Davlat boshqaruv shakli.
Davlat jamiyatining siyosiy, ho’jalik va madaniy hayotga rahbarlik qiluvchi davlat organlariga ega. Masalan; O’zbekistonda Oliy davlat hokimiyat organi Oliy Majlis, mahalliy davlat hokimiyat organlari, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlaridir. Siyosiy ijro etuvchi organ- davlat boshlig’i va vazirlar mahkamasining raisi Prezident, mahalliy ijro etuvchi organ- viloyat, tuman va shahar hokimlaridan iborat. O’zbekiston huquqni muhofaza organlari mavjud. Bu organlarning chiqaorgan normativ va huquqiy hujjatlari jamiyatning barcha a'zolari uchun majburiydir.
Davlat huquq va huquqiy normalar qabul qiladi. Bularni bajarish barcha fuqarolar uchun, jamiyatning barcha siyosiy tashkilotlarining a'zolari uchun majburiydir.
Har bir davlat hududida milliy davlat tizilining mavjudligi. Masalan; O’zbeksiston Respublikasida davlat tili o’zbek tilidir. Davlat ishlari, barcha jamiyatning siyosiy tashkilotlarida ishlar davlat tilida olib boriladi.
Jamiyatning siyosiy, tizimi davlat va jamiyatning siyosiy tashkilotlari tuzilishidan iborat, u orqali kishilar, guruhlar, tabaqalarlar va jamoat birlashmalari manfaatlarini mustahkamlaydi. Jamiyatning siyosiy tizimi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy kuchlari kabi ijtimoiy va milliy tuzilishini mustahkamlaydi. Jumladan O’zbekiston Respublikasi hozirgi bozor iqtisodiy siyosatiga o’tish davrida demokratik huquqiy davlat qurar ekan, iqtisodiy, siyosiy, ma'rifiy va huquqiy sohalarda turli islohotlar o’tkazib, davlat oldida to’rgan ichki va tashqi vazifalarni mustahkamlamohda. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat va siyosiy tizimiga bozor iqtisodiyoti bilan bo’g’liq bo’lgan bir qancha davlat organlari paydo bo’ldi. Masalan, Mudofaa va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirliklari, milliy havfsizlik hizmati, davlat soliq va bojhona qo’mitasi, davlat mulkini boshqarish va hususiylashtirish, qimmatbaho metallar, fan va tehnika qo’mitalari, turli kontsernlar, holding, kompaniya va boshqalar tuzildi.
Demak, jamiyat siyosiy tizimining vazifalari quyidagilardan iborat:
1)Jamiyatning siyosiy tizimi – davlat vazifalarini amalga oshirishda xalqning iqtisodiy, siyosiy va ma'rifiy sohalarini yaxshilashga yordam beradi.
2)Davlatning ichki va tashqi funktsiyalarini amalga oshiradi.
3)Jamiyatning siyosiy tizimiga kiruvchi barcha tuzilmalarni davlat, uning organlari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalarini birlashtirib, davlat vazifalarini amalga oshiradi.
4)Jamiyatning siyosiy tizimiga kiruvchi barcha tuzilmalarni davlat, uning organlari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalarini birlashtirib, davlat vazifalarini amalga oshiradi.
Har qanday davlatning mavjudligi - uning moxiyati, mazmuni va shakli (formasi) ning birligida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |