18. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi va uni aniqlash
. Soliq to`lovchilar-soliqlar va boshqa to`lovlar to`lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadilar. Yuridik shaxs-bu egaligida, xo`jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida mol-mulkka ega bo`lgan va o`z majburiyatlari bo`yicha shu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balansga ega bo`lgan korxona (tashkilot), uning alohida mustaqil bo`linmasidir O`zbekiston Respublikasida davlat ro`yxatidan o`tkazilgan yuridik shaxs O`zbekiston Respublikasi rezidenti (yuridik shaxs-rezident) hisoblanadi.
Yuridik shaxslarni davlat byudjeti bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlarini tashkil qilishda soliqlar alohida o‘ringa egadir Korxona yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to`lash nazarda tutilmagan faoiyat turlarini amalga oshirgan taqdirda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati bo`lmagan taqdirda, soliq solinadigan baza faoliyatdan olinadigan sof tushumning solishtirma salmog`idan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig`i bo`yicha imtiyozlar ikki ko`rinishga ega va ular quyidagilardan iborat.
1. Soliq solinadigan bazani kamaytirish-baza quyidagilarga kamaytiriladi:
1) uy-joy-kommunal xo`jaligi ob’yektlarining qiymatiga;
2) madaniyat va san’at, xalq ta’limi, sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot sohasiga kiradigan ijtimoiy-madaniy soha ob’yektlarining qiymatiga;
3) yuridik shaxslarning madaniyat muassasalari, maktabgacha va umum ta’lim o`quv muassasalari eh`tiyojlari uchun foydalanadigan mol-mulkining qiymatiga;
4) qishloq xo`jaligi o`simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun foydalaniladigan qishloq xo`jaligi korxonalari balansida bo`lgan mol-mulkning qiymatiga;
5) sug`orish va kollektor-drenaj tarmoqlari ob’yektlarining qiymatiga;
6) aloqa yo`ldoshlarining qiymatiga;
7) kredit hisobidan olingan asbob-uskunaning qiymatiga, uni foydalanishga
torshirilgan paytdan boshlab besh yilga, lekin kreditni uzish uchun belgilanganidan ko`p bo`lmagan muddatga;
8) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yong`in xavfsizligi uchun fo2.Ayrim yuridik shaxslarni mol-mulk solig`idan ozod qilish-ular quyidagilar:
1) sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya hamda ijtimoiy ta’minot, xalq ta’limi,
madaniyat va san’at tashkilotlari;
2) uy-joy kommunal xo`jaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo`jaligi korxonalari;
3) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg`armasi va “O`zbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida bo`lgan hamda ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar (savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov korxonalaridan tashqari);
4) yangi tashkil etilgan korxonalar davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida;
5) ixtiyoriy tugatilayotgan korxonalar-ro`yxatdan o`tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to`g`risida xabardor qilingan kundan e’tiboran ydalaniladigan ob’yektlarning qiymatiga
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig`i bo`yicha soliq davri kalendar yili, hisobot davri esa yil choragi hisoblanadi. Mazkur soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |