Давлат ўрмон фондига кирмайдиган дарахтлар ва буталарнинг қимматбаҳо навларини сақлашга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг


-bob. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlardagi daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish



Download 295,35 Kb.
bet8/24
Sana22.02.2022
Hajmi295,35 Kb.
#99690
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
Qaror.Ayam

3-bob. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlardagi daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish
14. Daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish statistik hisobotlarni tuzishda foydalanish uchun ma’lumotlar olish, ko‘kalamzorlashtirishni rivojlantirish, yangi obyektlarni qurish va mavjud obyektlarda rekonstruksiya ishlarini rejalashtirish, shaharlar va boshqa aholi punktlarida landshaft-arxitektura obyektlarini qayta tiklash, rekonstruksiya qilish va foydalanish, ularning saqlanishi va holati uchun javobgar shaxslarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
15. Xatlov natijasida daraxtlarning soni, turi, holati, yoshi, tanasining diametri, geografik joylashuvi va boshqa parametrlari hisobga olinib, ularning reyestrlari shakllantiriladi.
16. Xatlov har besh yilda bir marta, bahor oylarida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxema asosida o‘tkaziladi. Uni o‘tkazish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatli organlar hisoblanadi.
17. Xatlovni o‘tkazish uchun har bir hududda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qabul qilinadi. Ushbu qarorlarda xatlovni o‘tkazish bo‘yicha Ishchi guruh tarkibi, xatlovlarni o‘tkazish vaqti va natijalarini taqdim etish muddatlari belgilanadi.
Ishchi guruh tarkibi mahalliy davlat hokimiyati, Davlat ekologiya qo‘mitasi, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri, uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish organlari vakillari hamda o‘zlariga tegishli yoki biriktirilgan hududlarda xatlov o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan tashkilotlar vakillaridan iborat bo‘ladi.
18. Ishchi guruh tomonidan shaharlar, tumanlar va boshqa aholi punktlari, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari hamda tabiiy va sun’iy suv havzalarining xaritalari yoki sxemalari asosida xatlov o‘tkaziladigan uchastkalar va ularga mas’ullar belgilanadi.
Ishchi guruh faoliyati Davlat ekologiya qo‘mitasi organlari tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
19. Xatlov ishlari aholi yashash punktlarida, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, tabiiy va sun’iy suv havzalari bo‘ylarida, fermer xo‘jaliklari yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda, zaxira yerlarda hamda tashkilotlar hududlarida olib boriladi.
20. Xatlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:
xatlov o‘tkazishga mas’ul shaxslar tomonidan joyiga chiqqan holda daraxtlarni hisobga olish va ularni jurnalda qayd etish;
qayd etilgan ma’lumotlarni qayta ishlash, umumlashtirish, ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan Daraxtlar xatlovini ro‘yxatga olish daftariga (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxatga olish daftari deb ataladi) kiritish hamda elektron bazani shakllantirish.
21. Xatlov ishlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha metodik qo‘llanma asosida amalga oshiriladi.
22. Yangi (joriy yilda) ekilgan daraxtlar esa ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan subyektlar tomonidan Ro‘yxatga olish kitobiga kiritib boriladi.
23. Xatlov o‘tkazishda yuz yoshdan oshgan daraxtlar aniqlanganda, ularni tabiat yodgorliklari sifatida muhofazaga olish uchun Ro‘yxatga olish daftari bo‘yicha alohida reyestr yuritiladi.
Ushbu daraxtlarni tabiat yodgorligi deb e’lon qilish O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
24. Tabiat yodgorligi deb e’lon qilingan daraxtlarni tashqi ta’sirlardan himoya qilish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari yer egalari bilan birgalikda ushbu daraxtlarning atrofi tanasidan bir metrdan kam bo‘lmagan masofada va balandligi bir metr yigirma santimetr bo‘lgan metall panjara bilan o‘ralishini ta’minlashlari kerak.
Shuningdek, ushbu daraxtlarni ko‘rishga kelgan tashrif buyuruvchilar uchun ma’lumot sifatida davlat tilida, rus va ingliz tillarida daraxtning nomi, uning yoshi, xatlov raqami, joylashgan manzili yozilgan yorliq daraxtga osib qo‘yilishi zarur.
25. Daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish:
shaharlar va tumanlar markazlaridagi ko‘chalarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari;
mahallalar hududlari hamda ko‘p qavatli uylar oralig‘i va atrofi, shu jumladan, ko‘chalarda, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — o‘zlariga biriktirilgan hududlar bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari;
tashkilotlarga tegishli bo‘lgan hududlarda — yer egalari;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida — Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining tashkilotlari;
temir yo‘llar bo‘ylarida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkilotlari;
daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar bo‘ylarida — biriktirilganligi bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati hamda suv xo‘jaligi organlari;
fermer xo‘jaliklari yerlarida va boshqa qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda — yer egalari;
zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
26. Ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan subyektlar tomonidan taqdim etilgan xatlov natijalari tegishli Ishchi guruh tomonidan umumlashtiriladi va uning elektron ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Mazkur ma’lumotlar Ishchi guruh tomonidan 20 kundan kechiktirmasdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha bazani shakllantirish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi organlariga taqdim etiladi.
O‘z navbatida taqdim etilgan ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tomonidan respublikada yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yuboriladi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi respublika bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va o‘zining veb-saytida joylashtiradi.
27. Yagona elektron ma’lumotlar bazasiga o‘zgartirishlar faqat keyingi xatlov natijalari, Davlat ekologiya qo‘mitasi organlari xulosasiga binoan sanitariya maqsadida yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatnomasiga muvofiq qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilishi bilan bog‘liq holda, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan daraxtlarni noqonuniy kesish hamda yangi ekilgan daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida kiritiladi.
28. Yagona elektron ma’lumotlar bazasidan kelajakda qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun daraxtzorlar mavjud uchastkalarda loyihalashtirish, davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish va boshqa ishlarni olib borish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bepul foydalanishlari mumkin.

Download 295,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish