39
Diagramma shuni ko‘rsatadiki, mos keladigan ustunlarning balandligi
fevraldan iyungacha kamayadi. Javobni olishda oqilona yondashish, salbiy
tendensiya iyulda ham davom etishini hisobga olish kerak. Shuning uchun
diagrammada iyun oyida sotilgan disklar sonini (taxminan 650 dona)
aniqlash va olingan javoblarni tayyor javob variantlari bilan taqqoslash
kifoya. Keyin C (670) va D (1340) javoblari aniq noto‘g‘ri
ekanligi aniq
bo‘ladi, chunki ular iyun (650)ga nisbatan kattaroqdir va A (70) javoblar
juda kichikdir.
Diagrammada fevraldan iyungacha har oyda sotilgan disklar sonini
topib, keyin ikki qo‘shni oy o‘rtasidagi farqni hisoblab,
ushbu farqlarni
umumlashtirgan holda, miqdorni 5 ga ajratib va keyingi oyda sotiladigan
disklar ning o‘rtacha sonini olish ham mumkin. Ammo bu juda ko‘p vaqt
talab etadi, hisoblashda xatolarga duch kelish mumkin. Iyun oyining
oxirida «Bolalar» guruhi disklarining sotilishini tasvirlaydigan ustunni
ham hosil qilish mumkin. Keyin 5 ustunning yuqori qismidan (fevraldan
iyungacha «Bolalar» guruhi tomonidan sotilgan disklar soni) to‘g‘ri chiziq
tortib va hosil qilingan ustun bilan kesishguncha davom ettirsa maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Vertikal o‘qda ustunning kesishishi 500 dan 250
gacha
bo‘lishini ko‘rish mumkin. Tayyor javoblar bilan taqqoslab, to‘g‘ri javob B
ekanligini ko‘rish mumkin.
Topshiriq «ma’lumotlar va noaniqlik» sohasi bilan bog‘liq, taqdim
etilgan vaziyat «ijtimoiy», aqliy faoliyat «talqin qilish». Ushbu topshiriq
uning tuzuvchilari tomonidan savollarning tobora murakkablashi
shiga erishganiga misol bo‘lishi mumkin. 1savol an’anaviy, 4–5sinf
o‘quv chilari uchun ochiq va shuning uchun natija juda yuqori.
Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tarkibidagi davlatlarning
taxminan 87 % o‘quvchilari to‘g‘ri javob bergan. 2savol yanada mu rak kab,
u bir nechta harakatlarni talab qiladi, shuning uchun natijalar biroz past:
OECD mamlakatlaridan kelgan o‘quvchilar – 80 %, 3savol mutlaqo
nostandart, hal etish usulini mustaqil ishlab chiqishni talab qiladi.
Ko‘rinishidan aksariyat o‘quvchilar yuqorida aytilganlarga o‘xshash
fikrlarga va tayyor javoblar
variantlariga tayanishdi, shuning uchun
natijalar ancha yuqori: OECD mam
lakatlarining o‘quvchilari 77 foizi to‘g‘ri
javob bergan.
40
Butun dunyodagi yuklarning 95 foi zi den giz tranzit yo‘llari orqali
tashishadi. Bunda taxminan 50 000
ga yaqin tan kerlar, ulkan yuk orti
ladigan kema
lar dan foydalaniladi. Bu kemalarning ko‘pchiligi dizel
yoqil g‘isi orqali harakatlanadi. Endi likda mu han dislar shamol kuchi
yordami bilan harakatlanadigan kemalarni loyi ha lash tir moqda.
Ularning
taklifiga ko‘ra, kema larning old qismiga ulkan yelkanlar o‘rnatiladi. Agar
bu taklif qo‘llabquvvatlansa, dizel yoqilg‘isi iste‘moli keskin kamayishi
va atrofmuhitga chiqayotgan zaharli gazlarning miqdori pasayishi
kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: