asosida topshiradi.
3.2. “Ijaraga oluvchi”
ijara muddati tugaganda, shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki
haqiqiy emas deb topilganda “obyekt”ni 5 (besh) ish kuni ichida “Balansda saqlovchi”ga soz va but holatida
dalolatnoma bilan qaytarib topshiradi.
3.3. “Obyekt”ni topshirish-qabul qilish va qaytarish-qabul qilish “Balansda saqlovchi”, “Ijaraga
oluvchi va “Ijaraga beruvchi” tomonidan elektron raqamli imzo bilan imzolanadigan dalolatnoma bilan
rasmiylashtiriladi.
3.4. “Obyekt”ni topshirish-qabul qilish yoki qaytarish – qabul qilish
dalolatnomasi taraflarning
vakolatli rahbarlari tomonidan elektron raqamli imzo bilan imzolangan kunda “obyekt” topshirilgan, qabul
qilingan hisoblanadi.
Dalolatnomada tuzilgan sana, shartnomasining rekvizitlari (sanasi, tartib raqami) va “obyekt”ning
texnik holati ko‘rsatiladi.
3.5. “Obyekt” qaytarib topshirilayotganda kamchiliklar aniqlangan taqdirda (qonunchilik hujjatlarida
nazarda tutilgan hollardan tashqari) “Ijaraga oluvchi” “obyekt”ni shartnoma shartlariga muvofiq holatga
keltirgungacha yoki yetkazilgan zararni qoplagungacha “Balansda saqlovchi” uni qabul qilishni rad etishga
haqli. Bu muddatda shartnoma
asosida ijara haqi hisoblanib, to‘lov davom etadi.
3.4. “Ijaraga oluvchi” “obyekt”ni shartnomaning shartlariga muvofiq belgilangan muddatda
qaytarmagan taqdirda, buning
oqibatida yetkazilgan zararni, shu jumladan “obyekt”dan foydalangan davri
uchun hisoblangan ijara haqini “Ijaraga beruvchi”ga to‘lab beradi.
IV. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI
4.1. “Obyekt”dan foydalanganlik uchun ijara haqi “Ijaraga oluvchi” “obyekt”ni
dalolatnoma asosida
qabul qilib olgan kundan boshlab hisoblanadi.
4.2. “Ijaraga beruvchi” “obyekt” belgilangan muddatda dalolatnoma asosida qabul qilib olinishi uzrli
sababsiz kechiktirganda ijara haqini hisoblash shartnoma tuzilgan (imzolangan) kundan boshlab hisoblanadi.
4.3. “Ijaraga oluvchi” “obyekt”dan faqat “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK
tomonidan rasmiylashtirilgan elektron onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomada belgilangan
faoliyatlar turini amalga oshirishda foydalanadi.
4.4. “Obyekt”dan belgilangan faoliyat turlaridan boshqa yo‘nalishda foydalanish taqiqlanadi.
4.5. Elektron onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomada belgilangan faoliyatlar turini
o‘zgartirish faqat ushbu obyektni auksionga qayta joylashtirish orqali amalga oshiriladi.
4.6. Shartnomaga tomonlar imzolangan kundan keyin 5 (besh) ish kuni ichida “online-ijara.uz”
dasturida qo‘shimcha kelishuv tuzish orqali quyidagi ilovalar rasmiylashtiriladi:
1-ilova - “Obyekt”ni topshirish-qabul
qilish dalolatnomasi;
2-ilova - “Obyekt”ning joriy yil yakuniga qadar hisoblangan ijara to‘lovi miqdori hamda ijara haqini
to‘lash muddati va taqsimoti.
4.7. Shartnoma unga qo‘shimcha kelishuv tuzish orqali 1- va 2-ilovalar rasmiylashtirilib,
imzolanganidan keyin “Ijaraga beruvchi” tomonidan “online-ijara.uz”dasturida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
4.8. Shartnomaga qo‘shimcha kelishuv 5 (besh) ish kunlik muddatda rasmiylashtirilmaganligi
shartnoma kuchga kirmagan deb hisoblanishiga va amalda qo‘llanilmasligiga sabab bo‘ladi.
4.9. “Ijaraga oluvchi” tomonidan “obyekt”da “Balansda saqlovchi”ning roziligi asosida va “Ijaraga
beruvchi”ni ogohlantirgan holda mukammal (kapital) ta’mirlash
ishlari amalga oshirilganda, mukammal
(kapital) ta’mirlash xarajatlari Qurilish vazirligining tegishli xizmatlari o‘tkazgan ekspertiza xulosasi asosida
“Balansda saqlovchi”ga ajratiladigan ijara to‘lovi summasini kamaytirish hisobiga qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: