Davlat: O'zbekiston



Download 277,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.04.2022
Hajmi277,32 Kb.
#563865
1   2   3
Bog'liq
PSD 49213 (UZBEK)

Mijoz haqida ma'lumot 
O'ZBEKISTON UCHUN SUVEREN 
YTTBning moliyaviy mablag'i 
50 000 000,00 AQSH dollari 
Loyihaning umumiy qiymati 
50 000 000,00 AQSH dollari 
Ekologik va ijtimoiiy xulosa 
Loyiha YTTBning 2014 yilgi Ekologik va ijtimoiy siyosatiga muvofiq "B" tasnifiga 
kiritildi. Loyiha bo'yicha tavsiya etilgan Ustuvor investitsiyalar dasturi (UID) uchun 
Ekologik va ijtimoiy ahamiyatga ega choralar (ESDD) Infratuzilmaviy loyiha tayyorlash 
mexanizmi (ILTM) doirasida jalb qilingan mustaqil maslahatchilar tomonidan Texnik-
iqtisodiy asoslash (TIA)ning bir qismi sifatida amalga oshirildi. U joriy amaliyotlarni 
ko'rib chiqish, Loyihaning potentsial ekologik va ijtimoiy ta'sirini baholash va 
Kompaniyaning amaldagi ekologik va ijtimoiy qoidalari va boshqaruv imkoniyatlarini 
ko'rib chiqish kabilarni o'z ichiga olgan. UIDning barcha komponentlari kelgusida 
mahalliy ruxsat berish tartib-qoidalari va Atrof-muhitnga bo'lgan ta'sirni baholash 
(OVOS) qonunlariga bo'ysunadi. Loyiha uchun Atrof-muhit va ijtimoiy tadbirlar rejasi 
(ESAP) ishlab chiqilgan va u Kengash tomonidan tasdiqlanishidan oldin alohida Loyiha 
kelishuvi doirasida Kompaniya bilan kelishib olinadi. Shuningdek, Manfaatdor 
tomonlarni jalb qilish rejalari (SEP) va texnik bo'lmagan xulosalar (NTS) ham ishlab 
chiqilgan va e'lon qilinadi. 
Kompaniya atrof-muhit, mehnat xavfsizligi va kadrlar bilan ishlash bo'yicha xodimlarini 
ishga olgan bo'lib, ular o'z ishiga ta'lluqli milliy miqyosdagi ekologik va ijtimoiy huquqiy 
majburiyatlarini yaxshi bilishadi. Kompaniya milliy qonunchilik va tegishli ruxsat olish 
qoidalariga muvofiq (agar berilgan bo'lsa) faoliyat yurgizayotgan bo'lib, Atrof-muhit va 
ijtimoiy tadbirlar rejasi doirasida tuzatilishi lozim bo'lgan ba'zi bir mos kelmasliklar 
mavjud. Kompaniya asosan mahalliy ekologik qonunchilikka muvofiq tarzda faoliyat 
ko'rsatmoqda va nazorat qiluvchi idaralar tomonidan aniqlangan nomuvofiqliklar 
belgilangan muddat ichida tuzatib kelinmoqda. Ekologiya choralarini boshqarishda 
havo va suvga chiqariladigan emissiyalarni ruxsat berish va monitoring qilishga alohida 
e'tibor qaratilmoqda. Emissiya qilingan ifloslantiruvchi moddalar inventarizatsiasi 
mavjud bo'lib, kompaniya chiqindilarning havo va suvga emissiyasi uchun tegishli 
to'lovlarni amalga oshiradi. Chiqindilarni boshqarish jarayoni hujjatlashtirilgan bo'lib, 
chiqindilar inventarizatsiyasi yo'lga qo'yilgan. Hozirgi kunda yirik (50 MVt dan ko'p) 
qozon zavodlardan biri NOx va CO ga nisbatan Yevropa Ittifoqining Texnologiyalar 


bilan bog'liq emissiyaning eng yaxshi mavjud limitlari (BAT AEL) talablariga javob 
beradi. 
UID mavjud bo'lgan kompaniyaning qozonxonalarida yangi kogeneratsion gaz 
turbinalarining o'rnatilishini o'z ichiga oladi, bu esa Kompaniyaga ham issiqlik, ham 
elektr energiyasini ishlab chiqarish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish 
imkonini beradi. Loyihada 4 ta zavodda qo'shimcha gaz turbinalari va qator gaz 
motorlarining o'rnatilishi ko'zda tutilgan bo'lsa-da, takomillashtirish ishlarining 
aksariyat qismi yondirgichlarga va samaradorlikni oshirish bo'yicha boshqa chora-
tadbirlarga qaratiladi. Taqdim qilingan UID doirasida, 48 ta qozondan 15 tasi Evropa 
Ittifoqining Mavjud Emissiya Limitlari (YI MEL) ga javob beradigan holatga keltiriladi. 
Ekologik va ijtimoiy ahamiyatga ega choralar (ESDD) shuni ko'rstadiki, Loyiha CO2 
emissiyasini kamayishi, isitish infratuzilmasining energetik samaradorligini oshirish, 
gaz, elektr energiyasi va suvdan foydalanishning kamayishi va mavjud bo'lgan isitish 
xizmatlarining ishonchliligi va sifatining yaxshilanishiga olib keladi. UID doirasiga 
kirmagan issiqlik markazlari ularning operatsion rejimlariga va ish soatlariga 
asoslangan holda batafsil o'rganib chiqiladi va Evropa Ittifoqi BAT AEL talablariga 
javob berishni ta'minlash maqsadida qo'shimcha tarzda yangilash bo'yicha investitsiya 
rejalari xavf omillariga asoslangan yondashuv asosida tayyorlanadi. Loyiha mavjud 
TIMlarda amalga oshirilishi sababli, yer sotib olish yoki ajratish rejalashtirilmaydi. 
Salbiy ta'sirlar tabiatan asosan qisqa muddatli bo'lib, qurilish va ta'mirlash ishlariga 
tegishli. 
Kompaniya uchun ishlab chiqilgan ESAP Ekologiya va mehnat xavsizligi (EMX) ni 
boshqarish tizimining texnik xususiyatlarini Yevropa Ittifoqi BAT AEL talablariga 
muvofiqlashtirish, sulfat kislota saqlash va ichki shikoyatlarni ko'rib chiqish 
mexanizmini takomillashtirish, tender hujjatlariga ekologil va ijtimoiy talablarni kiritish, 
pudratchilarni boshqarish va monitoring qilish tizimini yaratish, shuningdek, qurilish 
bosqichi va Manfaatdor tomonlarni jalb qilish rejasini amalga oshirish bilan bog'liq har 
qanday ta'sirni kamaytirishga qaratilgan Qurilishda atrof-muhitni boshqarish bo'yicha 
batafsil rejani (CEMP) ishlab chiqish talablarini o'z ichiga oladi. ESAP shuningdek, 
Kompaniya faoliyatining boshqa jihatlarini, ularni Faoliyat yuritishga qo'yiluvchi 
talablari (PR) bilan muvofiqlashtirish maqsadida qamrab oladi. Jumladan: UID 
doirasida qamrab olinmagan issiqlik markazlarini batafsil ko'rib chiqish; xavf-xatarlarga 
asoslangan yaxshilanishlarni hisobga olish va BAT AEL talablaiga javob berishni 
ta'minlash bo'yicha uzoq muddatli rejani ishlab chiqish; (zaxira sifatida) og'ir yoqilg'i 
moylarini ishlatuvchi qozonxonalarni BAT AELning og'ir yoqilg'i moylari emissiyasi 
talablariga muvofiqligini o'rganib chiqish; Seveso talablarini qo'llashni ko'zda tutgan 
bunday markazlarda saqlanadigan og'ir yoqilg'i moylarining hajmini doimiy kuzatib 
borish; yoqilg'i moyi yetkazib berish tizimlari va amaliyotlarini o'rganib chiqish; 
chiqindi suvlarning BAT AEL talablariga javob berish darajasini o'rganib chiqish va 
chiqindi suvlarni tozalash amaliyotini joriy qilish rejasini ishlab chiqish. 
Bank, Kompaniyaning yillik Ekologik va ijtimoiy hisobotlarini ko'rib chiqish va kerak 
bo'lganda monitoring tashriflarini amalga oshirish orqali Loyiha va ESAPning amalga 
oshirilishini hamda kompaniyaning ekologik va ijtimoiy sohalaridagi faoliyatini nazorat 
qiladi. 



Download 277,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish