PENSIYA TAMINOTI TIZIMINING IJTIMOIY ADOLATLI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH
RAG’BATLANTIRUVCHI MEXANIZMLARNI JORIY ETISH ,PENSIYA MIQDORI VA XODIMNING MEHNAT HISSASI O’RTASIDAGI O’ZARO BOG’LIQLIKNI AMALGA OSHIRISH
DАVLАT IJTIMOIY SIYOSАTINI АMАLGА
OSHIRISHDА DАVLАT PENSIYA TАMINOTINING ZАRURLIGI VА UNING АHАMIYATI
Maʼlumki, pensiya fuqarolarga davlat yoki boshqa subʼektlar tomonidan qonunda belgilangan hollarda muntazam va, odatda, umrbod toʼlanadigan toʼlovlar boʼlib, ijtimoiy taʼminotning muhim shakli hisoblanadi.Bugun Ona sayyoramizda har soniyada ikki kishi oʼzining oltmish yoshga toʼlganini nishonlamoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) maʼlumotlariga koʼra, asrimiz oʼrtalariga borib Yerda 100 yoshdan oshganlar soni 3,2 million kishiga yetar ekan. Vaholanki, ular 2014 yilda 300 ming kishidan oshmayotgan edi. Аgar 1950 yillarda insonning oʼrtacha umr koʼrishi 47 yil atrofida boʼlgan boʼlsa, 2010 yilda bu raqam 69 yoshga yetdi. 2050 yilda bu koʼrsatkich 76 yoshni, 2100 yilda 85 yoshni tashkil etishi kutilmoqda .Davlat pensiya taʼminotining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatiniharakterlaydigan muhim koʼrsatkich boʼlib u tartibga solish hamdaragʼbatlantirish tamoyillari asosida amal qilib boradi.Bugungi kunda jahon eʼtirof etayotgan taraqqiyotning “Oʼzbekmodeli”ga ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish, xududiyiqtisodiyot, mintaqaviy rivojlanish va mahalliylashtirish dasturlariijrosini taʼminlash orqali yangi ish oʼrinlarini yaratish natijasidaaholining turmush farovonligi oshirish yuzasidan Davlat pensiya taʼminoti uchun moliyaviy resurslar manbalarini shakllantirish borasida keng qoʼlamli ishlar amalgaoshirilmoqda.Istiqlol yillarida pensiya taʼminoti masalalarida ijobiyyutuqlarga erishilganiga qaramasdan, byudjetdan tashqari Pensiyajamgʼarmasi daromadlarini shakllantirish mexanizmlarini zamonaviymoliyaviy siyosat kontseptsiyalari asosida takomillashtirib berish hamjamgʼarma mablagʼlaridan oqilona foydalanish va uni maqsadli sarflashning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy asoslarini ilmiy-amaliytadqiq etishni taqozo etmoqda. Shuningdek, oʼzini amalda toʼla oqlagantaraqqiyot modeliga hamohang ravishda mamlakat pensiya taʼminotitizimining barqarorligini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilishilozim boʼlgan ishlar bugungi kunning dorzarb vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.Bozor iqtisodiyoti sharoiti oʼzining ijobiy tomonlari bilan bir qator ziddiyatli tomonlari ham mavjud boʼlib jumladan, mamlakat
aholisining daromad jihatdan tabaqalashuvi ijtimoiy
nobarqarorlikning vujudga kelishiga sabab boʼladi. Bunda, u esa bir
qator aholi qatlamining kam taʼminlangan turmush kechirish sharoiti
bilan birga yuz beradi. Mazkur ijtimoiy muammolarni yumshatish uchun
har bir mamlakat oʼziga xos tarzda ijtimoiy siyosat oli boradi.Bundaysiyosatning mohiyati shundaki, davlat aniq ishlab chiqilgan va aholining uyoki bu sabablarga koʼra daromad ishlab topish imkoniyatiga ega boʼlmaganqatlamlarini ijtimoiy himoya qilish tizimi bilan qamrab olishgaharakat qiladi. Mamlakatda samarali ijtimoiy taʼminot tiziminingamal qilishi vujudga kelishi mumkin boʼlgan ijtimoiy muammolarnibartaraf qilish imkonini beradi. Rivojlangan mamlakatlarda faoliyatkoʼrsatayotgan ijtimoiy taʼminot tizimi insoniyat taraqqiyotining barchabosqichlarida ijtimoiy muammolarni hal qilishning muhim yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotdagi pensiya tizimi iqtisodiy resurslar erkinharakatiga asoslangan taqsimot munosabatlari mahsuli boʼlib, katta ijtimoiy yukni koʼtaradi. Uning mablagʼlari firmalar, korxonalar, uy xoʼjaliklari va
davlat singari iqtisodiyot subʼektlari daromadlarini qayta taqsimlash
jarayonida shakllanadi.
Ishlovchilarning pensiya jamgʼarmasiga toʼlovlari, iqtisodiy nuqtai
nazardan ular ish haqining bir qismidir. U ishchi kuchining qiymatiga
kiradi, ammo institutsional muayyan kechiktirilgan muhlatda amalga
oshiriladi, bu ishlovchilarning pensiya jamgʼarmasiga qoʼygan va
qaytarilishi lozim boʼlgan oʼziga xos maqsadli ulushi, omonatidir.
Аholini samarali mehnat qilishga undovchi sabablarning yuqori
darajasi bir tomondan pensiya miqdorining tegishli yashash minimumiga
nisbati, pensiya toʼlovlarining xarid imkoniyatiga bogʼliq boʼlsa, ikkinchi
tomondan ishlovchining malaka darajasi, ishlagan davrlari mobaynidagi
mehnat faoliyatining intensivligi darajasiga bogʼliqdir. Pensiya miqdorining mehnat faoliyati mobaynida olinadigan ish haqi miqdori
bilan bevosita bogʼliqligi samaraliroq mehnatga ragʼbatlantirish
imkonini beradi.
Jamgʼarish har doim ham muntazam investitsiyaga aylanmaydi. Ushbu
holatda uy xoʼjaliklarini nazarda tutish lozim. ammo amaliyot
koʼrsatishicha, bank mablagʼlari har doimo xam real kapitalga aylana
olmaydi. Muayyan sharoitlarda ular moliyaviy, spekulyativ, harakatchan
kapital shaklida boʼlishi kuzatilmoqda. Hukumatning muayyan monetar siyosati
tufayli pul qadrsizlanishi va sobiq yollanma ishlovchining oʼzini takror
ishlab chiqaruvchanlik funktsiyasini yoʼqotishi mumkin.
Kishilarning subьektiv sifatlari hayotdagi turli ekstremal
holatlar taʼsirini ham inobatga olishi lozim va ularning shaxsiy
jamgʼarmalarini yetarli darajada boʼlmasligiga taʼsir koʼrsatadi.
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan markazlashtirilgan
jamgʼarish yoki ishlovchilarining ish haqining bir qismini badal
koʼrinishida pensionerlar foydasiga undirish pensiya toʼlovlari
manbaining ishonchli asosini taʼminlaydi. Pensiya taʼminoti tizimi oldida quyidagi muhim maqsadlar
turadi:
* keksalik davrida kambagʼallikdan himoyalash;
* mehnat faoliyati tugashi bilan pensiyaga chiqish oldidan
toʼlanadigan ish haqi miqdoriga proportsional tarzda belgilangan muayyan
miqdordagi kafolotlangan daromadni taʼminlash;
* bu daromadni kelajakda turmush darajasining pasayishidan
himoyalash.
Pensiya tizimini moliyaviy taʼminlash usullari:
- jamgʼarma tarkibi,
- xususiy, kasbiy tizimlar va davlatning roli,
- taʼminot badallari va pensiya toʼlovlarining oʼzaro aloqasi pensiya
tizimini amal qilishining samaradorlik darajasini belgilovchi muhim
jihatlar hisoblanadi.
Pensiya tizimiga taʼminot badallarini qayta taqsimlashning
davlat mexanizmi yordami bilan individualllashtirilgan schetlardan
foydalangan holda moliyaviy taʼminlash, pensiya tizimini tashkil
etishning oʼziga hosligi, belgilangan yagona badallarni hisobga olgan.
holda, pensiya miqdorini belgilash kabilar xosdir. Qarilik boʼyicha pensiya olish uchun muayyan taʼminot stajiga ega
boʼlish va qonunda koʼrsatilgan pensiya yoshiga erishish zarur. Taʼminot
staji deganda pensiya taʼminoti jamgʼarmasiga badal toʼlovlari toʼlangan
davr tushuniladi. Taʼminot stajiga qonun boʼyicha ishsizlik boʼyicha
nafaqa toʼlovlari davri kiritiladi.
Аholini ijtimoiy taʼminotlash ijtimoiy yordamning quyidagi
turlari bilan taʼminlanadi:
• pensiyalar;
• nafaqalar;
• imtiyozlar va xizmatlar;
• bir yoʼla beriladigan moddiy yordam.
Quyidagilar ijtimoiy taʼminot obʼektlari hisoblanadi:
• pensiya yoshiga yetganlar;
• nogironlar;
• boquvchisini yoʼqotganlar;
• kam taʼminlangan oilalar;
• ishsizlar;
• homilador ayollar va yosh bolalarga qarash bilan band boʼlgan
ishlamayotgan ayollar;
• kasallik tufayli vaqtincha ishlamayotganlar;
• oʼquvchi yoshlar;
• mehnatga layoqatsizlarga qarash bilan band boʼlgan ishlamayotgan
mehnatga layoqatli fuqarolar.
Ijtimoiy taʼminotning profilaktika oldini olish vazifasi -
mehnat jarayonida xodimning salomatligini va mehnat qobiliyatini
muhofazalash imkonini beradigan turkum tashkiliy-texnikaviy, tibbiy
tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Iqtisodiy vazifasi - mehnat qilish qobiliyatini vaqtincha yoki
doimiy yoʼqotish (kasallik, baxtsiz hodisa, keksalik tufayli) yoki
boquvchisini yoʼqotganlik (xodimning oila aʼzolari uchun) munosabati
bilan yoʼqotilgan ish haqi yoki daromadning oʼrnini toʼldirishdan,
shuningdek, davolanish va nogironlik munosabati bilan qilinadigan
qoʼshimcha xarajatlarni qoplashdan iboratdir.Ijtimoiy reabilitatsiya
(qayta tiklash) vazifasi yoʼqolgan salomatlikni va mehnat qilish
qobiliyatini qayta tiklash maqsadida xodimlarni tibbiy, kasbiy va
ijtimoiy reabilitatsiyalash boʼyicha turkum chora-tadbirlarni amalga
oshirishni nazarda tutadi.
Siyosiy vazifasi - jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni muhofazalash
va saqlash boʼyicha Konstitutsiyada va qonunlarda kafolatlab qoʼyilgan
ijtimoiy va huquqiy normalarni taʼminlash maqsadida samarali
ijtimoiy taʼminot institutlari va mexanizmlari barpo etilishi hamda
qoʼllabquvvatlanishini taʼminlashi kerak.
Ijtimoiy taʼminotning «iqtisodiyot inson uchun» tarzida boʼlishi
lozim boʼlgan zamonaviy iqtisodiyotga oʼtish uchun shunday samarali tizim
zarurki, u har bir kishining mehnat salohiyatidan uning ijtimoiy-
iqtisodiy maqomi, qaysi ijtimoiy-iqtisodiy guruhga mansubligidan
qatьi nazar, undan foydalanish imkonini beradi.
inson salohiyatidan samarali foydalanishga hamda «ertangi kunga ishonch»
boʼlishiga erishish mumkin. Bunday muhofaza taʼminlanmas ekan, qayta
tayyorlash, yangilikni oʼzlashtirish, ijodiy ishlash qobiliyatiga ega boʼlish
kerak boʼlgan malakali ishchi kuchidan foydalanishning imkoni boʼlmaydi.
Boshqacha aytganda, samarali ijtimoiy taʼminot tizimining mavjudligi
malakali xodim mehnatiga asoslanadigan zamonaviy iqtisodiyotning
tarkibiy xususiyati hisoblanadi.
PENSIYA TАMINOTI BORАSIDАGI DАVLАT SIYOSАTI
Аholining turmush darajasi va farovonligi koʼrsatkichlari uning
hayot kechirishi uchun zarur boʼlgan moddiy va maʼnaviy neʼmatlar bilan
taʼminlanganlik xolati hamda kishilar ehtiyojining bu neʼmatlar bilan
qondirilishi darajasi orqali namoyon boʼladi. Shu bilan birga, aholi
turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan koʼrsatkichlari
tizimi oʼz ichiga quyidagi guruhlarni oladi: tugʼilish va oʼlish darajasi
hamda boshqa demografik koʼrsatkichlar; hayot kechirishning sanitar-
gigiena jihatidan sharoitlari; oziq-ovqat tovarlarini isteʼmol qilish
darajasi; turar joy sharoitlari; maʼlumot va madaniyat; mehnat qilish
Pensiya taʼminoti tizimi oldida uchta muhim maqsad turadi:
fuqarolarni keksayganda qashshoqlikdan himoyalash;
mehnat faoliyati tugashi bilan pensiyaga chiqish oldidan
toʼlanadigan ish haqiga mutanosib tarzda belgilangan muayyan miqdordagi
kafolatlangan daromadni taʼminlash;
kelajakda pensiya tizimi orqali fuqaroni turmush darajasini
yaxshilashdan iborat.
Ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga oʼtish kontseptsiyasida
ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish va aholining kam
taʼminlangan guruhlarini ijtimoiy himoyalashni taʼminlash chora-
tadbirlari koʼriladi, bu iqtisodiy islohotlardan biri davlatning
ijtimoiy barqarorligini taʼminlaydi.
Bizning respublikamizda ijtimoiy siyosatning muhim ahamiyatga ega
ekanligi faqatgina iqtisodiy va siyosiy vaziyatlargagina bogʼliq emas.
Balki, xalqning maʼnaviy qoidalariga asoslangan sogʼlom avlodni
tarbiyalash, koʼp bolali oilalarga madad berish, qariyalarga gʼamxoʼrlik
qilishdan iboratdir. Qolaversa, bu aholining kam taʼminlangan va kam
himoyalangan qismi bolalarga, ayollarga, qariyalarga, nogironlarga
ijtimoiy yordam berish va ularning turmush sharoitini yaxshilash hamda
bir tizimdan ikkinchi tizimga oʼtishda fuqarolarning iqtisodiy va
ijtimoiy islohotlarga boʼlgan ishonchini yanada kuchaytirishga yordam
beradi. Shu bois oʼta muhim ijtimoiy muammolarni hal etishda
fuqarolarning oʼz-oʼzini boshqarish organlari rolini bundan buyon ham
butun choralar bilan amalga oshirish, ularni zurur moddiy vositalar
bilan ishonchli darajada mustahkamlash lozim. Davlat ushbu oʼta muhim
ijtimoiy masalani hal etishda fuqarolarning oʼz-oʼzini boshqarish
organlariga chora-tadbirlar bilan koʼmaklashishi lozim.
Hozirgi vaqtda Oʼzbekistonda pensiyalarning oʼrtacha miqdori oʼrtacha
ish haqiga nisbatan 37,5 foizni tashkil etmoqda. Bu koʼrsatkich Rossiyada
25,7 foizdan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa 23-28 foizdan
iboratdir. Joriy 2014 yilda mamlakatimizda bu koʼrsatkichni 41 foizga
yetkazish koʼzda tutilmoqda.”9
Xorijiy mamlakatlar tajribasiga asosan, kambagʼallik va aholi
oʼrtasida kuchli iqtisodiy tengsizlikning oldini olish va ijtimoiy
barqarorlikni taʼminlash maqsadida daromadni taqsimlash va qayta
taqsimlash boʼyicha davlat chora-tadbirlari tizimi ijtimoiy siyosat deb
yuritiladi. Keng maʼnoda - ijtimoiy siyosat deganda shaxsning hayot
faoliyatini shunday sharoitlarini yaratish va tutib turish boʼyicha
koʼrilgan barcha chora-tadbirlar tushuniladi. U oʼz navbatida shaxsning
rivojlanishiga yordam beradi va uning ijodiy imkoniyatlarini toʼliq
namoyon qilishini ragʼbatlantiradi.
Ijtimoiy muammolarni muvaffaqiyatli hal etish, ishonchli
ijtimoiy kafolatlarni yaratish, mehnatning manfaatli boʼlishini
kuchaytirish islohotlarni oʼtkazish uchun mustahkam ijtimoiy tayanch
boʼladi, ular muqarrarligining garovi boʼlib xizmat qiladi.
Respublikamizda pensiya taʼminoti borasidagi siyosatning quyidagi
yoʼnalishlari boʼyicha ish olib borilmoqda:
• daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash sohasida;
- ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiyalarni minimal miqdorini
belgilash;
- inflyatsiya oʼsishi sababli aholi daromadlarini indeksatsiyalash;
- daromadlarni kam taʼminlangan fuqarolar foydasiga
taqsimlash.
• isteʼmol sohasida:
- ichki isteʼmol bozorini himoyalash;
- isteʼmol mollari ishlab chiqarishni ragʼbatlantirish;
- tovarlarning erkin almashuviga sharoit yaratish;
- asosiy isteʼmol mollari darajasining keskin pasayishiga
yoʼl qoʼymaslik;
- oʼta muhim, yuqori kaloriyali oziq ovqat isteʼmoli tarkibini
takomillashtirish;
- ijtimoiy xizmat isteʼmoli darajasining keskin pasayishiga
yoʼl qoʼymaslik;
- oʼta muhim, yuqori kaloriyali oziq ovqat isteʼmoli tarkibini
takomillashtirish;
- ijtimoiy xizmat isteʼmoli darajasining keskin pasayi
shiga yoʼl qoʼymaslik choralarini koʼrish.
UZBEKISTONDА DАVLАT PENSIYA TАMINOTINI
TАSHKIL ETILISH MEXАNIZMI
Respublikamizda taʼminotini davlat tomonidan tartibga solishning
dastlabki bosqichi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti
toʼgʼrisida”gi qonunning qabul qilinishi bilan xarakterlandi. Ushbu
qonun va hukumat tomonidan qabul qilingan boshqa meʼyoriy hujjatlar
amal qilayotgan pensiya taʼminoti tizimining huquqiy asosini tashkil
etadi. Bu qonunning mohiyatini pensionerlarning jamiyatda tutgan oʼrni,
ularni ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida huquqiy
himoyalash, pensiya miqdorini bevosita mehnat stajining davomiyligi va
ish haqi miqdoriga bogʼliqligini taʼminlash tashkil etadi
Аholini ijtimoiy himoya qilish boʼyicha choralarning tarkibida
davlat pensiyalari muhim oʼrin egallaydi. Pensiya taʼminotining
ijtimoiy ahamiyati shu bilan aniqlanadiki, hozirgi paytda
Oʼzbekistondagi koʼplab qariyalar, nogironlar va ularning oila
aʼzolari, boquvchisini yoʼqotganlarning hayotiy muhim manfaatlariga oʼz
taʼsirini oʼtkazadi. Bozor munosabatlariga oʼtilishi munosabati bilan
davlat pensiya tizimi murakkab ahvolga tushib qoldi. Pensionerlarning
daromadlari boʼyicha pensiyaning oʼrtacha miqdori hayotning yashash
darajasidan ortda qolmoqda. Qarilik boʼyicha pensiyaning oʼrtacha
miqdori hayotning yashash darajasidan ancha past. Shu munosabat bilan
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sharoitida fuqarolarning
pensiya taʼminoti boʼyicha huquqlarini davlat tomonidan
kafolatlanishini kuchaytirish va pensiya tizimini barqaror rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida mamlakatda pensiya tizimi isloh qilinmoqda.
Pensiya tizimini boshqaruvchi
asosiy meʼyoriy-huquqiy hujjatlar quyidagilardir:
- Oʼzbekiston Respublikasining 1993 yil 3 martdagi 938-XII son
“Fuqarolarning davlat pentsiya taʼminoti toʼgʼrisida” gi Qonuni;
- Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Pensiya jamgʼarmasi toʼgʼrisidagi nizom (Vazirlar
Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi 30-sonli qarori bilan
tasdiqlangan).
- Davlat pensiyalarini tayinlash va toʼlash tartibi toʼgʼrisida nizom
(Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi “Davlat pensiyalarini
tayinlash va toʼlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʼnaltirilgan.
normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʼgʼrisida” 252-son qarori
bilan tasdiqlangan);
- Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan amaldagi ish haqini
ish haqining yakka tartibdagi koeffitsientlarini qoʼllagan holda qayta
hisoblab chiqish tartibi toʼgʼrisida nizom (Vazirlar Mahkamasining 2011
yil 8 sentyabrdagi “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʼlash tartibini
yanada takomillashtirishga yoʼnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni
tasdiqlash toʼgʼrisida” 252-son qarori bilan tasdiqlangan);
- Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda
pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʼldirish qoidalari
toʼgʼrisidagi yoʼriqnoma (Oʼzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011
yil 14 oktyabrdagi 63-son buyrugʼi bilan tasdiqlangan, Oʼzbekiston
Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 2011 yil 17 noyabrda 2282-son
bilan roʼyxatdan oʼtkazilgan.
Davlat pensiya taʼminotini boshqarish quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
• Moliyaviy munosabatlarni boshqarish;
• Pul mablagʼlari jamgʼarmalarini boshqarish;
• Moliyaviy apparat faoliyatini boshqarish.
Moliyaviy munosabatlarning har bir sohasi va har bir boʼgʼinida
boshqarish subʼektlari bu munosabatlarga taʼsir etishning oʼziga xos
maxsus usullaridan foydalanadilar. Shu bilan birga, bu usullar maʼlum
umumiylikka ega boʼlgan funktsional elementlardan iborat, bular:
rejalashtirish, operativ boshqarish va nazorat.
Oʼzbekistonda davlat pensiya taʼminotini umumiy boshqarishni
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan Oliy majlis,
Vazirlar Mahkamasi va Prezident devoni amalga oshiradi.
Davlat pensiyataʼminotini operativ boshqarish esa moliyaviy apparatga yuklatilgan. Uning yordamida davlat pensiya taʼminotining barcha tarkibiy
boʼgʼinlarida moliyaviy faoliyat ustidan boshqaruvni amalga oshiradi.
Аynan moliyaviy apparat moliyaviy rejalashtirish, hisob va tahlil,
nazorat va tartibga solish, moliyaviy rejalarni tuzish va boshqarish
ishlarini bajaradi.
DАVLАT PENSIYA TАMINOTI TIZIMIDАGI
PENSIYALАR
O'zbekistonda pensiyaning uchta turi mavjud. Bular:
- yoshga doir pensiya
- nogironlik pensiyasi
- boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |