2-bob. O‘rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish (MTBF)
8.
|
O‘rta muddatli budjet asoslarining huquqiy bazasini ta’minlash.
|
O‘rta muddatli rejalashtirishni joriy etish uchun qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, budjet taqvimini qayta ko‘rib chiqish va budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish.
O‘rta muddatli budjetni tayyorlash jarayonini ikki bosqichda (tuzish va tayyorlash) amalga oshirish bo‘yicha yagona qo‘llanmalar to‘plami (sirkulyar) ni tayyorlash.
|
Budjet kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
|
2020-yil IV chorak
2021-yil II chorak
|
Moliya vazirligi
|
|
9.
|
Bazaviy xarajatlarni aniqlash uslubiyati.
|
Amaldagi davlat dasturlarida belgilangan siyosatni davom ettirish, shuningdek, infratuzilmani saqlash bo‘yicha kapital qo‘yilmalar uchun zarur bo‘lgan bazaviy xarajatlarni aniqlash. Ya’ni, tarkibiga yangi tashabbuslar uchun zarur bo‘ladigan xarajatlarni hisobga olmagan holda budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning joriy xarajatlari hamda obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar miqdorini hisoblash.
|
Metodik
qo‘llanma
|
2020-yil IV chorak
|
Moliya vazirligi
|
|
10.
|
Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda budjetdan ajratiladigan mablag‘larning chegaralangan miqdorlarini yetkazish.
|
1. Birlamchi Fiskal strategiyani shakllantirishda umumlashgan xarajatlar prognozi doirasida nominal qiymatda xarajatlarning chegaralangan miqdorlarini o‘rta muddat uchun ishlab chiqish va har yili suzuvchi grafik asosida bir yildan qo‘shib borish.
2. Budjet mablag‘larining chegaralangan miqdorlarini ajratish lozim bo‘lgan birinchi darajali budjet mablag‘lari taqsimlovchilari qamrovini aniqlash hamda chegaralangan miqdorlarni hisoblash uslubiyatini, shuningdek, ularni qayta ko‘rib chiqish shartlarini belgilash.
3. Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun budjetdan ajratiladigan budjet mablag‘lari chegaralangan miqdorlarini belgilash.
4. Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga hamda ular tasarrufidagi budjet tashkilotlari uchun budjet mablag‘larining chegaralangan miqdorlarini belgilash jarayonini tartibga solish.
O‘rta muddatli budjet asoslarining mustahkamligini ta’minlash maqsadida zaxira mablag‘larini shakllantirish uchun hisobga olinadigan tadbirlar va mezonlarni belgilash.
|
Metodik
qo‘llanma
|
2021-yil I chorak
|
Moliya vazirligi
|
Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Osiyo taraqqiyot banki ekspertlarini jalb qilish
|
11.
|
Uzoq muddatli soliq-budjet barqarorligini ta’minlash.
|
Soliq-budjet barqarorligini yanada oshirish maqsadida soliq-budjet qoidalarini (uzoq muddatli soliq-budjet maqsadlarining miqdor ko‘rsatkichlarini) baholash tizimini joriy etish.
|
2022 — 2024-yillar uchun fiskal strategiya tarkibida aks ettirish
|
2021-yil II chorak
|
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Markaziy bank
|
Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik ko‘magi
|
|