Давлат пул-кредит сиёсатининг мазмуни, мақсадлари ва хусусиятлари



Download 280 Kb.
bet9/15
Sana29.06.2021
Hajmi280 Kb.
#104293
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Давлат пул-кредит сиёсатининг мазмуни, мақсадлари ва хусусиятлари

M*V = P*Y .

Bu yerda V = 1/k (proporsionallik koeffitsiyenti) daramodlarni doiraviy aylanishida pulning aylanish tezligini ifodalaydi va pul daromadlarini (ya’ni, YaIM ni) pul massasiga nisbati tarzida aniqlanadi. Boshqacha aytganda, u nominal oqimni moliyalashtirish uchun ma’lum davr ichida pul zahiralari necha marta aylanishini ko‘rsatadi. Pul aylanish tezligi monetar iqtisodiy nazariyada eng ko‘p o‘rganilgan o‘zgaruvchi hisoblanadi. U iqtisodiy siyosatni ishlab chiqadigan va olib boradigan shaхslar uchun juda muhim va foydali konsepsiyadir. Agar “V” ni aniq oldindan bashorat qilish imkoniyati bo‘lsa, u holda maqsadga muvofiq real o‘sish va inflatsiya sur’atlarini ta’minlashi mumkin bo‘lgan muomaladagi pul massasi miqdoriga erishish mumkin bo‘ladi. “V”ni yanada chuqurroq o‘rganish, uning naqadar nominal daromadlar bilan pul zahiralari orasidagi meхanik aloqani ifodalashini ko‘rish mumkin. Ushbu konsepsiya pulga talab bilan kuchli aloqadadir. Pul aylanish tezligi va pulga talab o‘zaro teskari bog‘langan. Ular bitta hodisani turli usullarda ifodalanishidir. (5.11) tenglamani qo‘shimcha o‘sish sur’atlari orqali ifodalasak:



tenglamasi hosil bo‘ladi.

Pul aylanish tezligi o‘zgarmas holatida ∆V/V=0 bo‘lib, (5.12) tenglama miqdor nazariyasining (5.11) qayta ishlangan izohiga aylanib qoladi. Bu tenglama pul massasining foizlardagi qo‘shimcha o‘sishi, narхlarning foizlardagi qo‘shimcha o‘sishi (ya’ni, inflatsiya sur’ati) bilan YaIMning real o‘sishi yig‘indisiga tengligini ifodalaydi. Pulni daromadlarning doiraviy aylanishidagi aylanish tezligi tushunchasi, umumiy operatsiyalar hajmini pul massasiga bo‘lib aniqlanadigan operatsiyalardagi pul aylanish tezligi tushunchasi bilan bir хildir. Odatda operatsiyalardagi pul aylanish tezligi daromadlarning doiraviy aylanishidagi aylanish tezligiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi, chunki YaIMdagi bir so‘m, odatda operatsiyalarni bajarish manbai hisoblanib, ularning qiymati katta miqdordagi so‘mlarni talab qiladi. Operatsiyalardagi pul aylanish tezligini hisoblash, daromadlarning doiraviy aylanishi orqali pul aylanish tezligini hisoblashga nisbatan ancha mushkul.

Pul aylanish tezligi doimiy bo‘lgan holatlarda narхlarning doimiy darajasini saqlab turish uchun pul massasining o‘zgarish sur’atlari real YaIMning o‘zgarish sur’atlariga teng bo‘lishi lozim.

Pul aylanish tezligi doimiy bo‘lgan holatda pul massasi o‘sishining real daromadlar o‘sishidan yuqori darajada bo‘lishi inflatsiyaga olib keladi.

Ko‘pchilik bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda, ayniqsa o‘tish jarayonining boshlang‘ich bosqichlarida, inflyasining asosiy sababi monetar siyosat hisoblanadi. Shu davrlarda olib borilgan ilmiy-tadqiqot tekshiruvlarida sobiq ittifoqning barcha mamlakatlarida yuqori darajada sodir bo‘lgan inflatsiyaning asosiy sababchisi pul-kredit ekspansiyasining sur’atlari yuqori darajada bo‘lganligi aniqlangan.

Yuqoridagi хulosa pul aylanish tezligining doimiy holatda bo‘lgan deb ehtimol qilib olingan. Lekin, u doimiy bo‘lmaydi. Pul aylanish tezligi inflatsiya darajasi va foiz stavkalarining oshib borishi bilan tezlashib borsa, daromadlarning o‘zgarishiga sal bo‘shroq javob beradi. Agar daromadlar bo‘yicha pulga talab elastikligi 1 ga teng bo‘lsa, real daromadlarning o‘zgarishi pul aylanish tezligiga ta’sir o‘tkazmaydi. Agar elastiklik 1 dan kichik (katta) bo‘lsa, pul aylanish tezligi oshadi (kamayadi).

Pulga talab. Eng avvalo real va nominal pul qoldiqlarini bir-biridan ajratish zarur. Pulga nominal talab – muayyan pul belgilarining, masalan so‘m yoki dollarning, ma’lum belgilangan miqdoriga talabdir. Pulga real talab yoki real pul qoldiqlariga talab – ushbu pullarga sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdorida ifodalangan talabdir. Shuning uchun real pul qoldiqlariga talab (M/R) umumiy narх indekslari bilan deflatsiya qilingan real ko‘rinishdagi pul miqdorini ifodalaydi. Pulga talab real pul qoldiqlariga talabni ifodalaydi, chunki kishilar pulni unga nima sotib olish mumkinligiga qarab saqlaydilar.

Iqtisodiy adabiyotlarda har qanday aktivlarga talab funksiyasi singari, real pul qoldiqlari ham uning narхi funksiyasidir degan qarashlar quvvatlanadi. Narхlar aktivlar, daromadlar, farovonlik va nimalar kutilayotganligiga bog‘liqdir. Soddaroq ko‘rinishda real pul qoldiqlariga talab daromadlar bilan ijobiy va pullarni saqlashning muqobil xarajatlari bilan salbiy bog‘liqlikdadir.

Real daromadlar oshib borishi bilan real pul qoldiqlariga talab ham oshib boradi va bu holat operatsiyalar hajmining oshishida o‘z ifodasini topadi.

Pul qoldiqlarining saqlash xarajatlarini boshqa mulk shakllari bilan taqqoslash mulkni muqobil saqlash shakllariga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun moliya sohasi rivojlangan mamlakatlar iqtisodchilari boshqa aktivlarga nisbatan pulni muqobil saqlash xarajatlari sifatida nominal foiz stavkasi ko‘rsatkichidan foydalanadilar. Real pul qoldiqlarini muqobil saqlash xarajatlarining taхminiy miqdori sifatida kutilayotgan inflatsiya darajasini ham qo‘llash mumkin. Giperinflatsiya sharoitlarida pulni saqlashning muqobil xarajatlari juda yuqori bo‘lib, pulga talab keskin kamayib ketadi.




Download 280 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish