O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 28-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 29-aprelda maqullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1099-modda; 2022-yil № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 75-modda:
quyidagi mazmundagi o‘n birinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu Kodeksning 483-moddasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilish tarzida berilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar mazkur soliqlarni ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foizi miqdorida to‘laydi”;
o‘n birinchi qismi o‘n ikkinchi qism deb hisoblansin;
2) 317-moddaning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7) xayriya yordamini amalga oshirish uchun xarajatlar, bundan metsenatlik ko‘magini ko‘rsatish, o‘quv-tarbiya muassasalariga yoki yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar, shuningdek Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga xayriya qilingan mablag‘lar mustasno”;
3) 337-modda birinchi qismining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
|
8.
|
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar
|
7,5
|
”;
|
4) 380-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagi soliq to‘lovchilar soliq solishdan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar, ushbu qismning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar uchun esa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) ozod etiladi”;
5) 428-modda ikkinchi qismining o‘n birinchi xatboshisidagi “uch yil” degan so‘zlar “besh yil” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 467-moddaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
|
13.
|
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar
|
2
|
”;
|
7) 483-modda:
uchinchi qismining birinchi xatboshisidagi “2022-yil 30-aprelga qadar” degan so‘zlar “2022-yil 31-dekabrga qadar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2021-yilning 10-oktabridan 2022-yil 30-aprelga qadar bo‘lgan davrda tovuq go‘shtini, muzlatilgan baliqni va tirik parrandani, 2021-yil 10-oktabrdan 2022-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda esa go‘shtni (mol go‘shtini, qo‘y go‘shtini), tirik hayvonlarni (molni va qo‘yni) hamda ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi”;
quyidagi mazmundagi o‘n oltinchi, o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“2022-yil 1-yanvardan 2031-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari:
foyda solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni, ijtimoiy soliqni va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 1 foiz miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
Bo‘yalgan matoni, bo‘yalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlari (shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali eksport qilgan tadbirkorlik subyektlari) 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Ushbu moddaning o‘n yettinchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz bo‘yalgan mato, bo‘yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qilishdan olingan tushumi barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining kamida 80 foizini tashkil etadigan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |