Dasturning aniq ro‘yxati quyidagilardan iborat bo'ladi: - iqtisodiyotni, ijtimoiy sohani va mamlakat mudofaa qudratini tarkibiy o‘zgartirishni ta’minlovchi respublika iqtisodiyoti ustuvor yo'nalishlarini rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga yo'naltiriladigan markazlashtirilgan investitsiyalar limitlaridan;
- xorijiy investitsiyalar va hukumat kafolati ostida kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq dasturidan;
- to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalai va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq dasturidan;
- ustuvor investitsiya takliflarining yig‘ma ro'yxatidan iborat bo‘ladi.
Kapital qo'yilmalarni rejalashtirish. Muhim investitsiya takliflarining yig`ma ro'yxati. Investitsiya loyihalarining adres dasturlari, adres ro'yxatlari: ulami ko'rib chiqish va tasdiqlash tartibi - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital qurilishni mablag` bilan ta’minlash va uni kreditlash ishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiaiiig «Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-ladbirlari to`g`risida»gi qarorida ko'rsatilgan tartibga asosan amalga oshiriladi. Unga muvofiq, investitsiya loyihasini markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablag` bilan ta’minlash har qaysi obyekt bo`yicha ajratilgan kapital qo'yilmalar limltlari doirasiga qat’iy amal qilgan holda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan qurilishlarning aniq mo`ljalli ro`yxati va qurilishlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan titul ro'yxati asosida amalga oshiriladi.
Ustuvor yo’nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin: - Birinchisi, ommaviy turar joy qurish;
- Ikkinchisi, zamonaviy kommunikatsiya vositalari, transport va aloqa vositalarini ishlab chiqarish, transport va axborot tarmoqlarini yaratish va modernizatsiya qilish
- Uchinchisi, yuqori texnologiyalar. Yuqori texnologik va jahon bozorlarida raqobatbardosh, import tovarlarining o‘rnini bosa oladigan tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish;
- To'rtinchisi, zaxiralarni tejovchi ekologik toza texnologiyalar. Mineral boyliklarni yerostidan qazib olish va tabiiy xomashyoni to'liq va kompleks qayta ishlash uchun eng yangi fan-texnika yutuqlaridan foydalanish;
- Beshinchisi, fermerlik va dexqon xo'jaliklari tarmog'i, ishlab chiqarish, qayta ishlash, qadoqIash, transportirovka qilish, sotish va shifobaxsh qo'shilmalari bo'lgan ekologik va oziq-ovqat mahsulotlari bo'yicha andozlarga amal qilgan holda nazorat qilish texnologiyasini o'zlashtirib olgan qayta ishlovchi va savdo korxonalarning ko'magi asosida ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini ishIab chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |