Olimjon kichik bir shaharchadagi bugʻdoy tegirmonining egasi va boshqaruvchisi, u ushbu shahrida 62 yillik umrining asosiy qismini oʻtkazgan. Bu yil bahoridagi yomgʻirlar oxirgi oʻn yillikdagi eng yaxshisi boʻldi va Olimjon katta miqdorda hosil olishdan umidvor. Bu omil uni joriy moliyalashtirish manbalarini qayta koʻrib chiqishga undadi. Hozir u hosilni yigʻib olish davri oxirigacha boʻlgan uch oylik muddatda qoʻshimcha 2,4 mlrd. UZSga ehtiyoj sezishiga ishonadi. Oʻz moliyaviy maslahatchisi bilan uchrashgach, Olimjon qoʻshimcha moliyalashtirishning haqiqiy bahosi haqida oʻylab, boshi qotgan. Moliyaviy maslahatchi unga bazaviy stavka (hozirda 15 foiz) dan 1 foiz koʻproq foiz stavkasini taklif qiluvchi bank borligini va bankdagi joriy balansini 40 mln. UZS dan olinadigan kreditning 20 foizigacha boʻlgan miqdorga oshirishni soʻradi. U holda:
agar foiz va asosiy summa 3 oylik kredit davrining oxirida toʻlansa,
Olimjonga bank tomonidan taklif qilingan kreditning yillik foiz stavkasi qancha?
agar bank foiz stavkasini diskontlash sharti bilan bazaviy stavkagacha kamaytirmoqchi boʻlsa, olimjon bu variantni qabul qilishi kerakmi?
9-MAVZU. MAHALLIY MOLIYA VA MAHALLIY BYUDJETLAR
1-topshiriq. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Mahalliy moliyaning ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi?
Mahalliy moliyaning tarkibiy qismlari qanday bo‘g‘inlarni o‘z ichiga oladi?___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Mahaliy byudjetlar mahalliy moliyada qanday o‘ringa ega?
Mahalliy byudjetlar tartibga soluvchi daromadlari qanday tarkibdan iborat?___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Mahalliy moliyaning barqarorligi qanday omillarga bog‘liq? ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Mahalliy byudjetlarning ta’minlanganlik ko‘rsatkichlari qanday aniqlanadi?