Davlat byudjeti daromadlarining shakllanishida soliqlar va boshqa to`lovlar asosiy manba sanaladi. Bu mablag’lar hisobidan davlat va ijtimoiy dasturlar moliyalashtiriladi, davlat tuzilmalarining faoliyati ta`minlanadi



Download 155,38 Kb.
bet28/82
Sana04.07.2022
Hajmi155,38 Kb.
#738852
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82
Bog'liq
amaliyot 2 bosqich (2) (Автосохраненный)

4544-modda. Soliq bazasi
Renta daromadining summasi soliq bazasi hisoblanadi, renta zarari mavjud bo‘lganda esa soliq bazasi nolga teng deb e’tirof etiladi.
Soliq bazasi ushbu Kodeksning 4543-moddasida o‘ziga nisbatan renta daromadini aniqlash nazarda tutilgan yer qa’rining har bir litsenziyalangan uchastkasi (litsenziyalangan uchastkalar guruhi) bo‘yicha alohida hisoblab chiqariladi.
Soliq bazasi soliq davri boshlanganidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Metallarni va uglevodorod xomashyosini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliq bazasini AQSh dollarida aniqlash huquqiga ega.
Agar birinchi soliq davri yakunlariga ko‘ra renta zarari olingan bo‘lsa, soliq to‘lovchi bunday zarar miqdorini keyinchalik “jamg‘arilgan renta zarari” maxsus hisobvarag‘ida AQSh dollarida, ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq belgilanadigan valyutaning o‘rtacha yillik almashuv kursi bo‘yicha hisobga olishga haqli. Bunda har bir keyingi soliq davrida ushbu hisobvaraqda hisobga olinadigan summa joriy yilning 31-dekabr holatiga ko‘ra AQSh dollarida nominatsiya qilingan, 2 foizlik punktga oshirilgan, to‘lanish muddati o‘n yil (2031-yilgacha) bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarining daromadliligidan kelib chiqib aniqlanadigan koeffitsiyentga oshiriladi.
Soliq davri uchun o‘rtacha yillik kurs soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining joriy soliq davrida 1-yanvar va 31-dekabr uchun belgilangan kurslarini qo‘shish chog‘ida olingan summani 2 ga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan kundan e’tiboran boshlanadigan soliq davri soliq to‘lovchi litsenziyalangan muayyan uchastkaga (litsenziyalangan uchastkalar guruhiga) nisbatan soliq bazasini aniqlashi shart bo‘lgan birinchi soliq davri deb e’tirof etiladi. Agar bunda ko‘rsatilgan ruxsatnoma (litsenziya) 1-iyuldan keyin olingan bo‘lsa, metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan sanadan keyingi kalendar yilning 31-dekabriga qadar bo‘lgan vaqt ushbu litsenziyalangan uchastkaga nisbatan birinchi soliq davri deb e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchi tarixiy xarajatlarni birinchi soliq davrining xarajatlariga kiritishga haqli.
Soliq to‘lovchi tomonidan metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan sanaga qadar haqiqatda amalga oshirilgan va tegishli litsenziyalangan uchastka bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar tarixiy xarajatlar jumlasiga kiradi:
1) geologik o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olishga va (yoki) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun ruxsatnoma (litsenziya) olishga, shuningdek metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqini olishga;
2) yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishga;
3) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun tayyorgarlik ishlariga.
Ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlarni amalga oshirish sanasi buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Agar yaratish (olish) xarajatlari kapital xarajatlar tarkibida hisobga olingan aktivlardan keyinchalik metallni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olishga (ajratib olishga) doir ishlab chiqarish jarayonida soliq to‘lovchi tomonidan bir yildan ortiq vaqt davomida foydalanilmasa, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan koeffitsiyent ularni olish xarajatlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Agar soliq davri yakunlari bo‘yicha renta daromadi olingan bo‘lsa, soliq bazasi jamg‘arilgan renta zarari summasiga kamaytiriladi, renta daromadi jamg‘arilgan renta zararining to‘liq summasi o‘rnini qoplash uchun yetarli bo‘lmaganda esa — renta daromadi summasiga kamaytiriladi. Bunda jamg‘arilgan renta zarari summasi renta daromadini kamaytirishga qaratilgan summaga kamaytiriladi.
Soliq davri renta daromadi bilan tugaganidan keyin soliq to‘lovchi kapital xarajatlarni amalga oshirgan va hisobot soliq davri yakunlari bo‘yicha renta zararini olgan hollarda, bu zarar “jamg‘arilgan renta zarari” maxsus hisobvarag‘iga kiritiladi va unga nisbatan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.
Ushbu moddaning o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda keyingi soliq davrida “jamg‘arilgan renta zarari” hisobvarag‘ida hisobga olinadigan summa ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan miqdorda koeffitsiyent bilan ham indeksatsiya qilinadi.
Agar jamg‘arilgan renta zarari to‘langanidan va renta daromadi shakllanganidan keyin soliq to‘lovchida yangidan renta zarari yuzaga kelsa, ko‘rsatilgan zararning o‘rni mazkur moddaning o‘n ikkinchi — o‘n to‘rtinchi qismlarida belgilangan tartibga o‘xshash tartibda qoplanadi.
Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi bir yuridik shaxsdan boshqasiga o‘tkazilganda, sotilgan sanada birinchi yuridik shaxsda mavjud bo‘lgan renta zararining qoldig‘i ushbu moddaning beshinchi qismida aniqlanadigan koeffitsiyent hisobga olingan holda ikkinchi yuridik shaxsga o‘tadi.
Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnomaning (litsenziyaning) amal qilish davrida o‘rni qoplanmagan jamg‘arilgan renta zarari soliq to‘lovchiga kompensatsiya qilinmaydi.
Soliq to‘lovchi renta daromadiga (renta zarariga) tegishli xarajatlari va daromadlarining hisobini yuritishi hamda ular bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishi, shuningdek majburiy auditdan o‘tkazish uchun qonunchilikda belgilangan muddatlarda har yili mazkur xarajatlar va daromadlarning auditini amalga oshirishi shart.

Download 155,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish