Davlat kreditining mazmun-mohiyati va funksiyalari. Davlat krediti klassifikatsiyasi. Davlat kreditini boshqarish



Download 32,33 Kb.
bet7/7
Sana18.07.2022
Hajmi32,33 Kb.
#821771
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DAVLAT KREDITI

6. Davlat qarzlarini boshqarish


O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy organi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. Oliy Majlis byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo’lgan mablag’lar va byudjet mablag’lari hisobidan kreditlashtirishning maksimal miqdorlarini belgilaydi. U yoki bu ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlarni chiqarishning chegaraviy hajmini O‘zbekiston Respublikasi hukumati – O‘zbekiston Respublikasi Vazir-lar Mahkamasi o’rnatadi. 2019 yilda davlat qarzining chegaraviy hajmi mamlakatda yaratilayotgan YaIMning 50 foizidan oshmasligi zarur.
Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun ikki dasturni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq:

  • tashqi qarzlarni olish davlat dasturi;  ichki qarzlarni olish davlat dasturi.

Bu dasturlar maqsadlari, manbalari va qaytarilish muddatlarini ko’rsatgan holda navbatdagi moliyaviy yilda olinishi lozim bo’lgan qarzlar ro’yxatidan iboratdir. Dasturlar navbatdagi yil byudjetining loyihasi bilan Oliy Majlisga taqdim etiladi va tasdiqlanishi kerak.
Xususan, tashqi qarzlar olish davlat dasturida ikki guruhga bo’lib, aks ettiriladi:

  • bog’lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar (qarzlar);  maqsadli xorijiy qarzga olishlar (qarzlar).

Bularning har ikkalasi uchun ham yuqoridagi dasturda alohida-alohida quyidagilar o’z ifodasini topishi kerak:

  • bog’lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar:

 (qarzlar) bo’yicha:

  • jalb qilish manbalari;

  • qarzga olish summalari;  qaytarish muddatlari.

 maqsadli xorijiy qarzga olishlar:  (qarzlar) bo’yicha:

  • yakuniy oluvchi;

  • qarzga olishning maqsadi va foydalanish yo’na-lishi;

  • qarzga olish manbasi;

  • qazga olish summasi;

  • qarzni qaytarish muddatlari;

  • mablag’larni byudjetga qaytarish bo’yicha uchinchi shaxsning kafolati;

  • navbatdagi moliyaviy yil boshlangunga qadar foydalanilgan mablag’lar hajmining baholanishi;

  • navbatdagi moliyaviy yilda mablag’larning foydalanish hajmi prognozi (bashorati).

O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog’ozlarining yagona emitenti bo’lib, Moliya vazirligi hisoblanadi va u O‘zbekiston hukumati tomonidan aniqlangan chegaralarda ularning chiqarilish muddatlari va hajmini belgilaydi.
Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari davlat jamg’armalarning mablag’larini maqsadli va barqaror sarflanishini ta’minlash, byudjetdan moliyalashtiri-layotgan tashkilotlarning qarzlarini kamaytirish maqsadida ijroiya hokimiyat organlariga davlatning qimmatli qog’ozlarini chiqarish, kreditlar va qarzlar olish yo’li bilan qarz mablag’larini jalb qilish taqiqlangan (hukumat tomonidan to’g’ridan-to’g’ri o’rnatilgan hollardan tashqari). Bu jihat davlatning byudjetdan tashqari jamg’arlariga ham tegishlidir.
Davlatning ichki qarzlariga xizmat qilish bo’yicha bosh vakil funksiyasini mamlakatning Markaziy banki bajaradi. Har bir obligatsiyani muomalaga chiqarish emissiyasida barcha yagona va jamlanma sertifikatlar Moliya vazirligi tomonidan saqlash va hisobga olish uchun depozitariyga berilishi kerak. Depozitariy funksiyasini Markaziy bank yoki u tomonidan vakolati belgilangan boshqa tashkilot bajarishi mumkin. Markaziy bank Moliya vazirligining topshirig’iga ko’ra va respublika byudjetining mablag’lari hisobidan obligatsiyalarning egalariga bu obligatsiyalar qaytarilayotgan paytda to’lovlarni amalga oshiradi.
Davlat qimmatli qog’ozlarini tartibga solish hukumatning Moliya vazirligi va
Markaziy bank bilan hamkorlikdagi eng muhim va mas’uliyatli funksiyalaridan biridir. Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog’ozlarini tartibga solish choralarini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  • “olovli” choralar – qayta moliyalashtirish va lombard stavkalarini oshirish

(ko’tarish), qimmatli qog’ozlar va valyuta bozorlarida Markaziy bankning interventsiyasi. Biroq bunday choralar qisqa vaqt – 2 yoki 3 kun uchun ta’sirchan hisoblanadi;

  • xorijiy qarzga olish. Qimmatli qog’ozlar bozoriga ta’sir ko’rsatish uchun qarz olishning o’zi emas, balki kreditlarning olinishi to’g’risida ishonch bo’lishining o’zi etarlidir. Yuqoridagi choralar singari bu guruhga kiruvchi choralar ham, ma’lum darajada va ma’noda, tanazzulni orqaga suruvchi va uning ildizlariga barham bermovchi “olovli” choralar hisoblanadi;

  • davlat qimmatli qog’ozlar milliy bozori nobarqarorligining oldini olishga samarali va uzoq muddatli ta’sir ko’rsatishga uzoq muddatli monitar choralarga moliyaviy bozorning chegarasidan chetga chiquvchi choralar (xususan, soliq tizimi va soliqlarning undirilishini tartibga solish, byudjet defitsitini qisqartirish, iqtisodi-yotning o’sishiga erishish va h.k.lar) qo’llanilsagina, erishish mumkin.

Davlat qarzlarini boshqarish mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atlari va sifatiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining muhim qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlarini boshqarishda aniq bir kontseptsiyaga ega bo’lish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu kontseptsiyada davlat qarzlarini boshqarish hamda pul-kredit siyosati va valyuta siyosati o’rtasidagi aloqalarni davlat qarzlarining davlat moliya tizimidagi o’rnini, tashqi va ichki davlat qarzlarining bir-birlari bilan bog’liqligini aniqlash juda muhimdir.
Download 32,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish