Davlat kadastrlari asoslari


axborot tizimlari servislari



Download 35,77 Kb.
bet7/10
Sana27.01.2022
Hajmi35,77 Kb.
#414427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Davlat kadastrlari asoslari

axborot tizimlari servislari — dasturiy-texnik vositalar, ular yordamida hududlar davlat kadastri ma’lumotlari foydalanish uchun taqdim etiladi va ularni qayta ishlash operatsiyalari amalga oshiriladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish ko‘chmas mulkni hisobga olishning yagona tizimini yaratish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarga kadastr raqamlari berish maqsadida amalga oshiriladi.
Kadastr bo‘yicha bo‘lish va kadastr raqami berish tizimi ko‘chmas mulkni hisobga olishning yagona tizimida har qanday yer uchastkalari, binolar va inshootlarni bir xilda identifikatsiyalashni ta’minlashi kerak.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar, kadastr zonalari, kadastr massivlari, kadastr mavzelari, yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish birliklari hisoblanadi.
3. Mintaqalar, tumanlar va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar darajasida kadastr bo‘yicha bo‘lish chegaralari ma’muriy bo‘linish chegaralariga to‘g‘ri keladi. Tegishli ravishda ma’muriy tuman (viloyatga bo‘ysunuvchi shahar) hududi kadastr zonalariga bo‘linadi.
Ma’muriy tuman hududini bo‘lishda qishloqlar, ovullar va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar (shaharchalar); viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar hududini bo‘lishda shahar tumanlari (mavjud bo‘lsa) yoki turli (tabiiy, imoratning qurilishi xususiyati, foydalanish maqsadi kabi) belgilari bo‘yicha ajralib turadigan shaharlar qismlari, masalan: sanoat zonasi, turar joy massivlari, bog‘ va dam olish zonalari kabilar kadastr zonalari sifatida qabul qilinadi.
Kadastr zonalari chegaralari kadastr massivlarining tashqi chegaralari tegishli geodeziya koordinatlariga ega bo‘lgan chegara burilishining birkitilgan nuqtalari bo‘ylab yoki tabiiy chegaralar (daryolar, temir yo‘llar, magistral kanallar, kollektorlar, boshqa muntazam obyektlar) bo‘ylab o‘tishi kerak. Kadastr zonalari ma’muriy tuman yoki shahar hududini uzilishlarsiz va kesib o‘tishuvlarsiz qoplashi kerak.
4. Kadastr zonasi hududi kadastr massivlariga bo‘linadi.
Qishloq, ovul kadastr zonasi hisoblangan hollarda qishloq aholi punktlari, qishloq xo‘jaligi maqsadidagi va boshqa maqsaddagi yer massivlari kadastr massivlari sifatida qabul qilinadi.
Tuman bo‘ysunishidagi shahar (shaharcha), shahar tumani yoki shaharning bir qismi kadastr zonasi hisoblangan hollarda mahalla kadastr massivlari sifatida qabul qilinadi, bunda kadastr massivlari chegarasi kadastr mavzelarining tashqi chegaralari bo‘ylab o‘tishi va aholi punktlarining ko‘chalari yoki tashqi chegaralari bilan mos kelishi kerak. Kadastr massivlari kadastr zonasi hududini uzilishlarsiz va kesib o‘tishuvlarsiz qoplashi kerak.
5. Kadastr massivi hududi kadastr mavzelariga bo‘linadi.
Qishloq aholi punkti yoki mahalla kadastr massivi hisoblangan hollarda shakllangan rejalashtirish, imoratlarning qizil chiziqlari, mavjud muntazam obyektlar (ko‘chalar, yo‘llar, daryolar, suv oqimlari, ko‘tarma ko‘priklar va boshqalar), boshqa tabiiy chegaralar hisobga olingan holda har xil belgilar (tabiiy, imoratning qurilishi xususiyati, foydalanish maqsadi va hokazolar) bo‘yicha ajralib turadigan yer uchastkalarining jami sifatida qabul qilinadi.
Qishloq xo‘jaligi maqsadidagi va boshqa maqsaddagi yer massivi kadastr massivi hisoblangan hollarda bog‘dorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkati, qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki boshqa korxona va yirik obyektlar kadastr mavzesi sifatida qabul qilinadi.
Kadastr mavzelari kadastr massivi hududini uzilishlarsiz va kesib o‘tishuvlarsiz qoplashi kerak.
6. Yer uchastkalari kadastr bo‘yicha bo‘lishning va ajratish tartibida ajratilgan yerni hisobga olishning birlamchi birligi hisoblanadi.
Muayyan yuridik va jismoniy shaxslarga biriktirilmagan umumiy foydalaniladigan ko‘chalar, maydonlar, ko‘kalamzorlashtirilgan zonalar, yodgorlik komplekslari, qabristonlar, shahar axlatxonalari, shahar qurilishi uchun ajratiladigan zaxira yerlar va boshqa yerlarga bo‘linadigan kadastr bo‘yicha hisobga olish uchastkalari yerni kadastr bo‘yicha bo‘lish va hisobga olish birligi hisoblanadi.
.
7. Hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
8. Kadastr bo‘yicha bo‘lish materiallari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

2. DAVLAT KADASTRLARINI YARATISH VA YURITISHDA XORIJIY MAMLAKATLARNING TAJRIBALARI




DAVLAT KADASTRLARINI YARATISH VA YURITISHDA XORIJIY MAMLAKATLARNING TAJRIBALARI Avstriyada 1985-yildan tashkiliy jihatdan Yer kitobi va kadastr bitta hisoblanadi va markazlashgan holda yuritiladi. Yer kitobi Federal adliya vazirligi, kadastr esa Federal Iqtisodiy masalalar vazirligi tasarrufidadir. Yer kitobi va kadastr Federal Hukumatga bo'ysunadi. Ko'chmas mulk obyektlarini shakllantirish (inventarizatsiya, baholash, kadastr suratga olish, yuridik hujjatlami yig'ish) xususiy geodezistlar tomonidan ham olib boriladi. Kelajakda Yer kitobi va kadastrning birligi keng qamrovli geografik ma’lumotlar tizimini yanada kengaytirish asosida amalga oshirish tendensiyasi ko'zatilmoqda. Buyuk Britaniyada Ko'chmas mulk kadastri - mulkiy huquq himoyasi tizimining funksional birligi sifatida mavjud emas. 1862-yildan yer uchastkalariga bo'lgan huquqni ro'yxatdan o'tkazish — yer uchastkalari nomlari Reyestri amalga kiritildi. Ko'chmas mulkni shakllantirish (inventarizatsiyalash, baholash, kadastr suratiga olish, yuridik hujjatlami yig'ish), o'lchash ishlari bo'yicha xususiy byurolar tomonidan olib boriladi. Ular, shuningdek, kadastr yuritishni ham amalga oshiradilar. Ingliz tizimi mulkiy huquqning himoyasini 13 ta’minlash tizimida davlat aralashuvi (ishtiroki)ning juda kamligining namunasidir. To£la qamrovli yer-kadastr tizimini yaratish yaqin kelajakda kuzatilmayapti. Gollandiyada Yer kitobi va kadastrni yuritish funksiyalari Uy-joy qurilishi, rejalashtirish va atrof-muhitni himoya qilish vazirligi tasarrufidagi “Kadastr” xizmatlari tomonidan olib boriladi. Kadastrni yuritish to£liq avtomatlashtirilgan. Ro£yxatdan o£tkazish va kartografik m a’lumotlar integratsiyalanish tendensiyasi asosida amalga oshirilmoqda. Germaniya Federativ Respublikasida Germaniya tizimi tashkiliy jihatdan Yer kitobi va Yer kadastriga bo£linadi. Tizim tarix davomida shunday shakllanganki, Yer kitobini yuritish — yer uchastkasiga bo£lgan yuridik m a’lumotlar Reyestri sifatida (mulkka munosabat, huquq va boshqa huquqiy holatlar) Federal adliya vazirligi (ro£yxatdan o£tkazish sudlari) tom onidan amalga oshiriladi. Yer kadastri esa mulkning haqiqiy holatining (tarkibining) isboti sifatida (bunda: nomi, holati, o £lchami, qurilish inshootlari, foydalanish va boshq.) yuritiladi va Federal yer vakolatida hisoblanadi. Ko£chmas mulkni shakllantirish hususiy geodezistlar tomonidan ham amalga oshiriladi. M a’muriy va byurokratik qiyinchiliklar yagona federal tizimni rivojlanishiga to £sqinlik qilmoqda. Tashkiliy va texnologik jihatdan kadastr xizmatlari va ro£yxatdan o£tkazish sudlarini birlashishi hamda ro£yxatdan o£tkazishni to£liq kompyuter texnologiyalariga o£tish tendensiyasi kuzatilmoqda. Fransiyada Ko£chmas mulk Reyestri — ko£chmas mulk ipotekasi va garovi kartotekalari bo£yicha Moliya vazirligi tarkibiga kiruvchi Asosiy huquqlar va ipotekalar reyestr xizmati tomonidan yuritiladi. Saqlash vazifasi bo£lmagan yer uchastkalari ro£yxatdan o£tkazilmaydi. Mahalliy hokimiyat oiganlarining kadastr xizmatlari o£lchashlar asosidagi, soliq 14 solish uchun asos bo'lib xizmat qiladigan grafik kadastmi yuritadilar. Kadastr yuritishni kompyuter texnologiyalariga o4kazish amalga oshirilmoqda, tarixdan shakllanib kelgan soliq kadastri bosqichma-bosqich geoaxborot tizimiga qayta shakllanib bormoqda. AQShda to'la qamrovli kadastr mavjud emas. Yerlami ro'yxatdan o'tkazish, o‘lchash yoki markirovkalash majburiyati yo'q. Mulkni boshqa shaxsga o'tkazish: yozma shaklda tuzilgan oldi-sotdi to'g'risidagi majburiyat shartnomasi, kamida so'nggi 30 yil ichida ushbu mulkka bo'lgan huquqni isbotlashda advokat ishtiroki, tegishli yer uchastkasi bo'yicha sug'urta kompaniyasi tomonidan beriladigan tarixiy ma’lumot va mulkni boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi Jamoa reyestriga kiritiladigan hujjat kabi bir nechta etaplarda amalga oshiriladi. Reyestr xususiy sug'urta kompaniyalari tomonidan yuritiladi. Ayrim shtatlarda asosan yerlar, bino va inshootlar hisobini olib borish maqsadida ko'chmas mulk kadastrini tashkil etish tendensiyasi kuzatilmoqda. Shveytsariyada kadastr tizimi ikkita organ: Federal adliya vazirligi tasarrufidagi Yer kitobi, va kantonlar tasarrufidagi kadastr vositasida butun mamlakat hududida bir xil shaklga keltirilgan (unifikatsiyalangan). Ko'chmas mulkni shakilantirish ishlari shuningdek, xususiy geodezistlar tomonidan ham olib boriladi. Mavjud tizimni Kadastr xaritalash Federal agentligi rahnamoligida Yer m a’lumotlari yagona milliy kompyuter tizimini yaratish yo'li bilan qayta tashkil etish rejalashtirilmoqda. Shvetsiyada ko£chmas mulkni shakilantirish va unga bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish Shvetsiya Milliy yer xizmatining hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ro'yxatdan o'tkazish tartibi to£liq avtomatlashtirilgan, yer axborotlari yagona ma’lumotlar banki amal qiladi. Mazkur sohada Shvetsiya dunyoda yetakchi hisoblanadi. 15 Hozirda kompyuter tizimini isloh qilish undan bozor strukturalari tomonidan (banklar, sug'urta kompaniyalari) yanada kengroq foydalanishga, shuningdek, huquqlarni ro'yxatdan o'tkazish to 'g 'risid ag i arizalarni berishni kompyuterlashtirishga qaratilgan. Rossiya Federatsiyasida “Ko'chmas mulkka bo'lgan huquq va ular bilan bog'liq bitimlami davlat ro'yxatidan o'tkazish” Qonuniga muvofiq, ko'chmas mulkka boigan huquq va ular bilan bog'liq bitimlami davlat ro'yxatidan o'tkazish hamda yagona davlat Reystrini yaratish va yuritish Adliya organlari zimmasiga yuklatilgan. Ko'chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyalash va davlat hisobini olib borish bir nechta tashkilot (oigan)lar orqali amalga oshiriladi, Jumladan: Geodeziya va kartografiya Federal xizmati; Federal yer kadastri xizmati; Qurilish va uy-joy kommunal kompleksi davlat qo'mitasi. Ko'chmas mulkka boigan huquq va ular bilan bogiiq bitimlami davlat ro‘yxatidan oikazish borasida Adliya muassasasi hamda ko'chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyalash va davlat hisobini olib boruvchi organlar o'rtasida o'zaro hamkorlik borasida Hukumat qarori bilan Idoralararo Kengash tashkil etilgan. Ko'chmas mulkka boigan huquq va ular bilan bog'liq bitimlami davlat ro'yxatidan o ik a ­ zish tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish to'g'risida “Federal Dastur” tasdiqlangan. Yer va mulkiy munosabatlami tartibga solish va isloh qilish maqsadida “ Davlat yer kadastrini hamda ko'chmas mulk obyektlarini davlat hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish maqsadli Federal dastur” tasdiqlangan. Manfaatdor idoralaming o'zaro hamkorligi va faoliyatini muvofiqlashtirish tendensiyasi yuzaga kelgan



  1. Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan xukuklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini tushuntirib bering.

1. Mazkur Nizom yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizom talablari foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lgan yer qa’riga joriy etilmaydi.
3. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
4. Yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqi ushbu huquqlar mazkur Nizomga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin kuchga kiradi.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan amalga oshirilgan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
5. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

Download 35,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish