Andjon viloyati Andijon shahar
“Davlat Sogliq Inspeksiyasi“ rahbariga
Andijon shahar “Mehnat” MFY ga
qarashli M. To’xtasinov ko’cha
48 – V uyda yashovchi
Usmonova Shohidadan
A R I Z A
Mening ariza yozishimdan maqsadim shuki umr yo’ldoshim Egamberdi Usmonov bir necha yillardan beri uyimizda yakka tadbirkorlik hujjati bilan ish faoliyatini yurgizib kelmoqda. Boburshoh ko’chasida qurilish boshlanib 5 yil davom etdi, shu vaqt davomida biz ko’chada faoliyat ko’rsatdik. Mahallamizga biriktirilgan DSI hodimi Alisher Begishev 2016-2018 yillari uyimizdan soliq uchun pul olib ketib davlatga tushirmagan evaziga bir qancha million summa jarima qog’oz kelib ish sudgacha borgan A. Begishev pulni to’lolmadi. Hali bolam kasal, hali qarindoshim o’lib qoldi, hali oylik vaqtida berilmadi bahonalari bilan. Nihoyat hechkim guvoh emas isbot qila olmaysanlar deya kechib yubordi. Bu holatni “Mehnat” MFY raisi Baxtiyor akaga aytgan edik, bu holat ko’pchilik bilan yuz berganini aytdi va bizga yordam berish uchun Andijon shahar hokimiyatiga murojaat qildi. MFY va Andijon shahar Hokimiyati bizga jarimani davlatga to’laguncha va o’zimizni o’nglagunga qadar yordam sifatida Andijon shahar hokimiyati qoshidagi “Nuroniylar” jamg’armasiga a’zo qilib vaqtincha DSI ga soliq to’lamay “Nuroniylar” jamg’armasiga 200 ming so’m bank orqali to’lab turishimizni aytib, hujjat qilib berdi.
2018 yil avgust oyi oxirida yakka tadbirkorlik hujjati yopilib sentabr oyi boshida “Nuroniylar” hujjati ochildi. DSI hodimlari har 10-20 kunda kelib tekshirib hujjat o’tmaydi deb diqqat qilib, vaqt olib, do’konda mijozlar oldida hijolatga qo’yib, mijozlarimizni qochirdilar.
2019 yil 10 aprelda Mirzayev Avazbek, Abdurahmonov Omadbek va yana bir hodim uyga kelib hujjat o’tmasligi, 1,5 mln so’m birozdan so’ng 1 mln so’m soliq to’lab berishimizni talab qilishdi. Men barcha soliqlarni to’laganimni, soliqdan qarzim yo’qligini aytdim. MFY ham “Nuroniylar” jamg’armasi ham telefon orqali vaziyatni tushuntirdi lekin 1 mln so’m berishimni talab qildi. Bo’lmasa ustaxona asbob uskunalarini olib ketishini aytdi. 500 ming so’m berdik. Yer solig’iga kvitansiya berdi. 2 kundan so’ng DSI ga borsam 3 kishi tekshirib pul davlat hisobiga tushmaganligini aytdi. Bir hodim kvitansiya bizniki, hodim bizniki deb pulni yer solig’i hisobiga tushirib berdi. Lekin 3-4 yillikni majburiy to’laganimga hayron bo’ldi oradan 10 kun o’tib yana boshqa DSI hodimi kelib hujjat o’tmasligini, oilaviy tadbirkorlik ochishimni, chunki 3 ta farzandim otasi bilan birga ishlayotganligini aytdi. Har bir-ikki haftada hozirgi kunda 3-4 kunda bir DSI hodimlari kelib vaqt olib, asab buzib ketayabdi. Bugun oilaviy tadbirkorlik hujjatini ochdik. Soqovlar ko’p qavatli uyi oldida noqonuniy yerga naves bostirma qurib hujjatsiz ishlayotgan Usmanov Husan, Usmanov Yahyo, Usmanov Rustam, Bobur bir necha shogirdlari bilan ishlab kelayabdi. DSI hodimlari ko’z yumib faqat biz bilan ovora.
Virtual qabulxonaga Gulbahor ismli ayol ustaxona shovqini, changi tinchimizni buzayabdi, sog’ligimizga ziyon yetkazayabdi deb yozgan. Bunga nisbatan ham DSI hodimlari bir tomonlama yondashyabdi. Sizda iltimos qonun barcha uchun barobarligini ishchi hodimlarizga tushuntiring, halol ishlasin, bir tomonlama o’yin qilmasin, yana bir iltimosim ustaxonaga qayta qayta tekshiruvha kelmasin. Sababi vaqt, asab va mijozlar oldida shaxsiyatga tegishlari yoqmayabdi. Har oyda o’zim oyma-oy soliqni to’lab nazorat qilib turaman.
Prezidentimiz farmoniga binoan Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov har kun har on tadbirkorlarga keng yo’l ochishi va rivojlantirishga yordam berilishi to’g’risida televideniya orqali so’zlayabdi. Amalda esa ayrim DSI hodimalri halaqit berganlari yetmagandek asab buzib, qonun buzilishiga sabab bo’layabdi.
Oldindan rahmat, iltimos bilan Usmonova Shohida Bekmirzayevna!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |