Davlat Obuna kapitali ($)



Download 30,63 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi30,63 Kb.
#625935
Bog'liq
Islamic development bank (Maqala ushin)


Bankning hozirgi a'zoligi 57 davlatdan iborat. Aʼzolikning asosiy sharti boʻlajak aʼzo davlat Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) aʼzo boʻlishi kerak. ITB Boshqaruv Kengashi Bank kapitaliga obuna bo'lish va to'lash shartlarini belgilash huquqiga ega. Boshlang'ich kapitalni 5-o'sishgacha bo'lgan jami kapital obunasi va Grigorian moliyaviy yil oxirida ITBga a'zo mamlakatlarning aktsiyadorlik pozitsiyasi quyidagicha:1



Davlat

Obuna kapitali ($)

Jami kapitalning ulushi (%)



Davlat

Obuna kapitali ($)

Jami kapitalning ulushi (%)

1

Saudiya Arabistoni Qirolligi

11.9 mlrd

23.5

30

Qozog'iston Respublikasi

54 mln

0.11

2

Liviya davlati

4.8 mlrd

9.43

31

Mali Respublikasi

51 mln

0.1

3

Eron Islom Respublikasi

4.2 mlrd

8.25

32

Ozarbayjon Respublikasi

46 mln

0.09

4

Nigeriya Federativ Respublikasi

3.9 mlrd

7.66

33

Gvineya Respublikasi

36 mln

0.07

5

Birlashgan Arab Amirliklari

3.8 mlrd

7.51

34

Tunis Respublikasi

36 mln

0.07

6

Qatar davlati

3.6 mlrd

7.18

35

Mavritaniya Islom Respublikasi

36 mln

0.07

7

Misr Arab Respublikasi

3.6 mlrd

7.07

36

Livan Respublikasi

36 mln

0.07

8

Quvayt davlati

3.5 mlrd

6.92

37

Mozambik Respublikasi

26 mln

0.05

9

Turkiya Respublikasi

3.3 mlrd

6.45

38

Qirg'iziston Respublikasi

26 mln

0.05

10

Jazoir Demokratik va Xalq Respublikasi

1.3 mlrd

2.54

39

Maldiv orollari Respublikasi

26 mln

0.05

11

Pokiston Islom Respublikasi

1.3 mlrd

2.54

40

Gambiya Respublikasi

26 mln

0.05

12

Indoneziya Respublikasi

1.1 mlrd

2.25

41

Falastin davlati

20 mln

0.04

13

Malayziya

823 mln

1.63

42

Suriya Arab Respublikasi

19 mln

0.04

14

Bangladesh Xalq Respublikasi

510 mln

1.01

43

Syerra-Leone Respublikasi

18 mln

0.04

15

Yaman Respublikasi

259 mln

0.51

44

Togo Respublikasi

18 mln

0.04

16

Marokash Qirolligi

257 mln

0.51

45

Tojikiston Respublikasi

18 mln

0.04

17

Sudan Respublikasi

233 mln

0.46

46

O‘zbekiston Respublikasi

13 mln

0.03

18

Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi

220 mln

0.43

47

Kot-d'Ivuar Respublikasi

13 mln

0.03

19

Senegal Respublikasi

148 mln

0.29

48

Komor orollari ittifoqi

13 mln

0.03

20

Ummon sultonligi

143 mln

0.28

49

Afg'oniston Islom Respublikasi

10 mln

0.02

21

Iroq Respublikasi

135 mln

0.27

50

Chad Respublikasi

10 mln

0.02

22

Kamerun Respublikasi

128 mln

0.25

51

Surinam Respublikasi

9 mln

0.02

23

Bruney Darussalam

128 mln

0.25

52

Albaniya Respublikasi

9 mln

0.02

24

Burkina-Faso

90 mln

0.18

53

Turkmaniston

5 mln

0.01

25

Niger Respublikasi

90 mln

0.18

54

Jibuti Respublikasi

5 mln

0.01

26

Bahrayn Qirolligi

73 mln

0.14

55

Gvineya Bisau Respublikasi

5 mln

0.01

27

Uganda Respublikasi

69 mln

0.14

56

Somali Federativ Respublikasi

5 mln

0.01

28

Benin Respublikasi

58 mln

0.12

57

Gayana Kooperativ Respublikasi

3 mln

-

29

Gabon Respublikasi

55 mln

0.11

Jami










Oʻzbekiston XTBga 2003-yilning 27-aprelida aʼzo boʻlgan. Uning ustav kapitalidagi ulushi 13,4 million ID (ISTB umumiy ustav kapitalining 0,03%). Oʻzbekiston dengizga chiqish imkoni yoʻq, strategik jihatdan Markaziy Osiyoning markazida joylashgan, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Afgʻoniston bilan chegaradosh davlatdir. Bu o'rtacha daromad darajasi past va mineral resurslarga boy mamlakat. 32,1 million aholiga ega (2017) Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasi umumiy aholisining 45 foizini tashkil qiladi. Maydoni 448,9 ming km².
Gubernator H.E. Sardor Umurzoqov - Bosh vazir oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri.
Muqobil gubernator H.E. Janob Shuhrat Vafoev - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari.2

Loyihalar

Bajarildi

Bajarilmoqda

Jami moliyalashtirish

103

49

54

2.4 mlrd $


O‘zbekiston Respublikasi musulmon olamining yetakchi kredit-moliya tashkiloti hisoblangan Islom taraqqiyot banki (ITB) bilan oltita yangi loyihani ma’qulladi.3
2021 yil 30 avgust dushanba kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov, u bir paytning o‘zida ITB boshqaruvchilar kengashining raisi ham hisoblanadi, Islom taraqqiyot bankining prezidenti va ITB guruhining raisi Doktor Muhammad al Josir bilan uchrashdi.
Ikki rasmiy shaxs shu haftaning so‘nggida ITB guruhining 2021 yildagi yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi lozim bo‘lgan Toshkentda uchrashdilar. S. Sardor Umrzoqov va doktor Muhammad al Josir ITB guruhi bo‘linmalari va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik holatini hamda birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi choralarni muhokama qildilar.
Bugungi kunda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq 100 dan ortiq loyihani qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga olgan O‘zbekistondagi ITB guruhi faoliyatining yutuqlarini ta’kidlagan holda tomonlar hamkorlikni yanada chuqurlashtirishni muhokama qildilar.
Ilk qadam sifatida bir nechta sohaga taalluqli oltita investitsion loyiha, jumladan, kichik va o‘rta korxonalarni (KO‘K) qo‘llab-quvvatlash loyihasi, shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq joylarida hayot farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalar ma’qullandi. Doktor al Josir Xususiy sektorni rivojlantirishning Islom korporatsiyasi (ICD), Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) va Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICIEC) kabi ITB guruhining shu’ba kompaniyalarini O‘zbekistonda o‘z faoliyatini oshirishga tayyorligini ta’kidlab o‘tdi.
ITB guruhi, shuningdek, rivojlantirishni moliyalashtirish bo‘yicha o‘z tadbirlari orqali O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni oshirish va ijtimoiy ta’minotni kengaytirishda muhim o‘rin tutadi.
Uchrashuvda, shuningdek, Toshkent shahar xalqaro kongress-markazida 1-4 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan IRB yillik yig‘ilishiga so‘nggi tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, ITB prezidenti uchrashuvlar va yo‘ldosh tadbirlarga yuksak darajada tayyorlikni ta’minlash borasida bosh vazir o‘rinbosarining ish dasturi uchun o‘z minnatdorchiligini izhor qildi. Yillik uchrashuvlar ITBga a’zo mamlakatlarning siyosatchilari va biznes yetakchilari o‘rtasida sezilarli ta’sir namoyish qildi.
Bugungi kunda uchrashuvlar va yo‘ldosh tadbirlarda ishtirok etish uchun 2000 nafardan ortiq delegatlar ro‘yxatdan o‘tdi. Butun tadbirga 57 ta ishtirokchi mamlakatdan kelgan 2500 dan ortiq delegat tashrif buyurishi kutilmoqda.


ISLOM TARAQQIYOT BANKI VA OʻZBEKISTON OʻRTASIDAGI IQTISODIY HAMKORLIKNING YANGI QIRRALARI4
Xalqaro moliya-kredit tashkilotlari bilan, shu jumladan, Islom taraqqqiyot banki (ITB) bilan oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish Oʻzbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. 
2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida xalqaro moliyaviy institutlar pul mablagʻlarini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, shu jumladan Islom taraqqiyot bankining 1,0 milliard AQSH dollaridan boʻlmagan miqdorda kreditlarini jalb qilishni koʻzda tutadigan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalasini ishlab chiqish orqali Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolishga qaratilgan muhim chora-tadbir sifatida eʼtirof etilgan. 
Taʼkidlash joizki, iqtisodiy islohotlarning samarasi oʻlaroq, Oʻzbekistonning xalqaro reytinglarda mavqeining koʻtarilayotganligi uning xalqaro moliya-kredit tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini yanada kengaytirish uchun zamin yaratmoqda. Xususan, Jahon bankining “Biznesni yuritish” xalqaro reytingida Oʻzbekiston besh yil ichida 141-oʻrindan 69-oʻringa koʻtarildi.
Xalqaro reyting agentliklarining eng yuqori reyting bahosiga (AAA) ega boʻlgan ITB banki jahon moliya tizimida oʻz nufuziga ega boʻlgan xalqaro moliya-kredit tashkiloti hisoblanadi. Eʼtirof etish joizki, ushbu xalqaro tashkilotning 46-yillik yigʻilishini 2021-yilning 2-4-sentyabr kunlarida Toshkent shahrida oʻtkazilishi ITB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga boʻlgan ishonch va eʼtiborning namoyon boʻlish shakli hisoblanadi.
Yangilanayotgan Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlarga hamohang tarzda mazkur yigʻilishda bir qator dolzarb masalalarning muhokama etilganligi diqqatga sazavordir, jumladan:
- kornavirus pandemiyasidan (COVID-19) keyingi davrda tiklanishni jadallashtirish;
- kambagʻallik kuchayib ketishiga qarshi kurashishi va aholi farovonliligini oshirish;
- aʼzo mamlakatlarda “yashil iqtisodiy oʻsish”ga koʻmaklashish.
Hozirgi davrda, ITBga aʼzo mamlakatlarda yer shari aholisining 19 foizi yashaydi. Yer yuzidagi quruqlik maydonining 25 foizi, qishloq xoʻjaligi yer maydaonlarining 29 foizi, qayta tiklanadigan suv resurslarining 13,5 foizi ushbu mamlakatlarning hissasiga toʻgʻri keladi. Biroq, Birlashgan millatlar tashkilotining metodologiyasi boʻyicha mazkur mamlakatlarning qariyb yarmisi (26 ta davlat) dunyoning oʻta qashshoq mamlakatlari hisoblanadi. 
Mazkur anjuman ITB va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi qirralarini belgilab berdi. Xususan, ITB ishtirokida Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamgʻarmasi tuzildi. Jamgʻarmaning boshlangʻich ustav kapitali 100 million AQSH dollari boʻlib, unda ITBning ulushi 20 million dollarni, Oʻzbekiston hukumatining ulushi 35 million dollarni va Saudiya Arabistoni investorlarining ulushi 45 million dollarni tashkil etadi.
Jamgʻarma kichik, oʻrta va yirik subyektlarni qoʻllab-quvvatlash orqali 100 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish imkonini beradi.
Bundan tashqari, ITB bilan “Obod qishloq” dasturi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining qishloq infratuzilmasini modernizatsiya qilish boʻyicha umumiy qiymati 200 million dollar boʻlgan kredit shartnomasi imzolandi.
Shuningdek, Oʻzbekistonda onkologik xizmatlarni rivojlantirish loyihasini qoʻllab-quvvatlash uchun 80 million dollar qarz shartnomasi imzolandi. Trastbank esa, Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan 15 mln dollarlik tashqi savdoni moliyalashtirish boʻyicha kredit liniyasi ochish toʻgʻrisida kelishuvga erishdi.
Shunisi ahamiyatliki, ITBning 46-yillik yigʻilishida bank aʼzolari boʻlgan musulmon mamlakatlari iqtisodiyotini pandemiyadan keyingi davrda tiklash uchun umumiy qiymati 1,2 milliard dollar boʻlgan 30 ta kelishuv maʼqullandi. Ana shu moliyalashtirishning 330 million dollari (27,5%) Oʻzbekistonga ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi 2003-yilning sentyabr oyidan boshlab ITBning toʻla huquqli aʼzosi hisoblanadi. Shu davrdan boshlab, Toshkent shahrida ITBning vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda.
OʻzbekistonRespublikasining ITBga aʼzoligining huquqiy asosi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 2013-yil 27-avgustdagi 371-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Islom Taraqqiyot bankiga aʼzoligi toʻgʻrisida”gi qarori hisoblanadi.
Oʻzbekiston Rsepublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4224-sonli “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamgʻarmalari bilan sheriklikni yanada kengaytiriish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ITB bilan hamkorlikni rivojlantirishda muhim rol oʻynadi.
Mazkur Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston va ITB oʻrtasidagi uzoq muddatli sherikchilikning asosiy yoʻnalishlari qilib quyidagilar belgilandi:
- energetika, yoʻl-transport, kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, uy-joy qurilishi, bank-moliya tizimini hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sektorini rivojlantirish, sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimlarini takomillashtirish hamda respublika tarmoqlari va hududlarini kompleks rivojlantirishning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga ITB guruhining, shu jumladan, Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha islom korporatsiyasi (XSRBIK), Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (XISMK), Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash korporatsiyasi (IEKSIK), Islom tadqiqot va taʼlim instituti mablagʻlarini jalb qilish;
- bank sektorida islomiy moliyalashtirish asoslarini joriy etish, davlat-xususiy sherikligi mexanizmlarini, jumladan vaqf-jamgʻarmalarni tashkil etish yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash dasturlarini birgalikda ishlab chiqish va Oʻzbekistonda tatbiq qilish; 
- respublika tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning eksport imkoniyatlarini mustahkamlash uchun XSRBIK, XISMK va IEKSIK moliyaviy resurslari va mahsulotlarini faol jalb etish;
- Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi salohiyatini oshirish; 
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.
Afsuski, mamlakatimizning ITBning ustav kapitalidagi ulushi uning iqtisodiy salohiyatiga mos emas. Oʻzbekistonning ITBning ustav kapitalidagi ulushi 0,03 foizni tashkil etadi.
Eʼtirof etish joizki, islom moliyasini joriy qilish Oʻzbekiston moliya tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalaridan biri boʻlib turibdi. Bu esa, oʻz navbatida, ITB bilan islom moliyasining qonunchilik asoslarini yaratishda hamkorlik qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Ushbu hamkorlikni amalga oshirishda ITBning Islom biznesi va moliyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi muhim rol oʻynaydi.
Mazkur Jamgʻarma 2010-yil 2-fevralda tashkil etilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi boʻlib, Rossiya Federatsiyasi va MDH (Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi) mamlakatlarida islom biznesi va moliyalarini rivojlanishi va takomillashishiga koʻmaklashish hisoblanadi.
Shu oʻrinda eʼtirof etish joizki, ITBning 46-yillik yigʻilishida ITB tomonidan Oʻzbekistonda Islom banki va moliya sohasining huquqiy asoslarini ishlab chiqishni qoʻllab-quvvatlash uchun 265 ming AQSH dollari miqdorida texnik yordam granti ajratiladigan boʻldi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi uchun ITBning Islom tadqiqot va oʻquv instituti bilan hamkorlik qilish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, islom moliyasini respublikamiz amaliyotiga joriy qilish aholining bu boradagi moliyaviy savodxonligini oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Islom tadqiqot va taʼlim instituti, musulmon mamlakatlarida aholining savodxonlik darajasini oshirish va kasbiy malakasining oʻsishiga koʻmaklashish maqsadida, 1981-yilda tashkil etilgan.
XX asrning 80-yillarida Islom instituti tomonidan kambagʻallikni qisqartirish maqsadida stipendiyalar dasturini moliyalashtirish joriy etildi. 2020-yilning boshiga kelib, ITBga aʼzo mamlakatlardan va aʼzo boʻlmagan mamlakatlarning musulmon fuqarolaridan 17 mingga yaqin talaba va olimlar Institut stipendiyasini olishdi.
Islom tadqiqot va taʼlim institutining taʼlim dasturlarini moliyalashtirishning umumiy hajmi 134 mln. AQSH dollarini tashkil etadi.
ITB va Oʻzbekiston oʻrtasidagi taʼlim sohasidagi hamkorlik boʻyicha ilk qadamlar qoʻyilmoqda. Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi bilan islom rivojlanish smart sinfi yaratish loyihasi boʻyicha 51535 AQSH dollari miqdorida shartnomalari imzolandi.
Oʻzbekiston Respublikasi amaliyotiga islom moliyasini joriy etilishi islomiy moliyaviy vositalardan va islom sugʻurtasidan keng koʻlamda foydalanish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Buning natijasida, Islom investitsiyalarni sugʻurtalash va eksportni kreditlash korporatsiyasi bilan hamkorlik qilish imkonini yuzaga keladi.
Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash korporatsiyasi ITBga aʼzo boʻlgan mamlakatlar oʻrtasidagi tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va diversifikatsiya qilish maqsadida, 1994-yilda tashkil etilgan. Keyinchalik uning faoliyati yoʻnalishi eksportning oʻsishiga koʻmaklashish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro savdo va sugʻurtada islomiy prinsiplarni qoʻllanilishiga koʻmaklashish hisobidan kengaydi.
Hozirgi davrda Islom investitsiyalarni sugʻurtalash va eksportni kreditlash korporatsiyasi ITBga aʼzo mamlakatlarning ixtisoslashtirilgan muassasalari bilan, shu jumlada, eksport agentliklari bilan faol hamkorlik qiladi, tadbirkorlik riskini nazorat qilish instrumentlarini taklif qiladi. Ammo, korporatsiya shariat qoidalariga toʻgʻri kelmaydigan tijorat shartnomalarini sugʻurta qilmaydi.
Taʼkidlash joizki, ITB barqaror resurs bazasiga ega. Ustav kapitali ITBning barqaror resurs manbai boʻlgani holda, u investitsion faoliyatdan daromad oladi va jahon kapitallar bozoridan resurslar jalb qiladi. Bundan tashqari, ITB xalqaro moliya-kredit tashkilotlari bilan investitsion hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Jumladan, ITB 2011-yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Osiyo taraqqiyot banki bilan, 2018-yilda Jahon banki guruhi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan investitsion hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning zamonaviy bosqichida investitsiyalarni moliyalashtirishning istiqbolli shakli sifatida qaralmoqda. Shu sababli, 2019-yilda alohida qonun — Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-sheriklik toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilindi.
Mazkur Qonunga koʻra, davlat-sheriklik toʻgʻrisidadagi bitim doirasida xususiy sherikning va kreditorning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qoʻllab-quvvatlashning subsidiya, aktivlar va mol-mulk tarzidagi quyilmalar, byudjet ssudalari, byudjet grantlari kabi turlarini taqdim etadi.
Shu jihatdan olganda, ITBning davlat-sheriklik mexanizmi Oʻzbekiston uchun amaliy ahamiyat kasb etadi. Bunda ITB ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalar uchun davlat-sheriklik asosida moliyaviy resurslarini taqdim etadi.
Shunisi ahamiyatliki, ITB qisqa muddatli moliyalashtirishni amalga oshirishda Murabaxa shaklidan keng foydalanadi. Murabaxa sotib olish va qaytariladigan lizing boʻlib, ishlab chiqarish korxonalarining aylanma mablagʻlarga, shu jumladan, katta hajmdagi xom-ashyoga boʻlgan ehtiyojini 24 oygacha muddatga beriladigan moliyalashtirish asosida qondirish imkonini beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga bagʻishlangan marosimdagi nutqida eʼtirof etganlaridek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kabi xalqaro tuzilmalar bilan aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichda davom ettirilayotganligining yorqin namoyondasi sifatida eʼtirof etish mumkin.


I.f.d., professor T.Z. Teshabayev,
TMI rektori


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentyabr kuni mamlakatimizda boʻlib turgan Muvofiqlashtiruvchi guruhning yetakchi arab jamgʻarmalari delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hajarni qabul qildi. 
Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Islom taraqqiyot banki bilan mamlakatimizda ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar loyihalarni amalga oshirishda koʻp yillik sheriklik qaror topganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. 
Bugungi kunda Oʻzbekistonning ITB guruhi bilan oʻzaro manfaatli hamkorligi doirasida yurtimizga 1,9 milliard dollarlik imtiyozli kredit mablagʻlari jalb etilgan boʻlib, ular iqtisodiyotning turli tarmoqlariga oid loyihalarni oʻz ichiga oladi. 
Ushbu loyihalar yoʻl-transport, energetika va kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, qishloq joylarda uy-joy qurilishi, ichimlik suvi bilan taʼminlash tizimini, sogʻliqni saqlash va taʼlimni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash kabi sohalarni qamrab olgan. 
Suhbat chogʻida ushbu bank bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi. 
Qishloq aholisining hayot sifatini yaxshilash, infratuzilmani modernizatsiya qilish, mamlakatimiz hududlaridagi tibbiyot va taʼlim muassasalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, tadbirkorlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularning eksport salohiyatini, jumladan, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalangan holda roʻyobga chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. 
Hamkorlik uchun ulkan salohiyat, eng muhimi, uni yanada mustahkamlashga oʻzaro intilish mavjudligi taʼkidlandi. Kuni kecha Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan "ITB guruhi kuni" doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 2018-2021 yillarga moʻljallangan 1,3 milliard dollarlik sheriklik strategiyasi imzolangani buning dalilidir. 
Prezidentimiz Islom taraqqiyot banki rahbariga jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini oʻrganish maqsadida Samarqandda tashkil etilgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatiga koʻrsatilayotgan koʻmak uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. 
Bandar Hajar, oʻz navbatida, Oʻzbekiston Islom taraqqiyot banki guruhi uchun mintaqadagi asosiy sheriklardan biri ekanini taʼkidladi. 
Mehmon Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli yangilanishlarga yuksak baho berib, ITB mamlakatimizdagi islohotlarga har tomonlama koʻmakni kengaytirish va oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini qayd etdi. 

Islomiy banking6


Islomiy banking - bu shariat tamoyillariga asoslangan va islomiy iqtisodiyotni rivojlantirish orqali amaliy qo'llanma bo'lgan bank faoliyati.
Bunday faoliyat yuritish uchun qanday shartlar mavjud?
Shariat qayd qilingan yoki to'langanligidan qat'iy nazar kredit berish uchun belgilangan foizlar yoki qo'shimchalar olishni taqiqlaydi.
Islom prinsiplariga zid bo'lgan tovarlar yoki xizmatlar (masalan, alkogol) bilan ta'minlaydigan korxonalarga sarmoya kiritish taqiqlanadi.
Ushbu taqiqlar tarixan XX asr oxirlarida ma'lum bir darajada qo'llanilganiga qaramay, ushbu tamoyillarni musulmon jamiyatidagi xususiy yoki yarim xususiy tijorat muassasalarida qo'llash uchun bir necha banklar tashkil etilgan.
2009 yilga kelib dunyoda islomiy tamoyillarga muvofiq tashkil etilgan 300 dan ortiq banklar va 250 ta qo'shma fondlar faoliyat ko'rsatgan. 2014 yilda esa 2 trillion dollarlik umumiy aktivlar shariat tamoyillariga moslashtirilgan. 2014 yil ma'lumotlariga ko'ra, shariat tamoyillariga asoslangan moliya institutlari jami jahon aktivlarining 1 foizini tashkil etgan.
O'zbekistonda Islomiy moliyalashtirilish Islom bankining xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha loyihalari ko'rinishida taqdim etilgan bo'lib, u uzoq vaqt davomida "Ipak yo'li" banki bilan ham muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda. Moliyalashtirish Murobaha prinsiplariga muvofiq kafolatlarni ta'minlash uchun banklarga moliyalashtirish liniyalarini taqdim etish shaklida amalga oshiriladi. Bu musulmon mamlakatlaridagi banklar tomonidan ishlatiladigan foizsiz operatsiyalarni amalga oshirish uchun eng keng tarqalgan ish usullaridan biridir. Murobaha — mijozlarni moliyalashtirish bo'yicha faol operatsiya bo'lib, u keng doiradagi xaridlar uchun mos keladi: uskunalardan biznes binolarigacha.
Uning ishlash prinsipi oddiy: mijoz kerakli tovarlarni sotib olish shartlari bo'yicha kelishib oladi va bankka murojaat qiladi, u esa o'z navbatida tovarlarni sotib oladi va mijozga qo'shimcha haq evaziga uni qismlarga bo'lib sotadi.



1 IsDB Member Countries | IsDB

2 Republic of Uzbekistan | IsDB

3 O‘zbekiston Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirmoqda — Review.uz

4 Islom Taraqqiyot Banki va Oʻzbekiston oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi qirralari (tfi.uz)

5 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi (uzavtoyul.uz)

6 «Ipak Yo’li» AITB (ipakyulibank.uz)

Download 30,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish