Assalomu alaykem, hurmatli radio tinglovchilar. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi bilan tabriklayman. Oktyabr oyida butun mamlakatimizda til bayrami keng nishonlamoqda.
Konferensiya, tadbirlar tashkil etilmoqda. O’zim ham Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ish yuritishda davlat tili va yuridik termenologiya: xalqaro va milliy tajriba” konferensiyasida “Davlat tilini rivojlantirishning hududiy masalalari” mavzusida davra suhbatini kuzatib, A.Qodidiy ijod maktabi tomonidan tashkil etilgan Milliy bog’da o’tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdim. Amalga oshirilgan va amalga oshirilishi kerak bo’lgan, kechikayotgan ishlar haqida ko’p fikrlar bildirildi. Bugungi suhbatda davlat tilini o’qitayotgan o’qituvchi sifatida mashg’ulotlarni tashkil etishdagi o’ziga xosliklarga to’xtalib, kimgadir metodik ko’mak berishni niyat qildim. O’rta maxsus ta’lim tizimi- litseyda, bugungi kunda oliy ta’limda davlat tilini o’qitayotgan mutaxassis sifatida shuni aytish mumkinki, o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchi davlat tilini o’qitishda o’zini olib qochishi kuzatiladi. Bu holat o’zimda ham bo’lgan. Chunki o’zbek tili asosiy fani bo’lgan o’quvchiga dars berishda o’zingiz ustingizda jiddiy ishlashingiz, test bilan muntazam shug’ullanishingiz, sportchilar ta’biri bilan aytganda dolimo “formada bo’lishingiz”lozim. Rusiyzabon o’quvchilarga dars бериш jarayoni esa oson, zerikarli, o’zini ahamiyatsizday sezish hissi bo’ladi.
Шу ўринда ўқитувчига, шахсан менга тилга бўлган муҳаббат, ҳурмат, касбга бўлган муносабат “ёрдам берган” Ўн йил лицейда, кейинчалик ОТда дарс бериш жараёнида ёшларни тилга қизиқтириш учун кўп манбаларни ўрганишга, замон билан ҳамнафас бўлишга, ижтимоий тармоқларни мунтазам kuzatishga мажбур бўлдим. Ҳа, мажбур бўлдим. Барча ўқитувчилар аслида шундай бўлиши керак дейсиз. Тўғри, лекин давлат тили ўқитувчиси икки ҳисса кўпроқ.
Davlat tilida dars berishning o’ziga xos jihatlari bor:
Auditoriyada o’zbek tilini yaxshi biladigan, yaxshi tushinib bemalol gapiradiganlar;
Tushinib, gapirishga qiynaladiganlar;
Tushunishga ham qiynaladiganlar bo’ladi;
Tilni yaxshi biladiganlar nigohida siz bizga yangilik bera olmaysiz degan ifoda, tushunmaydiganlar esa baribir eplay olmayman, darsda o’tirsam bo’ldi degan tushuncha bo’ladi. Faoliyatim davomida birinchi mashg’ulotda guruh bilan “shartnoma tuzib”, kelishib olamiz. Odatda ularga bir ilmiy-ma’rifiy film haqida eslataman. Siz ham ko’rgan bo’lsangiz kerak. Filmda hayvonlar bir o’lchamga, odam o’lchoviga keltiriladi va barcha jonzotlar o’rtasida sport olimpiadasi o’tkaziladi. Masalan uzunlikka sakrashda gepart emas chigirtka, o’girlik ko’tarishda fil emas burga go’lib bo’ladi.
Darsimda 1-talab o’z ustida ishlash. Harakat qilish ekanligini uqtirishga harakat qilaman. O’zbek tilini yaxshi biladigan, yaxshi tushinib bemalol gapiradigan talaba loqaydlikka berilib, dangasalik qilsa qoniqarsiz baho olishi mumkinligi, tushunishga ham qiynaladigan talaba yaxshi baho olishi mumkinligini bildiraman.
Rus tilida o’qiyotgan, ko’pchiligi ingliz tilini ham yaxshi biladigan auditoriyani o’zbek tilida gapirtirish, fikrini bayon og’zaki va ifodalash majburiy, zo’rma-zo’raki tarzda, baho uchun emas, o’z shaxsiy kamoli uchun ekanligiga ishontirish, his qildirish muhim. Bunga va’zxonlik bilan erishib bo’lmaydi. Har bir mashg’ulot uchun qo’shimcha o’quv materiali topish, talabaning erkin ijodiy fiklashga, uni ifoda etishga,ularning qarashlariga tolerant bo’lishga harakat qilaman. Qisqasi asosiy e’tibor o’zbek tili darsida ularni fikrlshga va uni ifoda etishga muhit yaratishdir. Buning uchun bir necha usullar qo’llaniladi. Masalan:
Tez-tez qisqa metrajli, ovozli yoki ovozsiz filmlarni birga ko’rib, ularni muhokama qilamiz. Asosiysi filmga yoshlar qiziqishi, hissiyotlariga ta’sir etishi, mushohadaga undaydigan bo’lishi lozim. Film o’zbek tilidami, rus tilidami, ingliz tilidami muhim emas. Muhokama o’zbek tilida bo’ladi. Bunday yol’ tutishga asosiy sabab o’zbek tilida yuqori saviyali film topishga qiyin bo’lganligidir. Yoki o’zbek adabiyotiga oid hikoya o’qish, uning tahlili, insho yozish…
O’zbek she’riyati deganda aksariyat talabalar A.Oripov, E. Vohidov, M.Yusufdan boshqa nomlarni bilishmaydi. Badiiy saviyasi yuqori, falsafiy misralarnini tahlili o’zbek adabiyotiga hurmatni, kitob o’qishga rag’batni shakllantirishga hissa qo’shadi. Masalan,////. Shoir nima demoqchi, she’rdan talaba nimani tuydi so’raladi. Odatdagi, har doimgi usullar. Faqat o’qituvchi samimiy bo’lishi, darsda foydalanayotgan metodni qo’llashda texnikasi yuqori bo’lishi lozim.
Tahlil, muhokamalarfan so’ng talabalarga kimning fikri sen uchun kutilmagan, keng bo’ldi, qaysini to’g’ri hisoblaysan,nima uchun deb ekspert vazifasini o’tash so’raladi. O’sha ekspert nutqining ravonligi, obyektiv munosabat bildirishiga ko’ra baholanadi. O’qtuvchining bahosidan ko’ra kursdoshining bahosi talabaga muhimroq
Shuningdek, darslarda tilimizdagi iboralar ma’nosi sharhlab borilishi odat tusiga kirgan. Masalan, “Tullak” nima degani, “bir bahya qoldi” nima degani, “popugini pasaytirib qo’ydi” iborasining tarixi qanday
Topshiriqlar bajarib bo’lingash mashg’ulotlarda turli o’yinlar, psixologik treniglar o’tkazish mumkin. Masalan, mafiya deb atalgan o’yin. O’zbekcha varianti qopqon. Sharti o’yinda faqat o’zbek tilida gapirish.
Talabalarning qizishib, hayajonlanib ketgan paytda o’zbek tilida gapirishga harakat qilishlari darsda jonli muhit hosil qiladi.
Bu talabalarga o’ziga xos zavqi uyg’otadi.
Xullas, Aniq fanlar bilan shug’ullanadigan talaba uchun o’zbek tili darsi foydali, qiziqarli mashg’ulotga aylanishi uchun har bir darsga izlanish, ularning qiziqish doirasini kuzatish, yangiliklardan ulardan bir qadan oldinda yurish kk bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |