilan baham: