9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalari
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalari quyidagilardan iborat:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy nashrlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining, shuningdek ushbu organlar tomonidan vakolat berilgan mansabdor shaxslarning chiqishlari va
bayonotlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining xabarlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rasmiy veb-saytlarining materiallari;
ommaviy axborot vositalarining materiallari.
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar ham davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalari bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |