Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua



Download 2,36 Mb.
bet88/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

Vаlyutа. 1990 yildаn bеri fеdеrаl hukumаt dizаyni o`zgаrgаn vаlyutаlаrni jоriy qilgаndi.83 Qоnun hujjаtlаridа rаngini o`zgаrtirаdigаn siyоh, himоyа kаtаklаri, suv qоg`оzdаgi bеlgilаr, kаttа mаrkаziy bo`lmаgаn tаsvirlаr, ko`rinmаydigаn chiziqlаr vа hujjаtlаrni qаlbаkilаshtirishni muhim dаrаjаdа оldini оlаdigаn mikrоmаtnlаrdаn fоydаlаnilаdi. Bаribir, qаlbаkilаshtirish zаmоnаviy nusха ko`chirish tехnikаlаrini hisоbgа оlgаn hоldа, muаmmо bo`lib qоlаyаpdi.


Elektron fond o`tkazmalari. Kompyuter texnologiyalarining taraqqiyoti electron fond o`tkazmalarining (EFT) keng qo`llanilishiga imkon yaratdi. EFTlar orqali mablag` kompyuter aloqa vositasi orqali bankdan bankka va hisobdan hisobga o`tadi.
Masalan, lokboks tizimi orqali bir bankdan qabul qilingan mablag` olis masofadagi banklardagi boshqa hisob raqamlariga ko`chiriladi. Elektron fond o`tkazmalarining yana bir afzalligi shundaki, ular nafaqadorlarning bank hisoblariga Ijtimoiy himoya to`lovlarinning to`g`ridan-to`g`ri depozit qilinishi kabi takroriy to`lovlar uchun qo`llaniladi. Elektron fond o`tkazmalarining shakli bankomatlar orqali mablag` o`tkazish uchun ishlatiladigan electron foyda o`tkazuvchisidir. Bazi hukumatlar electron foyda o`tkazmalarini tinchlik hissadorlariga to`lov amalga oshirish uchun ishlatadi. EFT shuningdek hukumatlar tomonidan ajrashish holatlarida aliment va bola himoyasi uchun pul o`tqazish uchun qo`llaniladi. Yirik bank tizimlari tomonidan xalqaro miqyosda qayta ishlanadigan o`tkazmalar an`anaviy cheklardan ko`ra bir bitimga ozroq narxda turadi.
Kongress 1996 yilgi Qarz Yig`ishni Takomillashtirish Aktida 1999-yil 1-yanvargacha chek yozishni to`xtatishning eng yuqori bosqichiga o`tishga qaror qildi. Qog`oz cheklarni yo`qotishga qaratilgan bu tendensiya 2011-yil aprelda Ijtimoiy Himoya foydalarining yangi egalari elektron to`lovlarni qabul qilishini talab qilgan G`aznachilik qarori bilan davom etdi – endi ular boshqa qog`oz cheklarni qabul qilish imkoniga ega emas edilar. Ayni paytdagi chek oluvchilar esa 2013-yil mart oyigacha electron to`lovlarga o`tishi talab qilingan edi. 84
Akkreditiv. Asosan federal hukumat uchun asosiy pul boshqarish texnikasi – bu kredit xatlarining qo`llanilishidir. 85
1990-yildagi Pul boshqarishni takomillashtirish aktining mandatiga ko`ra, bunday xatlar grantlar va shartnomalar bilan mukofatlangan hukumatlar va notijorat korporatsiyalarga taqdim etilardi. Akkreditiv foydalanuvchi tashkilotlarga federal hukumatning zarur bo`ladigan paytgacha mablag` taminlamasidan banklarda kredit tashkil etishiga imkon beradi. 86 Keyin mablag` keyin federal hukumat tomonidan shu hisob raqamlariga elektron ravishda o`tqaziladi.
Xaridlar. Xaridlar hukumat xizamtlarini ko`rsatishda zarur bo`lgan resurslarni olishiga sabab bo`ladi. Bu funksiya budjetlashtirishning negizida bo`lmasada, u yirik budjet ahamiyatiga ega.
2010-moliyaviy yilda federal hukumat shartnoma qilingan tovarlar yoki xizmatlar uchun 535 mlrd dollar, ya`ni o`z budjetining qariyb 15%izni sarfladi. Bu aslida 2009-2010-yillar oralig`ida 1997-yildan beri birinchi marta oldingi yillarga qaraganda shartnoma imzolash harajatlarini kamayishiga olib keldi. Albatta, davlat va mahalliy hukumatlar ham har yili shartnomalar uchun mlrdlab mablag` sarflashadi. Mudofaa bo`linmalari va Milliy Aviatsiya va kosmik idorasi (NASA) kabi ba`zi davlat agentliklari o`zlarining asosiy resurs ulushini o`zlari to`g`ridan-to`g`ri xizmatlarni yetkazib bermasdan shartnoma mahsulotlari va xizmatlariga sarflashadi. Shuningdek, ko`plab boshqa federal agentliklari o`z missiyalarini boshqa partiyalarning faoliyati orqali, odatda grantlar va boshqa mablag` o`tkazmalari bilan amalga oshiradi. Shartomalashtirish hokimiyat faoliyatiga asos bo`lsa ham budjet masalalarida har doim ham qo`l kelmaydi. Ayrim mahalliy idoralar shartnomalarni o`z budjet xarajatlariga kiritmaydi va bazilari faqatgina umumiy qiymat bilan qo`shib hisobot beradi. Budjetlashtirishning natijalariga ayniqsa urg`u berilishining o`sib borishi bilan, idoralar o`z budjetlaridagi shartnomalar haqida hisobot berishga undalgan. Xaridlar juda katta biznes. Hukumat tadbirkorlari junalining eng yuqoru 200ta federal pudratchilarini ng yillik ro`yhatiga binoan 2009-moliyaviy yilida federal shartnomalarda eng yirik 5 kompaniya Lokhid Martin, Boeing, Norztrop Gruman, Rayfeon va General dinamiks edi. Bu kompaniyalarning barchasi mudofaa va aviatsiya sanoatlarida katta ahamiyatga ega. Biroq, top 75talikka kiritilgan kompaniyalar ichida Massachusets Texnologiya instituti (42), Kaliforniya texnologiya instituti (44), Jon Hopkins universiteti (60), Kaliforniya universiteti (61) va Tenessi universitetlari (73) ham bor edi. Bu institutlarning barchasi yirik federal labaratoriyalrni boshqarganligi tufayli yirik shartnoma a`zolari edi. Umumiy yirik 200 ta pudratchilar 2009-yilda 543 mlrd dollarga teng shartnomalar imzolashdi. 88
Tashkiliy konfiguratsiyalar. Ko`pchilik yurisdiktsiyalar markaziy va markazlashmagan xizmatlari aralashgan xarid tizimlariga ega. Markaziy xarid agentligi tez-tez ishlatiladigan offis mebellari va jihozlari kabi materiallarni olish uchun ma`sul bo`lsa, liniya agentliklari asosan o`zlari tomonidan ishlatiladigan buyumlarni xarid qilish vakolatiga ega. Markazlashtirish, kamida nazariyada, hukumatdagi yetkazib beruvchilar o`rtasida adolatli raqobatga va tejamkorlik tufayli o`sib brogan jamg`arma evaziga quyi narxlarda sifatli tovar va mahsulotlarni xarid qilishga olib keluvchi munosib bosqichlarda amalga oshishini kafolatlovchi umumiy nazoratni taminlash afzalligiga ega. Markazlashmagan yo`nalish esa aksincha individual agentliklarga o`zlari xohlagancha va o`zlarining maxsus ehtiyojalirini xarid qilishga ruhsat beradigsn byurokratiyani shartli ravishda kamaytiradi. Ittifoqdoshlik meyorida esa, bir necha yirik tashkiliy birliklar xarid uchun ma`sul bo`lishadi. Umumiy Xizmatlar Boshqarmasi (GSA) binolar, jihoz, motorli transportlar, kompyuter tizimi, telefon tizimi, jihozlar, ish beruvchinining qaramidagilar uchun kunlik g`amxo`rlik markazlar va hokazolarni xarid qilish orqali bo`limlarni rag`batlantiradi. Ularning vazifalari ulkan. Har qanday yilda agentlik 200,000 dan ortiq transportlar parkini boshqaradi, qurilish uchun bir necha milliardlab dollar mablag` sarflaydi, 8600 dan ortiq hukumat va ijara binolarini boshqaradi, omborxonalarda minglab ashyolarni qo`lida saqlaydi. 89
Umumiy Xizmatlar Boshqarmasining (GSA) har xil raqobatdoshlari bo`lsa ham, asosiylari Jamoat Binolari Xizmati va Federal O`zlashtirish Xizmatlari (FAS) hisoblanadi. 90 Jamoat Binolari birligi zarur fondlar bilan boshqarsa, FAS tovar va xizmatlarni sotib olib, ularni federal agentliklarga sotish orqali aylanma fondler bilan boshqariladi. 91 Barcha ittifoq bo`linma va agentliklar yirik xarid operatsiyalaridan biriga ega bo`lgan Mudofaa bo`linmasi bilan savdo amalga oshiradi. Mudofaa Logistika agentligi ko`pinch abo`linma uchun kerakli bo`lgan oddiy ashyolarni xarid qilsa, individual xizmatlar va boshqa DOD agentliklari ham xarid huquqiga ega. 92
Ko`pchilik xarid offislari har biri o`zining ma`lum qoidalari bilan opertsiyalarning uyqashib ketishiga sabab bo`lishi mumkin. 1974-yilda Kongress bu muammoni hal qilish uchun Boshqaruv va Budjet Idorasi qoshida Federal Xarid Siyosati Idorasini (OFPP) tashkil etish orqali harakat qildi. 93 OFPP xarid amallarini ijro etmasdan umumiy savdo siyosati va savdo idoralarining faoliyatlarini boshqarishga ma`sul. Umumiy Xizmatlar Boshqarmasi asosan barcha federal huquqlar uchun standardlarni moslashtiruvchi Federal Egalik huquqi regulyatsiyasini (FAR) hal qiladi. Mudofaa bo`linmasi va boshqa agentliklar FARni to`ldiradigan regulyatsiyalarga ega. 94
Markaziy savdo idorasi va individual agentlik offislaridan tashqari boshqa tuzilmalar ham bor. Bazi hollarda bir agentlik boshqasi imzolagan shartnomani davom ettirishi mumkin. Ittifoqda Mudofaa bo`linmasi boshqa agentliklar shartnomalarining eng yirik foydalanuvchisidir. 95 Boshqa metod egalik huquqi borasida agentliklarning birga faoliyat yuritishidir. Buning afzalligi boshqalaridan ko`ra kuchning ko`pligi bo`lsa, kamchiligi agentliklarning bir-birlarining qoidasiga bo`ysunishidir. OMB agentliklarning o`zaro huqularini olg`a yuritish va jarayonda kelib chiquvchi muammolarni hal qilish uchun ishchi guruh yaratgan. 96
Xarid maqsadlari. Xarid dasturi bir necha maqsadlarga ega. Bosh maqsadi materiallar va jihozlarni kerakligida taminlab, tugab qolishini oldini olish. Har bir agentlik o`z missiyasiga e`tabor qaratib, o`z vaqtida missiyasini ado etish vositasida xariddan foydalanishi shart.
Narxlarni iloji boricha past ushlab turish boshqa vazifasi. Ashyolar uchun eng kam narxlar odatda yirik miqdorda ashyolar, yani ko`p miqdorda offis kanstovarlari yoki butun bir avtomobil flotini buyurtma qilish orqali amalga oshiriladi. Katta miqdorda buyurtmalar esa taminotni minimal darajada ushla turish maqsadiga zid keladi. Savdo mutaxassislari tejamkorona buyurtmalar miqdorini yoki malum jihoz turlarini qachon va qancha miqdorda xarid qilishni aniqlashga harakat qilishadi. Bazi idoralar o`z vaqtida buyurtma rejimiga o`tishgan – bunda jihozlar omborxona xarajatlarini kamaytirish uchun sotuvchidan faqat kerakligida olinadi. Kompyuter tizimlarining keng ishlatilishi qisqa vaqtda buyurtmani amalga oshirish uchun ham jamoat, ham xususiy imkoniyatlarini oshirishgan. Boshqa tomondan quyi narxda xarid qilish sifatli maxsulot yoki xizmatni taqdim qilmasligi mumkin. Shuning uchun, savdo xodimining vazifasi (narx, sifat va yetkazib berishni) to`g`ri baholay olishdir.
Boshqa maqsad qaror uchun qulaylik yaratish. Masalan, shahar idorasidagi hamma xodimlar davomiy uchrashuvlarda bo`lsa, demak murakkab qarorlar iqtisodiy inqiroz davrida ishchilar tomonidan qabul qilinishi mumkin. Biroq, ish beruvchilar belgilangan vaqt shartnomalariga ega bo`lsa va xarajatlar kamaytirilishi zarur bo`lsa, shartnomalar oddiygina muddati tugallanganda qayta yangilanmaydi. Qo`shimcha xizmatlar bilan ham shu holda. Budjet kamaytirilishi so`ralganda, qo`shimcha shartnomalr yangilanmaydi yoki qisqartiriladi.
Ko`pincha savdo maqsadlari bir-biri bilan zid keladi. Savdo siyosati byurokratiya deb hisoblashadigan maxsus talablarni qamrab olishi mumkin va bekorga rahbarlarga operatsiyalarni bajarishga xalaqit beradi. Ayni paytda, bunday byurokratiya qalloblik va ziyonni oldin olish uchun muhim. 97
Qarorlar shuningdek, xarid, ijara va xususiylashtirish orasida qilinishi kerak. Bazan, binoni ijaraga olishning uni xarid qilishdan ko`ra moddiy va boshqa afzalliklari bo`lishi mumkin. Biroq, federal hukumat egalik uzoq vaqt uchun arzonroqligi tufayli, ijara offisiga qattiq tayanishi mumkin. Kserokopiya mashinalari, kompyuterlar va kran kabi jihozlarni ijaraga olsa bo`ladi. Mudofaa bo`limi ham eng qimmat qurollar tizimini sotib olishdan ko`ra ijaraga olishni ma`qul ko`radi. 98o`g`ri yoki boshqariladigan ijaralar hokimiyat malum davr uchun to`laydigan va ijara uchun egalik huquqi olmaydigan ijaralar bo`lsa, ijara-xarid shartnomalri malum davrdan keyin egalik hquqini ta`minlaydi. Ijara yoki chegirmalarning boshqa usullari narxlarni kamaytirish uchun chora emas. Davlat hokimiyatining savolnomalariga ko`ra, hisobot berilganlarning 3 dan birigina xizmat narxlarini kamaytiradi. 99
Oldin ta`kidlanganidek, autsorsing boshqa chora va xususiy korxona bilan sharoit, kadrlar va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun bitim tuzishni taqozo etadi. Ko`pincha xususiy pudratchi xizmatchilari va hukumat xizmatchilari boshqaruv yoki boshqa bitim sharoitlarida xizmatlarni yaratish uchun yonma-yon ishlashadi. Federal agentliklar Aylanma A-76 bitimidagi nodavlat notijorat faoliyat uchun shartnomalar qoidalariga amal qilishi kerak. 100 Ko`plab xizmatlar qisqartirilsa ham, siyosat xususiylashtirib bo`lmaydigan hukumat funksiyasi hisoblanadi. Bu holat ko`pincha boshqaruv siyosat yuritish yoki boshqa hukumat funksiyalarini boshqarishga ma`sul bo`lgan konsalting firmalariga tatyanishining natijasi bo`ladi. Tashkiliy chegaralarning yo`qolishi idora biror proyekt yoki dastur ustida ikki yoki yoki bir nechta pudratchilar bilan ishlaganda sodir bo`ladi. Bu tanlovlar orasidan qaror qilishda, asosiy e`tabor manfaat kelishmovchiliklarsiz oqilona soliq mablag`ini ishlatish bo`lishi kerak.
Aylanma A-76 harakati tomonidan taqdim etilgan jarayon murakkab. OMB qo`llanish jarayonni batafsil yoritgan “Qo`shimcha yo`riqnoma” beradi. 101 Har yili OMB ko`zlangan haq miqdori va jihozlarning narxlaridagi o`zgarishlarni hisoblash uchun ishlatiladigan narx formulalari bo`yicha yo`riqnoma nashr etadi. Agentlik nodavlat faoliyatni ajrata olishi, hokimiyatdan ayri faoliyat farqlay olishi va ayni vaqtda xizmatlar ta`minlayotgan xususiy muassasa va jamoat tashkilotlaridan garovlarni qabul qilish jarayonini tashkil qilishi, narxlarni ko`rib chiqib g`oliblarni aniqlashi va natijalarni keltirib chiqara olishi kerak. Mudofaa bo`limida bu jarayon odatda 18 oy yoki undan ko`proq vaqt oladi. Bu raqobat federal ishchi kuchida qisqarishga sabab bo`ladi, chunki ish qisqaradi yoki idora boshqarmalari tejamkorroq yoki kamroq ishchi bilan faoliyat yuritib narxdan yutadi. 102 O`rtacha A-76 raqobatlaridan pul jamg`armalari jamoat yoki xususiy-qaysi sektor ustunliggidan qat`iy nazar 30%dan oshadi. 103
Aylanma A-76 harakatidan tashqari, 1998-yilgi Federal Faoliyat va Kashfiyot Islohoti (FAIR) akti raqobatbardosh manbalarga ustuvorlik beradi. Har yili OMB rahbarligi ostidagi federal agentliklar qanday faoliyat tabiatan hukumatga oid emasligi haqida hisobot berishi kerak. 104 Tahlil etilgan kasblarning qariyb 50%i boshqa kompaniyalr bilan birga xarajatlari qoplanishi aniqlandi. Qonun bu kasblarning barchasi yoki bazilarini qisqartirishni talab qilmaydi, lekin albatta kamida raqobatbardosh bo`lishi kerak. Biroq bu ro`yhat o`zgarib borishi mumkin. Pudratchilar odatda kiritilishi kerak bo`lgan ishlar kiritilmaganini tasdiqlashadi. Hokimiyat xizmatchilari va birlashmalari odatda aksini ta`kidlaydi.



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish