Davlat moliyasini boshqarish obyektlari va subyektlari qaysilar? Misollarda tushuntiring.
Davlat moliyasini boshqarishga mas’ul organlarning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Markaziy va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining davlat moliyasi borasidagi vakolatlari va mustaqilligi shartlari va mezonlari qanday?
Byudjet istiqbolini belgilash, byudjetlararo munosabatlarni muvofiqlashtirishda markaziy va mahalliy davdat hokimiyati organlari faoliyatida qanday muammolar mavjud, ularni hal etish yo‘llari qanday? Bu borada O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida qanday ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan?
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarishdagi ahamiyatini nimalar bilan izohlash mumkin?
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tarkibiy bo‘linmalarining davlat moliyasini boshqarish borasidagi vakolatlari nimalardan iborat?
Xorijiy davlatlarda markazlashgan va nomarkazlashgan davlat moliyasini boshqarish organlari haqida nimalarni bilasiz?
5-topshiriq. Mavzu yuzasidan topshiriqlar
Davlat moliyasini boshqarishga mas’ul organlarning vakolatlari, vazifalari va funksiyalari aks ettirilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar katalogini ishlab chiqing.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini o‘rganish asosida “Davlat moliyasini boshqarishdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida taqdimot tayyorlang.
6-MAVZU. DAVLAT BYUDJETI
1-topshiriq. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati nimada? Davlat byudjetining iqtisodiy kategoriya, moddiy tushuncha, huquqiy kategoriya sifatida amal qilishini tushuntirib bering.
Iqtisodiy rivojlanishning turli davrlarida O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan byudjet defitsitining sabablarini aniqlang. Hukumatning qanday tadbirlari byudjet defitsiti muammosining hal qilinishiga qaratildi?