Davlat sanitariya nazorati to‘G‘risida


-modda. Viloyat va Toshkent shahri bosh davlat sanitariya vrachlarining vakolatlari



Download 108,5 Kb.
bet9/11
Sana28.05.2022
Hajmi108,5 Kb.
#612519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-seminar

26-modda. Viloyat va Toshkent shahri bosh davlat sanitariya vrachlarining vakolatlari
Viloyat va Toshkent shahrining bosh davlat sanitariya vrachlari:
o‘z bo‘ysunuvidagi sanitariya-epidemiologiya xizmati idoralari va muassasalariga rahbarlik qiladilar;
xalq xo‘jaligi obyektlarini qurish va qayta qurish loyihalari yuzasidan xulosalar beradilar;
sanitariya-epidemiya jihatidan bexatarlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining qarorlari asosida hamda ularni bajarish yuzasidan hujjatlar chiqaradilar;
(26-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
odamlarning hayoti va salomatligiga xavfli bo‘lgan, aholining yashashi va xo‘jalik faoliyatini yuritish taqiqlanadigan hududlarni belgilaydilar;
viloyat va shahar hududlariga karantin infeksiyalari olib kirish va tarqatishdan sanitariya muhofazasi tadbirlarini amalga oshiradilar;
avariya vaziyatlarini yo‘qotish chog‘ida sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazadilar;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh sanitariya vrachi bilan kelishgan holda shaharlar va nohiyalarning bosh davlat sanitariya vrachlarini tayinlaydilar.
27-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning huquqlari
Davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga ularning vakolatlari doirasida quyidagi huquqlar beriladi:
a) davlat boshqaruvi idoralarida, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalardan, shuningdek alohida shaxslardan yo‘l qo‘yilgan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari buzilishiga barham berishni talab qilish;
b) xalq xo‘jaligi obyektlarini qurish va ularni qayta qurish loyihalarida sanitariya normalariga, qoidalariga va gigiyena normativlariga rioya etilishini nazorat qilish;
v) mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarga va alohida shaxslarga belgilangan tartibda:
aholi punktlarini rejalashtirish va qurish loyihalari, xalq xo‘jaligi obyektlarini joylashtirishning istiqbol rejalari bo‘yicha, shuningdek korxonalar, binolar va inshootlarni qurish, qayta qurish loyihalari bo‘yicha xulosalar berish;
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 39-moddasiga muvofiq loyiha-smeta hujjatlari tegishli sanitariya-epidemiologiya xizmatlari bilan kelishiladi.
qurilish uchun yer uchastkalari berish, ro‘zg‘orda va maishiy maqsadlarda suvdan foydalanadigan joylarni va oqova suvlar tozalanganidan keyin ularni tushirib yuborish shartlarini aniqlash, zaharli, kimyoviy, radioaktiv va boshqa moddalarni qayta ishlash va ko‘mib tashlash masalalari bo‘yicha xulosalar berish;
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-sonli “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish, shuningdek obyektlarni qurishga ruxsatnomalar berish tartibini tubdan soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
g) turar joy binolari hamda madaniy-maishiy binolar, sanoat, qishloq xo‘jalik va boshqa korxonalar, shuningdek inshootlarning amaldagi sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi haqida xulosalar berish;
d) bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan hamda o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan bolalarning o‘quv-mehnat soatlari va taxminiy mashg‘ulot tartibi haqida taqdim etishgan takliflar yuzasidan xulosalar berish;
e) qaysi idoraga bo‘ysunishidan qat’i nazar, ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlarini, boshqa muassasalar va tashkilotlarni maxsus ekspertizalar o‘tkazishga jalb etish va bunga buyurtmachilar hisobidan haq to‘lash;
Oldingi tahrirga qarang.
j) sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari bajarilishini nazorat qilish maqsadida qaysi idoraga qarashli bo‘lishdan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirish;
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.
(27-moddaning “j” bandi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
z) qaysi idoraga qarashli bo‘lishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarning rahbarlaridan va alohida shaxslardan:
sanitariya normalarini, qoidalarini, epidemiyaga qarshi tartibotni muntazam suratda bajarmayotgan va ishlab chiqarishning hamda bajarilayotgan ishlarning xususiyatlarini hisobga olib, yuqumli, parazitar kasalliklarni tarqatish xavfini tug‘diradigan shaxslarni ishdan chetlashtirishni;
atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan yuqumli va parazitar kasallik bilan og‘rigan bemorlarni kasalxonaga yotqizishni;
profilaktika va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishni;
obyektlarning sanitariya holatini aniqlash hamda aholi salomatligining holatini epidemiologiya jihatdan tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va tushuntirishlarni berishni talab qilish huquqiga egadirlar;
i) gigiyena ekspertizalari, laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini, buyumlarni, predmetlar va materiallarni olish, shuningdek bevosita obyektlarning o‘zida, laboratoriyada va asboblar yordamida zarur tekshirishlar o‘tkazish;
k) sanitariya nazoratini amalga oshirishga boshqa idoralarning mutaxassislarini shartnoma asosida, shuningdek jamoatchilik vakillarini jalb etish.
Bosh davlat sanitariya vrachlari va ularning o‘rinbosarlari sanitariya qonunlari buzilgan taqdirda quyidagi huquqlarga ega bo‘ladilar:
yer uchastkasi, uy-joy, jamoat, ishlab chiqarish va boshqa xalq xo‘jaligi obyektlari qurilishiga, ularni qayta qurish, kengaytirishga, yer ajratishga doir, sanitariya normalariga va qoidalariga javob bermaydigan loyihalash haqidagi hujjatlarni va loyihalarni qaytarish;
sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari buzilishiga barham berilgunga qadar amaldagi ishlab chiqarish obyektlarida, madaniy-maishiy binolardan foydalanishni, umumiy ovqatlanish va savdo korxonalarining, ta’lim, davolash-profilaktika hamda sanatoriy-kurort muassasalarining faoliyatini to‘xtatib qo‘yish, uskunalar, asboblar va gidrotexnika inshootlarini ishlatishni taqiqlab qo‘yish;
sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari buzilgan taqdirda aholi punktlari, binolar va inshootlar qurilishini, ularni qayta qurishni hamda mazkur obyektlarda ayrim ish turlarini amalga oshirishni to‘xtatib qo‘yish;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki odamlar hayoti va salomatligi uchun xavfli deb topilgan yangi xomashyo turlarini, kimyoviy moddalarni, texnologiya uskunalarini, jarayonlarini va asboblarini, oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomashyosini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini, biologiya vositalarini, oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarga ishlatiladigan idishlar, plastik, polimer va boshqa materiallarni, ulardan tayyorlangan buyumlarni va boshqa xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarishni, qo‘llashni va sotishni ta’qiqlab qo‘yish;
xo‘jalik va ichimlik suvi bilan ta’minlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularga ishlov berish chog‘ida kimyoviy moddalarni qo‘llashni, odamlar salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatish xavfi tug‘ilgan taqdirda qishloq xo‘jalik ekinlari va hayvonlarning o‘sishini tezlashtiradigan va tartibga soladigan dorilarni, pestitsidlarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini qo‘llashni bu moddalar va materiallarni ishlab chiquvchi ularning xavfli emasligi haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlarni taqdim etgunigacha taqiqlab qo‘yish;
suv iste’mol uchun yaroqsiz deb topilganda undan ichish va xo‘jalik maqsadlarida ishlatishni taqiqlab qo‘yish;
sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzayotgan shaxslarni vaqtincha ishdan chetlashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno.
(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda)

Download 108,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish