29-savol:
Davlat funksiyalari bilan uning maqsad va vazifalari o‘rtasida aloqa-dorlikni yoritib bering. Fikringizni misollar bilan asoslang.
Javob
Davlat funksiyasi ― bu davlat oldida turgan vazifalarni amalga oshi-rishga qaratilgan davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Olimlarning dav-lat funksiyasiga bergan ta’riflarida jiddiy farq yo‘q,ularning hammasi ham davlat funksiyasini uning faoliyat yo‘nalishi bilan bog‘laydilar. Davlatning va-zifasi va funksiyasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ikki xil ma’nodagi tushun-chadir.Har bir davlatning vazifasi u amalga oshiradigan bosh asosiy yo‘lni belgilaydi.Vazifa ― bu jamiyat va davlat oldida turgan,o‘z yechimini kutayot-gan muammo yoki masala.Davlatning maqsadi asosiy u intiladigan farovon, yorqin kelajak bo‘lib,uning barcha vazifalari ana shu oliy maqsadni ta’min-lashga yo‘naltiriladi. Davlat o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishishi uchun ma’lum bir vazifalarni hal qilishi lozim, bu o‘z navbatida tegishli funksiya-larni amalga oshirishni taqozo etadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining kelajakka qaratilgan oliy maqsadlaridan biri demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishdir.Buning uchun birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan kerakli chora-tadbirlar va vazifalar belgilab berilgan.Hozirgi kunda bu vazifalar sekinlik bilan amalga oshirib kelinmoqda.Bu vazifani amalga tatbiq etish uchun davlatning ijtimoiy, huquqiy tartibni muhofaza qilish kabi funksiyalari ishga tushiriladi.O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi maqsadlaridan biri jahonda tinchlikni saqlashdir.Bizning oldimizda esa, chet davlatlar bilan aloqalarni o‘rnatish,hamkorlik qilish vazifalari yuzaga keladi.Buni amalga oshirish uchun davlatning tashqi funksiyasi ishga tushadi.Bu misollardan ko‘rinib turibdiki,davlatning funksiyasi,vazifasi va maqsadi o‘zaro bog‘liq tushun-chalardir.
30-savol:
Davlat funksiyalarini amalga oshirishning huquqiy va tashkiliy shakl-larini tahlil eting hamda ularni o‘zaro taqqoslang.
Javob
Davlat funksiyalarini amalga oshirishning tashkiliy shakllarini tushuni-shimiz uchun mudofaa funksiyasini misol qilib olsak bo‘ladi.Mazkur funksiya tarkibiga: davlatning tashqi chegaralarini aniq belgilash va uni qo‘riqlash cho-ra-tadbirlarini ko‘rish, qurolli kuchlarni shakllantirish va tarbiyalash,davlat xavfsizligi haqida g‘amxo‘rlik qilish,mudofaa sohasidagi ishlarga rahbarlik qilish bo‘yicha davlat organlarini tashkil etish, harbiy-mudofaa haqidagi qo-nunlarni yaratish hamda takomillashtirish kabilar kiradi.Davlat o‘z funksiya-larini ado etish uchun qonun chiqaruvchilik, ijro etuvchilik va sudlov faoliya-tini olib boradi. Huquq ijodkorligi,ijroiya farmoyish berish va huquqni muho-faza qilish faoliyati ― hozirgi zamon davlati funksiyalarini amalga oshirish-ning asosiy huquqiy shakllari hisoblanadi.Davlat taraqqiyotining u yoki bu bosqichida o‘z oldida turgan vazifalarga muvofiq ishontirish,rag‘batlantirish yoki majbur etishning turli vositalaridan foydalanishi mumkin.Davlatning biror-bir funksiyasini amalga oshirishning tashkiliy shakli qo‘llanganda, uning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun albatta qonun,farmon va farmoyishlar e’lon qilinadi.Bu esa ikkala shaklning uzviy bog‘liqligini ko‘rsatib turibdi.
31-savol:
Davlat funksiyalarini tasniflashga asos bo‘luvchi mezonlarni muhoka-ma qiling.Fikringizni misollar bilan asoslang.
Javob
Ilmiy va amaliy maqsadlarda davlat funksiyalari turli mezonlar bo‘yi-cha tasniflanishi mumkin.Amal qilish vaqti bo‘yicha doimiy va vaqtinchalik funksiyalarga bo‘linadi.Doimiy funksiyalar davlat amal qilishining barcha bosqichlarida ro‘yobga chiqariladi.Vaqtinchalik funksiyalar esa ijtimoiy taraq-qiyotning o‘ziga xos shart-sharoitlari bois kelib chiqadi va bunga ehtiyoj qolmaganidan keyin barham topadi.Siyosiy yo‘nalish sohalari bo‘yicha ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linadi.Ichki funksiyalar mamlakatning ichkarisidagi yetakchilik rolini anglatadi.Masalan,ta’lim,iqtisodiy,ijtimoiy,moliyaviy nazorat, huquqiy tartibni muhofaza qilish funksiyalari kiradi. Tashqi funksiyalar esa mamlakat tashqarisidagi faoliyatni anglatadi. Masalan, davlat chegaralarini qo‘-riqlash, boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilish, tashqi hujumdan davlatni mu-dofaa qilish, jahonda tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha hamkorlik qilish funksiyasi. Davlat funksiyalarini asosiy va asosiy bo‘lmagan turlarga ajratish mumkin. Lekin, bu shartli tusga ega.Sababi,bu borada aniq mezonlar hali belgilanmagan.
Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi asosida davlat funksiyalarini tasnif-lash mumkin.Bunda funksiyalar tegishincha, qonun chiqarish,boshqaruv, huquq-ni muhofaza qilish va axborot funksiyalariga bo‘linadi.Bunday tasniflashning o‘ziga xos xususiyati shundaki,u davlat hokimiyatini ro‘yobga chiqarish jara-yonini, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipini ifodalaydi.Bu qonunchilik(vakillik), ijro etish, sud hokimiyati tarmoqlari faoliyati bilan bog‘liq tasniflashdir. Axborot funksiyasi, ya’ni OAV faoliyatini ko‘rsatuvchi faoliyat yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratish lozim.Uning o‘ziga xos xususiyati quyidagilar:aholini aniq maqsadga yo‘naltirilgan axborot bilan ta’minlash,ijtimoiy ongga axborot orqali ta’sir ko‘rsatish va axborot uzatishning boshqa usullaridan iborat bo‘lib, butun davlatning amal qilishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun xizmat qiladi.
32-savol:
Davlat funksiyalarining shakllanishi hamda o‘zgarib turishiga ta’sir etuvchi omillarni muhokama qiling.
Javob
Davlat funksiyalari tizimi, mohiyati va mazmuniga insoniyat bosib o‘t-gan har bir davrning ijtimoiy,iqtisodiy,tashqi va madaniy ahvoli,vazifalari, ho-kimiyatning kimlar qo‘lida bo‘lganligi,demokratik rejim yoki fashistik tartib-qoidalar bo‘lganligi,xalqaro vaziyat,hatto tabiiy shart-sharoitlar ham o‘zining ta’sirini o‘tkazib kelgan. Eng avvalo, davlat funksiyasiga butun fan-texnika taraqqiyoti intellectual rivojlanish muayyan ta’sir ko‘rsatadi.Hozirgi barcha davlatlarning funksiyasiga XXI asrdagi fan-texnika yutuqlari o‘z ta’sirini o‘t-kazmoqda.Ekologik omil ham davlat funksiyasining evolyutsiyasiga muayyan ta’sir o‘tkazmoqda.Ushbu ta’sirning mohiyati shundaki, agar hozirgi zamonda har bir davlat o‘z hududida aholisining yashash shart-sharoitlari munosib da-rajada rivojlanishini o‘z zimmasiga olmasa, ya’ni insoniyatning umumiy tabiiy muhitda normal yashab turishini saqlab turish borasida boshqa davlatlar bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yilmasa,yaqin orada global tanglik yuz berishi ehtimol-dan xoli emas.Jamiyat axborotlashuvining kuchayib borayotganligi, ma’lumot-lar bazalari, global axborot tizimlarining yaratilishi, umumjahon axborot ma-koni ― Internet tizimining shakllantirilishi ham davlat funksiyalarining yangi evolyutsiyasini keltirib chiqarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |