«Davlat byudjeti va g’aznachilik tizimi»


Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish



Download 34,87 Kb.
bet4/5
Sana26.02.2022
Hajmi34,87 Kb.
#468261
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shuhratov Sh byudjet

3.Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish
“I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan shartnomalar va I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar (bundan buyon matnda YuMMR buyurtmalari deb yuritiladi) asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi. Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar YuMMR buyurtmasini “UzASBO” DMda shakllantiradi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga elektron hujjat shaklida yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan YuMMR buyurtmalari qog‘oz shaklida rasmiylashtirilmaydi. YuMMR buyurtmalarining elektron shaklda rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun buyurtmachilar g‘aznachilik bo‘linmalariga mazkur shartnomaning ikkita asli va bitta nusxasini, shuningdek mazkur ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali taqdim etadi. “4
Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi ma’lumotlarini “UzASBO” DMga kiritadi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining qog‘oz shaklidagi asl nusxasi g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining qog‘oz va elektron shaklda rasmiylashtirilishi, ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi, o‘zaro muvofiqligi va aslining saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi. Buyurtmachilarning “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan YuMMR buyurtmalari va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat o‘rnatish asosida bir ish kuni ichida mas’ul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “O‘RMV” ATda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko‘rsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi. “UzASBO” DMga ulanmagan buyurtmachilar YuMMR buyurtmalarini qog‘oz shaklida ikki asl nusxada, unda ko‘rsatilgan summalarni to‘lashga to‘lov hujjatlari ilova qilingan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim qiladi. G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmalarini qabul qilganlaridan so‘ng YuMMR buyurtmalariga qabul qilib olgan sanasini ko‘rsatgan holda o‘z imzolarini qo‘yadi.
G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari bir ish kuni mobaynida YuMMR buyurtmalarida ko‘rsatilgan summalarni xarajatlarni qoplashga tegishli manbalarning (budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari) mavjudligiga, shuningdek ularga ilova qilingan to‘lov hujjatlaridagi summalarni YuMMR buyurtmalarida ko‘rsatilgan summalarga muvofiqligi yuzasidan tekshiradi.
Kamchiliklar bo‘lmaganida g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari tomonidan YuMMR buyurtmalari:
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — YuMMR buyurtmalarining ikki asliga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va sanasini ko‘rsatgan holda “Ro‘yxatdan o‘tkazildi” shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha — YuMMR buyurtmalarining ikki asliga hisobga olish raqami va sanasini ko‘rsatgan holda “Buyurtma bo‘yicha to‘lovlar shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi” yozuvi bilan “Hisobga olindi” shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish yo‘li bilan hisobga olinadi. YuMMR buyurtmalarida kamchiliklar aniqlanganida, g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmasida kamchiliklarini ko‘rsatgan holda uni buyurtmachining mas’ul xodimiga qaytaradi.
Kamchiliklari ko‘rsatib qaytarilgan YuMMR buyurtmalari to‘g‘risidagi ma’lumot hisobi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan “O‘RMV” ATda elektron shaklda amalga oshiriladi.
YuMMR buyurtmasi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilganidan yoki hisobga olinganidan so‘ng buyurtmachilarning mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmasining ikki asliga qabul qilib olgan sanasini ko‘rsatgan holda o‘z imzosini qo‘yadi va YuMMR buyurtmasining bir asli buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytariladi. YuMMR buyurtmasining ikkinchi asli g‘aznachilik bo‘linmalarida saqlash uchun qoladi.
“III guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari (ularga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni ham inobatga olgan holda) (bundan buyon matnda shartnomalar deb yuritiladi) asosida g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki hisobga olinishi shart.
Bunda shartnomalarda qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida avans to‘lovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tanlov savdolari natijalari bo‘yicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda ajratilishi nazarda tutiladi. III guruh xarajatlari bo‘yicha shartnomalar amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31-dekabridan kechikmasdan tuzilishi lozim, kapital qo‘yilmalar bo‘yicha shartnomalar hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno. Shartnomalar aniq va ravshan siyoh yoki sharikli ruchka yoki yozuv mashinasida yozilgan holda to‘ldirilishi lozim. Bunda tuzatishlar, o‘chirib yozishlar yoki to‘g‘rilashlarga yo‘l qo‘yilmaydi.”5
Agar shartnomada ikkinchi tomonning xabarnomasiga ko‘ra shartnoma qo‘shimcha kelishuvsiz bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lsa ushbu shartnoma bo‘yicha yuridik majburiyatni bekor qilish kapital qo‘yilma buyurtmachilarining ikki asl nusxada Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmasi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) mazkur shartnoma shartlariga muvofiq shartnoma bekor qilinishiga qarshiligi yo‘qligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomasi asosida amalga oshiriladi. Kapital qo‘yilma buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari rasmiylashtiriladi.
Kapital qo‘yilma buyurtmachilari yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun g‘aznachilik bo‘linmalariga shartnomaning ikkita asli va bitta nusxasi bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali;
tovarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha eng kam ish haqining ikki ming besh yuz baravaridan olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etganda tanlov ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasi;
ishlarning, xizmatlarning qiymati eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etganda tanlov ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasi;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma bo‘yicha eng kam ish haqining olti ming baravaridan ortiq summani tashkil etganda tender ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasi;
agar investitsiya loyihalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bilan buyurtmachilarga tender o‘tkazmasdan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish huquqi berilgan taqdirda, xarid qilish tartib-taomili davlat xaridining summasidan qat’i nazar tanlov o‘tkazish orqali amalga oshirilganda takliflarni ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasi;
tanlov savdolari natijalari hisobotining O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan kelishilgan nusxasi;
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilish-montaj ishlarini bajarishga (qurilishning butun davri uchun berilgan) ruxsati nusxasi;
manzilli ro‘yxat (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro‘yxati) nusxasi;
qurilish obyekti titul ro‘yxati nusxasi;
pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urtalash yuzasidan shartnomasi nusxasi;
davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi nusxasi (zarur bo‘lganda);
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi bo‘lishi shart.
“IV guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar (yig‘imlar, badallar, soliqlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha yuridik majburiyatlar) asosida g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki hisobga olinishi shart. Bunda buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarida 15 foiz miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish nazarda tutiladi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar va elektron davlat xaridlar orqali tuzilgan shartnomalar bundan mustasno. IV guruh xarajatlari bo‘yicha shartnomalar amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31-dekabridan kechikmagan muddatga tuzilishi lozim, manzilli ro‘yxatlar asosida muddati bir necha yilni tashkil qilishi mumkin bo‘lgan kapital ta’mirlash xarajatlari bo‘yicha shartnomalar hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno. Shartnomalar aniq va ravshan siyoh yoki sharikli ruchka yoki yozuv mashinasida yozilgan holda to‘ldirilishi lozim. Bunda tuzatishlar, o‘chirib yozishlar yoki to‘g‘rilashlarga yo‘l qo‘yilmaydi.”6
Agar shartnomada ikkinchi tomonning xabarnomasiga ko‘ra shartnoma qo‘shimcha kelishuvsiz bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu shartnoma bo‘yicha yuridik majburiyatni bekor qilish buyurtmachilarning ikki asl nusxada Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmasi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) mazkur shartnoma shartlariga muvofiq shartnomani bekor qilinishiga qarshiligi yo‘qligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomasi asosida amalga oshiriladi. Buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari rasmiylashtiriladi. Buyurtmachilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) tegishli litsenziyaning yoki ruxsatnoma tusidagi hujjatning nusxasini (tovarlarni yetkazish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish qonunchilik hujjatlariga muvofiq litsenziyalashni yoki ruxsatnoma tusidagi hujjat olishni talab qilsa) so‘rab oladi. Ushbu hujjatlar nusxasi g‘aznachilik bo‘linmalariga ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun taqdim etiladigan shartnomalar bilan birga taqdim qilinadi. Bunda shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish uchun barcha hujjatlarni g‘aznachilik bo‘linmalariga “UzASBO” DM orqali faqat elektron shaklda taqdim etadigan buyurtmachilar yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) tegishli litsenziyaning yoki ruxsatnoma tusidagi hujjatning nusxasini o‘zlarida saqlaydilar va ushbu hujjatlar g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etilmaydi. Buyurtmachilar tomonidan qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar hajmi, mos ravishda, budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari hajmi bilan chegaralanadi.
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi doirasida tuzilgan asosiy shartnomaga qo‘shimcha kelishuv tanlov (tender) savdolari o‘tkazilishi talab qilinmaydigan hollarda mazkur qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha To‘lovlar jadvalida birinchi chorak uchun nazarda tutilgan summa asosiy shartnoma bo‘yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlaridan kam bo‘lmaslik sharti bilan tuzilishi mumkin.
Davriy bosma nashrlarning obunasi va yetkazib berish uchun shartnomalarni buyurtmachilar joriy moliya yilida keyingi moliya yili uchun tuzishi mumkin. Bunda mazkur shartnomalarda ularning amal qilish muddati kelgusi moliya yilining 31-dekabri sifatida belgilanadi, shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olishda esa “O‘RMV” ATda ushbu shartnomalar amal qilish muddati joriy yilning 31-dekabri sifatida kiritiladi.
IV guruh bo‘yicha xarajatlarni turli manbalar hisobidan, Davlat budjeti mablag‘lari, kredit mablag‘lari, davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat hamda nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda shartnomalar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligini tasdiqlovchi birlamchi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tegishli xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Shartnomalarda yoki ularga ilovalarda tovarlar miqdori (ishlar va xizmatlar hajmi), tovarlar (ishlar va xizmatlar) birligining narxi va umumiy summasi yoki ish hajmi summasi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Buyurtmachilarning shartnomalar tuzmasdan qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik majburiyatlar yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlari (schyotlar, kvitansiyalar, xabarnomalar va boshqa hujjatlar) asosida qabul qilinadigan yuridik majburiyatlarining ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
oliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash;
iqtisod qilingan mablag‘larni Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasiga (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga) o‘tkazish;
tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan budjet mablag‘lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo‘lgan miqdorda budjetdan ajratiladigan mablag‘larni Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkazish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa to‘lovlarni to‘lash.
Mablag‘larni o‘tkazish uchun buyurtmachilar g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali;
ikki asl nusxada Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa to‘lovlarni to‘lashda yuridik majburiyat mavjudligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi.
Shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun buyurtmachilar g‘aznachilik bo‘linmalariga shartnomaning ikki asli va bir nusxasi bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali (agar shartnoma vazifa jihatidan tasnifning bir nechta kodlari bo‘yicha tuzilgan bo‘lsa, unda budjet tasnifining tegishli kodlari alohida ko‘rsatiladi);
tovarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha eng kam ish haqining ikki ming besh yuz baravaridan olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etganda tanlov ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasi;
ishlarning, xizmatlarning qiymati eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etganda tanlov ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasi;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma bo‘yicha eng kam ish haqining olti ming baravaridan ortiq summani tashkil etganda tender ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasi;
tegishli faoliyat turi uchun litsenziyaning yoki ruxsatnoma tusidagi hujjatning nusxasi (tovarlarni yetkazish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish qonunchilik hujjatlariga muvofiq litsenziyalashni yoki ruxsatnoma tusidagi hujjat olishni talab qilsa). Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatining yoki jalb qilingan advokatning imzosi bo‘lishi shart.
IV guruh xarajatlari hisobiga naqd pul mablag‘lari to‘lash faqat qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
Buyurtmachilarning qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda “O‘qitish xarajatlari”, “Oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari”, “Boshqa xarajatlar” va xarajatlar smetasining boshqa xarajat moddalaridan naqd pul olish bo‘yicha yuridik majburiyatlari g‘aznachilik bo‘linmalarida buyurtmachilar tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish tartibi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi:
ikki asl nusxada YuMMR buyurtmasi;
buyurtmachilarning (xodimni xizmat safariga yuborish, tadbirni o‘tkazish va boshqalar to‘g‘risidagi) buyrug‘i nusxasi.
Bunda davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarishga iqtisodiy xarajatlar tasnifining bir satrida mablag‘lar oluvchi buyurtmachilarning ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlari YuMMR buyurtmasi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi.
XULOSA
Har bir davlatning iqtisodiy qudrati shu davlatning mukammal budjetga ega ekanligi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlash hamda moliyaviy barqarorlikka erishishga yo'naltirilgan islohotlarni chuqurlashtirish davrida davlat moliyasi, ayniqsa, davlat budjeti barqarorligini mustahkamlash muhim strategik vazifa hisoblandi.
Bugungi kunda O‘zbek hukumati asosiy iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni tatbiq etish yo‘lida chet el konsalting kompaniyalari, investitsion banklar va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan ishlamoqda. Mamlakat Prezidenti tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi barcha islohotlarni tartibga soladigan va yo‘l xaritasi sifatida xizmat qiladigan hujjat hisoblanadi.
Iqtisodiyotning asosiy sektorlari orqali 2021-yilda 5,6 foiz, 2022-yilda esa 6 foiz o’sishga erishish mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida mamlakatimizda cheklangan budjet mablag'lardan manzilli foydalanish Davlat budjeti g'azna ijrosini boshqarishning asosiy tamoyili desak mubolag'a bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasidagi budjet tizimi islohotlarida DavIat budjeti ijrosining g'aznachilik tizimini joriy etish asosiy yo'nalish hisoblanadi. O'zbekistonda budj et jarayonida yuzaga ke1ayotgan o'zgarishlar Daviat budjetida moliyaviy resurslar oqimini tartibga solish, g'aznachilikda moliyaviy mabIag'Iarni yagona hukumat organiga markaziashtirish, davlat moliyasining holati bo'yicha tezkor axborot olish, daromadlar va xarajatlarni kassali rejalashtirish, yuridik va moliyaviy majburiyatlarni boshqarish, narxlar monitoringini yaxshilash, budjet taqchiligini tartiblash, budjet tasnifini takomillashtirish masalalari dolzarb bo'lib bormoqda.



Download 34,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish