Tempus vulnera sanat – Kasalni vaqt davolaydi.
Medice cura te ipsum – Shifokor o‘z kuchiga ishonsin.
Apparatus respiratorius(i)
1.Cavitas nasi- burunning bo‘shlig‘i 2.Naris, is, f- burun teshigi 3.Cavum oris- og‘izning bo‘shlig‘i 4.Pharynx, yngis, m- halqum 5.Larynx, ngis, m- hiqildoq, tomoq 6.Trachea, ae, f- kekirdak 7.Bronchus, i, m- bronx 8.Bronchialis, e- bronxga oid 9.Diaphragma, atis, n- ko‘krak va qorin o‘rtasidagi to‘siq
10. Costa, ae, f- qovurg‘a 11.Pulmo, onis, m- o‘pka.
10 - DARS 33-§. III-turlanish otlari haqida umumiy ma’lumot
III-turlanishga barcha uchala roddagi qaysiki qaratqich kelishik birlikda –is qo‘shimchasi bilan tugagan otlar kiradi. Bosh kelishik birlikda III-turlanishdagi otlar turli qo‘shimchalarga ega bo‘ladi. III-turlanishdagi otlar teng murakkab va tengmas murakkab bo‘ladi. Teng murakkab so‘zlar deb-bosh va qaratqich kelishikda teng,bir xil bo‘g‘inga ega bo‘lgan so‘zlarga aytiladi.
Nom.sing
|
cos-ta
|
nerv-us
|
au-ris
|
ge-nu
|
Gen.sing
|
cos-tae
|
ner-vi
|
au-ris
|
ge-nus
|
Tengmas murakkab otlar qaratqich kelishik birlikda, bosh kelishik birlikdagi otlarga nisbatan bir bo‘g‘in ko‘p bo‘ladi
Nom.sing
|
mar-go
|
ca-put
|
ra-dix
|
2 bo‘g‘in
|
Gen.sing
|
mar-gi-nis
|
ca-pi-tis
|
ra-di cis
|
3 bo‘g‘in
|
turlanishda ko‘pincha otlarning asosi bosh kelishikning asosiga to‘g‘ri kelmaydi. III turlanishdagi otlarni asosini qaratqich kelishik birlikda –is qo‘shimchasini olib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Nom.sing Gen.sing asosi
phalanx phalang is phalang
caput capit is capit articulatio articulation is articulation
Turlanishda so‘zlarning asosiga kelishik qo‘shimchalari qo‘shiladi.
Barcha III-turlanishli otlar 3 tipga bo‘linadi :undosh, unli, aralash tiplarga.
Undosh tipga o‘zagi bitta undosh bilan tugagan va teng bo‘g‘inga ega bo‘lmagan otlar kiradi. Masalan : pulmo,onis,m ’’ o‘pka’’ , caput,itis,n ’’ bosh’’
Unli tipga Nominativuv singularis da -e, -al, -ar qo‘shimchalari bilan tugagan sredniy roddagi otlar kiradi. Masalan : animal,alis,n ’’hayvon’’, rete,is,n ’’to ‘r’’ Aralash tipga unli va undosh tiplarga xos 2 gruppa otlari kiradi :
Nominativus singularis da -is yoki -es qo‘shimchasini oluvchi teng bo‘g‘inli otlar ,
Asosi 2 undosh bilan tugagan teng bo‘g‘inga ega bo‘lmagan otlar kiradi. Masalan : a) auris, is, f ’’quloq’’ b) cor,cordis, n ’’ yurak’’
§. Mujskoy roddagi III turlanishdagi otlar.
Otlarning rodi bosh kelishikda birlikdagi qo‘shimchasi bilan aniqlanadi. Mujskoy roddagi otlar Nominativus singularis da quyidagi qo‘shimchalar bilan xarakterlanadi:
-o, -or, -os, -er, -es, -ex.
Do'stlaringiz bilan baham: |