Nutqni yozayotgan muallif vaqt jihatdan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega.
U o‘z nutqni va butun nutqni ham tahlil qilish, matn uchun mos bo’lgan fikrni tanlash xususiyatiga ega.
- yozma nutq og‘zaki nutqdan ravon hisoblanadi.
Adabiy tilda uning har ikkala shakli uchun xos bo’lgan betaraf va uslublararo ifoda vositalari bilan bir qatorda adabiy tilning bir shakli og‘zaki yoki yozma shakli uchun xosdir til unsurlari, vositalari ham bo‘ladi.
Adabiy tilda sintaktik qurilish jihatdan ham ikki shakllar xos xususiyatlarni ko’rish mumkin. Ko’pincha sodda gaplarni, ayniqsa, to’liqsiz gaplarning qisman bog’langan qo’shma gaplarni ishlatish adabiy tilning og‘zaki shakli uchun xos bo‘ladi.
Yozma adabiy tilning sintaktik qurilishi esa o’zining ancha murakkabligi bilan ajralib turadi. Unda ergash gapli qo’shma gaplar kirish so‘z va iboralar murakkab qurilishli sodda gaplar, ajratilgan va uyushiq bo’laklar, murakkab qo’shma gaplar ancha keng ishlatiladi.
Adabiy tilning og‘zaki shakli maruza va suhbatlarda, yozma shakli esa fan, texnika va asarlarida, rasmiy ish hujatlari, nashriyot va matbuot sohalarida ishlatiladi. Lekin bular o’zaro uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ma’ruzalar, har xil chiqishlar o‘z xususiyatlari bilan yozma adabiy tilga yaqin turadi. Shuningdek, yozma adabiy tilda ayniqsa, badiiy asarlarda so’zlashuv nutqiga xos so‘z va iboralar ham qo’llaniladi.
11. Mustaqil ilmiy tadqiqot bo‘lib, dolzarb ilmiy muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qilishga qaratilgan ilmiy matnga xos xususiyatlarni bayon qiling.
Maqola (arab tilidan olingan) — publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo’jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh Maqola, nazariy va targʻibot Maqola, muammoli Maqola keng qoʻllanadi. Bosh Maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan Maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli Maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bunday Maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yulini belgilab berishi lozim.Maqola Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh Maqolada ochib beriladi. Nazariy Maqola va targʻibot Maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy Maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli Maqola munozara va bahsla-shuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlaydi.
Oʻzbekistonda Maqola janri tarixi, asosan, „Turkiston viloyatining gazeti“ bilan bogʻliq. Unda ijtimoiysiyosiy hayotning turli sohalari oʻz ifodasini topgan (Furqat, Ibrat, Hakimxon va boshqalar). Keyinchalik taraqqiyparvar oʻzbek milliy matbuotida Hamza, Ab-dulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻz Maqolalari bilan ishtirok etishgan. Hozirgi ommaviy vositalarida Maqolaning hamma turlarida materiallar berib boriladi.maqola bu dolzarb mavzularni yorituvchi nashrdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |